Aydarov Erkin Bakitovichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘quvchi-yoshlarga tabiiy hududlarni muhofaza qilish orqali ekologik tarbiya berish texnologiyalarini takomillashtirish”, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.RhD/Ped877.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti. 
Ilmiy rahbar: Xudoyqulov Xol Jumaevich, pedagogika fanlari doktori, dots, fan arbobi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01. 
Rasmiy opponentlar: Xodjamqulov Umid Negmatovich, pedagogika fanlari doktori; Choriev Irgash Turaevich, pedagogika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quvchilarga tabiiy hududlarni muhofaza qilish orqali ekologik tarbiya berish texnologiyalarini takomillashtirish hamda amaliyotda foydalanishga doir ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarga tabiiy hududlarni muhofaza qilish orqali ekologik tarbiya berishning texnologik jihatlari ta’lim va tarbiya uyg‘unligiga asoslangan tamoyillar (qadriyatlilik, hayot bilan bog‘liqlik) va innovatsion yondashuvlar (kompetensiyaviy, axborotlilik) integratsiyasini ta’minlash orqali aniqlashtirilgan;
maktab o‘quvchilarida dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda tabiiy hududlarni muhofaza qilish ko‘nikmalarini shakllantirish modeli  muammoli ta’lim texnologiyalari (shaxsiy loyiha,  yakka va guruhiy vaziyatli masalalarni echish) va interfaol usullar (rivojlantiruvchi, refleksiv, rolli o‘yinlar)ga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan; 
tabiiy hududlarni muhofaza qilish orqali o‘quvchilarga ekologik tarbiya berish texnologiyalari ekologik kompetentlik mezonlari (toza muhit va toza mahsulot, sog‘lom tana va sog‘lom fikr, faol harakat va tabiat ta’siri)ni integrativ darslar va tabiiy xodisalarni kuzatish, atrof-muhitga sayohat uyushtirish kabilarni mashg‘ulotlarga singdirish asosida takomillashtirilgan; 
o‘quvchilarga tabiiy hududlarni muhofaza qilish orqali ekologik tarbiya berishning didaktik (ilmiy, tizimli, tushunarli, ko‘rgazmali) va metodik (loyihalash, o‘zini o‘zi boshqarishi, mustaqil ish, ekoklublar) talablari o‘quvchilarda shakllanishi lozim bo‘lgan ijtimoiy faol fuqarolik, kommunikativlik, axborot bilan ishlash, milliy va umummadaniy kabi tayanch  kompetensiyalarga ustuvorlik berish asosida tizimlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchi-yoshlarga tabiiy hududlarni muhofaza qilish orqali ekologik tarbiya berish texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
zamonaviy ekologik tarbiya nazariyasiga asoslanib, maktab o‘quvchilariga tabiiy hududlarni muhofaza qilish orqali ekologik tarbiya berish texnologiyalari (kompetensiyaviy, qadriyatli, zamonaviylik, axborotlilik)ni takomillashtirishning ilmiy nazariy mazmuni umumta’lim maktablari amaliyotiga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 20 maydagi 89-03-1636-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchi yoshlarga ekologik tarbiya berish texnologiyalarini takomillashtirishga erishilgan;
o‘quvchi yoshlarning ekologik madaniyatini darsda va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda tabiiy hududlarni muhofaza qilish ko‘nikmasini shakllantirish texnologiyalari, modeli va usullariga doir didaktik parametrlar va topshiriqlardan amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2020 yil 20 maydagi 89-03-1636-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchi yoshlarning ekologik tarbiya bo‘yicha ko‘nikmalari shakillantirilgan;
o‘quvchilarda tabiiy hududlarni muhofaza qilish orqali ekologik tarbiya berish texnologiyalarining amaliy-uslubiy  me’zonlari mazmuni  “Ekologiya va tabiatdan foydalanish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2020 yil 30 iyundagi 359-son buyrug‘i). Natijada o‘quvchi yoshlarning tabiiy hududlarni muhofaza qilish orqali ekologik tarbiya berish texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalari xizmat qilgan;
o‘quvchilarga tabiiy hududlarni muhofaza qilish orqali zamonaviy ekologik tarbiya berishning ilmiy nazariy jihatlarini tahlil qilish, hamda ekologik kompetensiyalariga tayangan holda o‘quvchilarga tabiiy hududlarni muhofaza qilish orqali ekologik tarbiya berish bo‘yicha ishlab chiqilgan ta’lim resurslarini amaliyotga tatbiq etishda A-1-173 raqamli “Yoshlarni umummilliy qadriyatlarimizga xos tarbiyasini shakillantirish texnologiyasi va metodikasini ishlab chiqish” nomli amaliy loyihasi mazmuniga singdirilgan (Qarshi davlat universitetining 2021 yil 2 iyuldagi 04-2170-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchi yoshlarga tabiiy hududlarni muhofaza qilish orqali ekologik tarbiya berish texnologiyalarini takomillashtirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish