Dottoev Sayfulla Xamidullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ta’lim jarayonlarining axborot-metodik ta’minotini amalga oshirishning portal texnologiyalari», 13.00.06 – Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Ped294.
Ilmiy rahbar: Begimqulov Uzoqboy Shoimqulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Xolboy, pedagogika fanlari doktori, professor; Beknazarova Saida, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonlarining portal texnologiyalariga asoslangan axborot-metodik ta’minotini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
portal texnologiyalariga asoslangan raqamli universitet modeli tizimlilik, ko‘rgazmalilik, erkin boshqarish, moslashuvchanlik, uzluksiz rivojlanish, modullilik, ishonchlilik, qulaylik, xavfsizlik, mobillik, avtomatlashtirish, kompyuter ko‘magi, bir martalik ma’lumotlar tamoyillarini integrativ mazmuni va maqsad, taktika, yondashuv, parametr kabi pedagogik tizimi komponentlarini o‘zaro muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
o‘quv jarayonini optimallashtirishning kredit modul tizimi o‘quv-ilmiy resurslarni yaratishga qo‘yiladigan pedagogik-psixologik, didaktik, metodik va texnik talablari hard skills, soft skills ko‘nikmalari reproduktiv-metodik, produktiv-metodik, tadqiqot-metodik faoliyatni o‘zlashtirish darajalari taksonomiyasini hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
ta’lim jarayonlarining axborot-metodik ta’minotni tizimli amalga oshirish hamda kredit-modul tizimiga moslashgan o‘quv-ilmiy resurslarni tizimli, faoliyatli va kompetentli yondashuvlar asosida pedagogik jarayon elementlarini qamrab olgan kasbiy-dasturiy vositalarini o‘zida mujassam etgan elektron ta’lim resruslarini ishlab chiqish orqali simulyator, virtual borliq va mobil texnologiyalarga asosan optimal taqdim etish imkoniyatini beruvchi portal tarkibiy tuzilmasi hamda uning dasturiy platformasi onlayn ta’lim olish talablariga moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
portal texnologiyalari vositasida ta’lim jarayoni sifati va samaradorligini ta’minlash metodikasi ta’lim olish imkonini taqdim etuvchi va ta’lim jarayoni sub’ektlari faoliyatlarini integratsiyalovchi “Blended learning” texnologiyasining “Online Lab” modellarni o‘zaro muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ta’lim jarayonlarining axborot-metodik ta’minotini amalga oshirishning portal texnologiyalari yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy-metodologik takliflar va yaratilgan axborot-metodik ta’minot asosida:
portal texnologiyalariga asoslangan raqamli universitet modelini ishlab chiqishning tizimlilik, ko‘rgazmalilik, erkin boshqarish, moslashuvchanlik, uzluksiz rivojlanish, modullilik, ishonchlilik, qulaylik, xavfsizlik, mobillik, avtomatlashtirish, kompyuter ko‘magi, bir martalik ma’lumotlar tamoyillariga doir takliflaridan YoA-5-5 raqamli “O‘quv jarayoniga moslanuvchi WEB tizimini yaratish”(2016-2017 yy.) mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 19 maydagi 89-03-1628-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonlarining axborot-metodik ta’minotini yaratish va ta’lim sifatini oshirish imkoniyati yaratilgan;
o‘quv jarayonini optimallashtirishning kredit-modul tizimi o‘quv-ilmiy resurslarni yaratishga qo‘yiladigan pedagogik-psixologik, didaktik, metodik va texnik talablariga oid takliflari asosida “Web texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma yaratilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2013 yil 13 martdagi 82-son buyrug‘i bilan berilgan 82-057-son guvoxnoma). Natijada, ta’lim jarayonlarining portal texnologiyalariga asoslangan axborot-metodik ta’minoti va milliy o‘quv-ilmiy resurslarni ishlab chiqish sifati oshirilgan;
ta’lim jarayonlarining axborot-metodik ta’minotni tizimli amalga oshirish hamda kredit-modul tizimiga moslashgan o‘quv-ilmiy resurslarni simulyator, virtual borliq va mobil texnologiyalarga asosan optimal taqdim etish imkoniyatini beruvchi portal tarkibiy tuzilmasi hamda uning dasturiy platformasini yaratishga oid takliflaridan YoA-5-5 raqamli “O‘quv jarayoniga moslanuvchi WEB tizimini yaratish” (2016-2017 yy.) mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 19 maydagi 89-03-1628-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quv jarayonining monitoringini olib borish avtomatlashtirilgan va o‘qitish sifatini baholashning yagona yondashuv asosida tashkil etish imkoniyati yaratilgan;
portal texnologiyalari vositasida ta’lim jarayoni sifati va samaradorligini ta’minlash metodikasini “Blended learning” texnologiyasining “Online Lab” modellarni o‘zaro muvofiqlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflari “Web texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2013 yil 13 martdagi 82-son buyrug‘i bilan berilgan 82-057-son guvoxnoma). Natijada, ta’lim tizimida malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash va ularning o‘quv jarayonlarini tashkil etishga doir kompetensiyalari takomillashtirilgan.