Umarov Xusan Abduraximovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Innovatsion hamkorlik asosida talabalarning kasbiy pedagogik tayyorgarligini rivojlantirish”. 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Ped636.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01. 
Rasmiy opponentlar: Himmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Jo‘raev Husniddin Oltinboevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion hamkorlik asosida bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarining kasbiy pedagogik tayyorgarligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassalari bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining (motivatsion, kommunikativlik, konstruktivlik, tashkilotchilik, boshqaruvchilik, kreativlik, ishlab chiqarish-texnologik kabi) kasbiy pedagogik va texnologik bilimi, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalariga qo‘yiladigan pedagogik, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy-boshqaruv faoliyatdagi kasbiy kompetensiyalar va kasbiy kvalifikatsiyalar bo‘yicha malaka talablari amaliy-faoliyatli hamda motivatsion-qadriyatli yondashuvlar hamda innovatsion hamkorlikga ustivorlik berish asosida takomillashtirilgan; 
innovatsion hamkorlik asosida talabalarni kasbiy pedagogik tayyorgarligini rivojlantirish modeli motivatsion-qadriyatli, amaliy-faoliyatli, refleksiv-baholash komponentlar, ijtimoiy-iqtisodiy va texnik-texnologik jarayonlarning o‘zgaruvchan sharoitga tez moslanuvchan faollik, mustaqillik, kompetentlik, aniqlik, ijodiy yo‘nalganlik, o‘z-o‘zini boshqarish sifatlarini texnologik ta’lim o‘qituvchilarining o‘quv, tarbiyaviy, ilmiy va ishlab chiqarish vazifalariga integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning kasbiy pedagogik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi “Problem education”, “Case-study”, “Role play games” rivojlantiruvchi treninglar, Smart technology diskussiya, debat, ekspert bilan interv`yu, TV interv`yu, binar ta’lim, master klass, tajriba almashish, doklad, protokol interfaol metodlarni o‘zida mujassamlashtirgan “Maqsad uchun 11 qadam” texnologiyasi uyg‘unligida o‘qitishning metodik ta’minotini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy pedagogik tayyorgarligini rivojlanganlik darajasi (reproduktiv, produktiv, kreativ), mezonlari (motivatsion, kognitiv, amaliy va refleksiv) va ko‘rsatkichlari kreativ xarakteridagi mantiqiy fikrlashga hamda amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga hizmat qiluvchi didaktik topshiriqlar asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion hamkorlik asosida bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy pedagogik tayyorgarligini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
oliy ta’lim muassalari bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining (motivatsion, kommunikativlik, konstruktivlik, tashkilotchilik, boshqaruvchilik, kreativlik, ishlab chiqarish-texnologik kabi) kasbiy pedagogik va texnologik bilimi, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalariga qo‘yiladigan pedagogik, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’riifiy va tashkiliy-boshqaruv faoliyatdagi kasbiy kompetensiyalar va kasbiy kvalifikatsiyalar bo‘yicha malaka talablari amaliy-faoliyatli hamda motivatsion-qadriyatli yondashuvlar hamda innovatsion hamkorlikga ustivorlik berish asosida ilgari surilgan tavsiyalar ITD-1-48 raqamli “Respublika innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishda ta’lim turlari o‘rtasidagi integratsiyani modernizatsiyalash va samaradorlikka erishish” mavzusidagi amaliy ilmiy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 1 fevraldagi 89-03-265-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim mazmunidagi uzvylik va uzluksizligi ta’minlangan, hamda ishlab chiqarish tashkilotlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni takomillashtirishga erishilgan;
innovatsion hamkorlik asosida talabalarni kasbiy pedagogik tayyorgarligini rivojlantirish modeli motivatsion-qadriyatli, amaliy-faoliyatli, refleksiv-baholash komponentlar, ijtimoiy-iqtisodiy va texnik-texnologik jarayonlarning o‘zgaruvchan sharoitga tez moslanuvchan faollik, mustaqillik, kompetentlik, aniqlik, ijodiy yo‘nalganlik, o‘z-o‘zini boshqarish sifatlarini texnologik ta’lim o‘qituvchilarining o‘quv, tarbiyaviy, ilmiy va ishlab chiqarish vazifalariga integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalaridan ITD-1-48 raqamli “Kasb ta’limi mazmunini modernizatsiyalash asosida o‘qituvchilar kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 1 fevraldagi 89-03-265-son ma’lumotnomasi) Natijada, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari, mazmuni takomillashtirish orqali ta’lim jarayoni samaradorligini oshirishga erishilgan;
talabalarining kasbiy pedagogik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi “Problem education”, “Case-study”, “Role play games” rivojlantiruvchi treninglar, Smart texnology diskussiya, debat, ekspert bilan interv`yu, TV interv`yu, binar ta’lim, masterklas, tajriba almashish, doklad, protokol interfaol metodlarni o‘zida mujassamlashtirgan “Maqsad uchun 11 qadam” texnologiyasi uyg‘unligida o‘qitishning metodik ta’minotini ishlab chiqish asosida ilgari surilgan tavsiyalar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 1 fevraldagi 89-03-265-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining innovatsion ta’lim muhitida kasbiy pedagogik tayyorgarligini rivojlantirish modelini takomillashtirishga xizmat qilgan va mutaxassislik fanlari (“Kasbiy kompetentlik”, “Texnologiya va dizayn”, “Texnik ijodkorlik va dizayn”) fan dasturi mazmuniga singdirilgan, o‘quv-uslubiy ta’minoti takomillashtirilgan; 
bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy pedagogik tayyorgarligini rivojlanganlik darajasi (reproduktiv, produktiv, kreativ), mezonlari (motivatsion, kognitiv, amaliy va refleksiv) va ko‘rsatkichlari kreativ xarakteridagi mantiqiy fikrlashga hamda amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga hizmat qiluvchi didaktik topshiriqlar asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ITD-1-48 raqamli “Respublika innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishda ta’lim turlari o‘rtasidagi integratsiyani modernizatsiyalash va samaradorlikka erishish” mavzusidagi amaliy ilmiy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 1 fevraldagi 89-03-265-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim jarayonini innovatsion hamkorlik asosida o‘zaro uzviy aloqaddorlikda ilmiy va tizimli tashkil etishning metodik asoslarini takomillashtirish orqali bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy pedagogik tayyorgarligini rivojlantirish imkoniyati kengaytirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish