Xurramov Eshmaxmat Eshqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorlash texnologiyalari”, 13.00.01. – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Ped242.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Aleuov Userbay, pedagogika fanlari doktori, professor; Matchonov Safo, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorlash texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorlashning pedagogik tizimi ijtimoiy faollik, qadriyatlilik, ochiqlik, o‘ziga xoslik, uzluksizlik kabi kasbiy komponentlik elementlari hamda ta’limiy, ma’naviy-madaniy, tarbiyaviy kabi ma’naviy-axloqiy va jismoniy tarbiya integratsiyasiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorlashning didaktik ta’minoti jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning amaldagi yakkama-yakka jang, ommaviy musobaqa kabi harakatli o‘yinlarni tashkil etishning qoidalari hamda “To‘p marraga”, “Muzyorar” kabi jismoniy-intellektual potensialni rivojlantirishga yo‘naltirilgan adaptiv mashqlarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorlashning tashkiliy-motivatsion, asosiy va tahliliy monitoring bosqichlari mazmuni kollaborativ va metakompetensiyalar integratsiyasiga asoslangan kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan mazmuniy komponentlar hamda valeologik ko‘nikmalarni rivojlantirishning jismoniy tarbiya elementlari (harakat, sog‘lom turmush, jismoniy sifat, o‘z-o‘zini rivojlantirish)ga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorlash modeli harakat tezligi, tezkor manyovr, mo‘ljal olish kabi jismoniy sifatlarni baholash mezonlarini analitik yondashuv (aniqlash, qiyoslash, umumlashtirish, tavsiya qilish, tahlillash)ga asoslangan pedagogik jarayonga optimallashtirish vositasida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorlash texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorlashning pedagogik tizimi va didaktik ta’minotini takomillashtirishga oid takliflardan №FZ-2016-0910202206 “Voyaga etmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni tarbiyalashning ijtimoiy-pedagogik texnologiyalari” mavzusidagi fundamental loyihasi doirasida sport sohasida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 martdagi 89-03-965-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarida kelgusi faoliyatida voyaga etmagan o‘quvchilarni sport vositasida tarbiyalash, ular orasida huquqiy profilaktik tadbirlarni uyushtirish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kasbiy pedagogik faoliyatini rivojlantirishga taalluqli interfaol yondashuvni qo‘llash asosidagi tavsiya va takliflardan №FZ-2016-0910202206 “Voyaga etmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni tarbiyalashning ijtimoiy-pedagogik texnologiyalari” mavzusidagi fundamental loyihasi doirasida yoshlarni sport vositasida tarbiyalashga yo‘naltirilgan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 martdagi 89-03-965-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilari kelgusi pedagogik faoliyatida qo‘llashiga mo‘ljallangan innovatsion: “To‘p marraga”, “Muzyorar” kabi metodlar ishlab chiqilgan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorlash bosqichlariga oid ishlab chiqilgan “Innovatsion faoliyatni tashkil qilish texnologiyalari” nomli ilmiy-tajribaviy Maxsus kurs dasturi va takliflardan №PZ-2014-09-05173317 “Yosh avlodni tarixiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida munosib tarbiyalash, ta’lim va tarbiya tizimini rivojlantirish, uzluksiz ta’lim tizimida yuqori malakali, shuningdek boshqaruv kadrlarni tayyorlash muammolarini tadqiq etish” nomli Davlat ilmiy-texnik dasturi doirasidagi amaliy vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 13 martdagi 89-03-976-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorlash bosqichlarini takomillashtirishga erishilgan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorlash modeliga doir taklif va tavsiyalardan №PZ-2014-09-05173317 “Yosh avlodni tarixiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida munosib tarbiyalash, ta’lim va tarbiya tizimini rivojlantirish, uzluksiz ta’lim tizimida yuqori malakali, shuningdek boshqaruv kadrlarni tayyorlash muammolarini tadqiq etish” nomli Davlat ilmiy-texnik dasturi doirasidagi amaliy vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 13 martdagi 89-03-976-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorlash modeli takomillashtirilgan.