Badalov O‘tkir Badal o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘rta Zarafshon havzasini rekreatsiya-turistik resurslari, ulardan foydalanishning geografik asoslari va istiqbollari», 11.00.01 – Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Gr34.
Ilmiy rahbar: Abbasov Subxon Burxonovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Boymirzaev Karimjon Mirzaxmedovich, geografiya fanlari doktori, dotsent; Usmonova Roxatjon, geografiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘rta Zarafshon havzasi landshaft komplekslarining rekreatsion va turistik xususiyatlari, imkoniyatlari hamda salohiyatini aniqlash, ulardan samarali foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
havza landshaftlari (tabiat yodgorliklari, noyob landshaftlar) rekreatsion-turistik ob’ekt sifatida foydalanish yo‘nalishlari asoslangan;
havza miqyosida rekreatsion ob’ektlar bilan bog‘lovchi yangi marshrutlar (Samarqand-Qoratepa-Teshiktosh-Omonqo‘ton, Samarqand-Urgut-G‘o‘s-Yaxdon, Samarqand-Kattaqo‘rg‘on-Xatirchi-Oltinsoy va b.) ishlab chiqilgan;
O‘rta Zarafshon havzasining ArcGIS dasturi yordamida tuzilgan (1:1000000 masshtabli) rekreatsion-turistik rayonlashtirish va rekreatsion-turistik kartalari yaratilgan;
havzaning rekreatsiya va turizm imkoniyatlaridan unumli foydalanish (tabiiy pitomniklar tashkil etish, tog‘ va tog‘oldi hududlarida sanatoriyalar, mehmon uylari qurish) yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘rta Zarafshon havzasi landshaft komplekslarida rekreatsiya va turistik resurslari va ulardan foydalanishning geografik asoslari va istiqbollari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘rta Zarafshon havzasi landshaftlarini rekreatsion-turistik imkoniyatlarini aniqlashga doir olingan natijalari Samarqand viloyatida turizmni rivojlantirish dasturini takomillashtirishda O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligini amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 24 iyuldagi 03-17-2/4268-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi rekreatsiya-turistik ob’ektlarni aniqlash imkonini bergan;
O‘rta Zarafshon havzasining 1:1000000 masshtabdagi rekreatsion-turistik rayonlashtirish kartasi O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi tomonidan havza hududidagi rekreatsion-turistik klasterlarni yaratish amaliyotida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 24 iyuldagi 03-17-2/4268-son ma’lumotnomasi). Natijada, hududda 4 ta rekreatsion-turistik klasterlarni tashkil etish imkoniyatlari mavjudligini aniqlash imkonini bergan;
rekreatsiya va turizm maqsadlarida rayonlarga ajratish bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi tomonidan havza landshaftlarida rekreatsiya-turistik ob’ektlarni optimal joylashtirish va infratuzilmani tartibga solish amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 24 iyuldagi 03-17-2/4268-son ma’lumotnomasi). Natijada, istiqbolda Samarqand viloyat turizmini rivojlantirish dasturiga yangi yo‘nalishlarni kiritish imkoniyati yaratilgan;
landshaftlarni rekreatsion-turistik baholash bo‘yicha taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligida O‘rta Zarafshon havzasining yangi rekreatsion-turistik marshrutlari sxemalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 24 iyuldagi 03-17-2/4268-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi reklama materiallarini tayyorlash, hududlarda loyihalanayotgan rekreatsiya-turizm infratuzilmalari, landshaftlarda rekreatsiya-turizm salohiyatini e’tiborga olib joylashtirish sxemasini takomillashtirishga, ularning salohiyatidan samarali foydalanish strategiyasini takomillashtirishga xizmat qilgan;
landshaftlarda rekreatsiya va turizmning rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligida turizmni istiqbolli turlari, yo‘nalishlarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 24 iyuldagi 03-17-2/4268-son ma’lumotnomasi). Natijada, havzada tibbiyot turizmi, tog‘ turizmi, spelioturizm kabi zamonaviy turizm yo‘nalishlarini tashkil etishning ilmiy-amaliy asoslarini ishlab chiqish va yangi mavsumiy turistik marshrutlarni aniqlash imkonini bergan.