Zemlina Yuliya Vyacheslavovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Innovatsion ta’lim muhitida umumta’lim muassasasi rahbarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish», 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped891.
Ilmiy rahbar: Maxmudov Abdulxalim Xamidovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2021.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Xolboy Ibragimovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mardonov Shukrulla Qo‘ldoshevich, pedagogika fanlari doktori, professor.  
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion ta’lim muhitida umumta’lim muassasasi rahbarlarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumta’lim maktab rahbarining kasbiy kompetentlik darajasi motivatsion va kognitiv omillarni hisobga olgan holda, ular faoliyati  samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi axborot-didaktik ta’minot, tadqiqot-innovatsion, ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatini shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida takomillashtirilgan; 
rahbar kasbiy malakasini rivojlantirishning tashkiliy-didaktik modeli, tinglovchilarning o‘zini o‘zi rivojlantirish faoliyati hamda ilg‘or xorijiy tajribalarning ta’limiy-didaktik imkoniyatlari rahbarlarning tashabbuskorlik, tadqiqotchilik, kreativlik, jamoada ishlash va o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetentligini oshirish uyg‘unligining rivojlantirish bo‘yicha diagnostik motivlarini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
umumta’lim maktab rahbarining kasbiy bilimlari axborotlarni tahlil qilish hamda hamkorlikdagi faoliyatda sub’ekt-sub’ekt munosabatlariga ustuvorlik berish hamda adekvat rivojlantirish bosqichlari informatsion dunyoqarash, yangi axborotlarni o‘zlashtirish va bilimlarni qo‘llash motivlarini o‘sish dinamikasining miqdoriy va sifat darajasi barqarorligini uyg‘unlshtirish asosida takomillashtirilgan;  
umumta’lim maktab rahbarining mustaqil ta’lim orqali uzluksiz malaka oshirish jarayoni “Umumta’lim muassasalarining innovatsion rahbari” “www. direktor-shkoli.uz” nomli yaratilgan veb-sayti o‘zini o‘zi baholash darajasini ifodalovchi rejalashtirilganlik, tashkil etilganlik, motivatsiya, nazorat, muvofiqlashtirilganlik kabi indikatorlar tarkibi orqali tashkil etish bo‘yicha takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion ta’lim muhitida umumta’lim muassasasi rahbarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishning ilmiy natijalari asosida:
umumta’lim maktab rahbarining kasbiy kompetentlik darajasi motivatsion va kognitiv omillarni hisobga olgan holda ular faoliyati  samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi axborot-didaktik ta’minot, tadqiqot-innovatsion, ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatini takomillashtirishga oid takliflar  I-OT-2019-8 raqamli «Tabiiy fanlar (fizika va biologiya) bo‘yicha yangi avlodning elektron o‘quv qo‘llanmalarini yaratish” innovatsion loyihasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 sentyabrdagi 89-03-3289-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublika va xorijiy umumta’lim muassasasi rahbarining faoliyatini falsafiy, pedagogik, psixologik imkoniyatlarini tizimli tahlil qilish imkoniyati oshirilgan;
rahbar kasbiy malakasini rivojlantirishning tashkiliy-didaktik modeli, tinglovchilarning o‘zini o‘zi rivojlantirish faoliyati hamda ilg‘or xorijiy tajribalarning ta’limiy-didaktik imkoniyatlari rahbarlarning tashabbuskorlik, tadqiqotchilik, kreativlik, jamoada ishlash va o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetentligini oshirish uyg‘unligining rivojlantirish bo‘yicha diagnostik motivlarini aniqlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar ITD-1-53 raqmli “Uzluksiz ta’lim tizimida o‘rta bo‘g‘in boshqaruv kadrlarini tanlash, tayyorlash va o‘rniga qo‘yishga zamonaviy yondashuvlar” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanishda amalda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 sentyabrdagi 89-03-3289-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumta’lim muassasasi rahbarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish bosqichlarini aniqlash imkoniyati yaratilgan. 
umumta’lim maktab rahbarining kasbiy bilimlari axborotlarni tahlil qilish hamda hamkorlikdagi faoliyatda sub’ekt-sub’ekt munosabatlariga ustuvorlik berish hamda adekvat rivojlantirish bosqichlari informatsion dunyoqarash, yangi axborotlarni o‘zlashtirish va bilimlarni qo‘llash motivlarini o‘sish dinamikasining miqdoriy va sifat darajasi barqarorligini uyg‘unlshtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar ITD-1-53 raqmli Uzluksiz ta’lim tizimida o‘rta bo‘g‘in boshqaruv kadrlarini tanlash, tayyorlash va o‘rniga qo‘yishga zamonaviy yondashuvlar nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanishda amalda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 sentyabrdagi 89-03-3289-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumta’lim muassasasi rahbarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishning konseptual modelini takomillashtirish darajasi oshirilgan.
umumta’lim maktab rahbarining mustaqil ta’lim orqali uzluksiz malaka oshirish jarayoni “Umumta’lim muassasalarining innovatsion rahbari” “www. direktor-shkoli.uz” nomli yaratilgan veb-sayti o‘zini o‘zi baholash darajasini ifodalovchi rejalashtirilganlik, tashkil etilganlik, motivatsiya, nazorat, muvofiqlashtirilganlik kabi indikatorlar tarkibi orqali tashkil etish bo‘yicha takomillashtirishga oid takliflar ITD-1-171 raqamli “Talabalarni oliy pedagogik ta’lim tizimida rahbarlik faoliyatiga tayyorlash strukturasini ishlab chiqish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda amalda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 sentyabrdagi 89-03-3289-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumta’lim muassasasi rahbarining kasbiy kompetentlik darajasini baholashning diagnostik motivlarini rivojlantirish imkoniyati oshirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish