Bekchonova Shoira Bazarbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Masofaviy ta’lim jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida individuallashtirish metodikasi”, 13.00.06 – Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1507.
Ilmiy rahbar: Mamatov Dilmurod Normurodovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Karlibaeva Guljaxan Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi masofaviy ta’lim jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida individuallashtirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’lim jarayonlarini pedagogik loyihalashtirish modeli ta’lim tizimini raqamlashtirishga moslashtirish, zamonaviy axborot-kommunikativ va o‘qitish texnologiyalarining integratsiyasini ta’minlash, interfaol taqdimot tizimlaridan foydalanish, veb saytlarda foydalanuvchilarning autentifikatsiya qilish faoliyatini xususiylashtirish jarayonlarini raqamli texnologiyalar vositasida individuallashtirish asosida takomillashtirilgan;
an’anaviy va masofaviy ta’lim integratsiyasi, maqsadli pedagogik faoliyatning asosiy yo‘nalishlarini belgilash, LMS Moodle dasturi bo‘yicha tashxislash, ta’lim jarayonlarini individuallashtirish, bosqichma-bosqich o‘zlashtirish imkoniyatlarini masofaviy ta’lim jarayonlarini raqamli texnologiyalar orqali ishlash algoritmi bilan optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
mijoz-server arxitekturasi, masofaviy ta’lim jarayonlarini raqamli texnologiyalar vositasida individuallashtirish metodikasi “blended learning” asosida ta’lim oluvchilar bilan ketma-ket va o‘quv materiallarini an’anaviy o‘qish parallel ravishda masofaviy o‘qish jarayonlarini integrativ pedagogik loyihalashtirish asosida ishlab chiqilgan;
masofaviy ta’lim muhitida dars jarayonlarining integrallashgan axborot-ta’lim resurslarini yaratish, raqamli texnologiyalarni individuallashtirish metodlarini qo‘llash imkoniyatlaridan foydalanish imkonini beruvchi elektron o‘quv-metodik ta’minotini pedagoglar va talabalarda raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi veb tizimni ishlab chiqish asosida ta’minlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Masofaviy ta’lim jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida individuallashtirish metodikasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari:
mijoz-server arxitekturasi, masofaviy ta’lim jarayonlarini raqamli texnologiyalar vositasida individuallashtirish metodikasi “blended learning” asosida ta’lim oluvchilar bilan ketma-ket va o‘quv materiallarini an’anaviy o‘qish parallel ravishda masofaviy o‘qish jarayonlarini integrativ pedagogik loyihalashtirish asosida ishlab chiqilgan takliflar AIF1/4 raqamli “Kasb-hunarga yo‘naltirilgan markaz va elektronika bo‘yicha qo‘shma o‘quv laborotoriya yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 18 avgustdagi 89-03-2851-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘qituvchilar uchun o‘quv jarayoniga moslashuvchi an’anaviy ta’lim jarayonini va masofaviy ta’lim shakllarini elektron platformaga moslash talablari shakllantirildi;
ta’lim jarayonlarini pedagogik loyihalashtirish modeli ta’lim tizimini raqamlashtirishga moslashtirish, zamonaviy axborot-kommunikativ va o‘qitish texnologiyalarining integratsiyasini ta’minlash, interfaol taqdimot tizimlaridan foydalanish, veb saytlarda foydalanuvchilarning autentifikatsiya qilish faoliyatini xususiylashtirish jarayonlarini raqamli texnologiyalar vositasida individuallashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar MRB-2019-23 “Zamonaviy AKT dan foydalangan holda kadrlarni tayyorlashning ilmiy-uslubiy ta’minoti” nomli grant doirasida belgilangan vaziflar ijrosini ta’minlashda amalda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 18 avgustdagi 89-03-2851-son ma’lumotnomasi.). Natijada, LMS dasturlari orasida an’anaviy va masofaviy ta’limni o‘zida birlashtirgan Moodle dasturi asosida veb sahifa yaratilgan;
an’anaviy va masofaviy ta’lim integratsiyasi, maqsadli pedagogik faoliyatning asosiy yo‘nalishlarini belgilash, LMS Moodle dasturi bo‘yicha tashxislash, ta’lim jarayonlarini individuallashtirish, bosqichma-bosqich o‘zlashtirish imkoniyatlarini masofaviy ta’lim jarayonlarini raqamli texnologiyalar orqali ishlash algoritmi bilan optimallashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar MRB-2019-23 “Zamonaviy AKT dan foydalangan holda kadrlarni tayyorlashning ilmiy-uslubiy ta’minoti” nomli grant doirasida belgilangan vaziflar ijrosini ta’minlashda amalda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 18 avgustdagi 89-03-2851-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘qituvchi talabalar bilan individual yoki guruhiy tarzda mashg‘ulotlar olib borishi, talabalarning mustaqil ijodiy fikrlashi rivojlantirilib, ta’lim samaradorligini oshirishga erishilgan;
masofaviy ta’lim muhitida dars jarayonlarining integrallashgan axborot-ta’lim resurslarini yaratish, raqamli texnologiyalarni individuallashtirish metodlarini qo‘llash imkoniyatlaridan foydalanish imkonini beruvchi elektron o‘quv-metodik ta’minotini pedagoglar va talabalarda raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi veb tizimni ishlab chiqishga oid takliflar AIF1/4 raqamli “Kasb-hunarga yo‘naltirilgan markaz va elektronika bo‘yicha qo‘shma o‘quv laborotoriya yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2021 yil 09 apreldagi 02-40-526-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagoglar tomonidan ishchi dasturlarga moslashtirilgan, “blended learning” texnologiyasi orqali individuallashtirish metodikasi asosida darslarga mo‘ljallangan ma’lumotlar bazalari yaratilgan.