Atabekova Kamola Gayratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Karatechilarni musobaqalarga tayyorgarligining psixologik determinantlari», 19.00.04– Tibbiy va maxsus psixologiya (tibbiyot fanlari) (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/P92.
Ilmiy rahbar: Tulyaganova Gulchexra Kuchkarovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi, PhD.10/30.12.2019.Tib.69.01.
Rasmiy opponentlar: Baratov Sharif Ramazonovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Arzikulov Dilshod Ne’matovich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi karatechilarning musobaqalarga tayyorgarligining psixologik determinantlarini aniqlash va ular asosida profilaktik chora-tadbirlar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor sport ustasiga nomzod karatechilarning «start oldi holati»da musobaqa motivatsiyasi (sportchining g‘alabaga haddan tashqari ishonishi) qanchalik yuqori bo‘lsa ularning musobaqadagi reaksiya tezligi shunchalik past va ularning nojo‘ya ta’sirlarga (noxolis hakamlik, raqibning nojo‘ya harakatlari, musobaqaning muvaffaqiyatsiz boshlanishi, guruhdosh do‘stlarning mag‘lubiyati va hokazolar) bardoshliligi yuqori bo‘lsa musobaqadagi reaksiya tezligi ham yuqori bo‘lishi isbotlangan;
sport ustasiga nomzod karatechilarda o‘z emotsional (his-tuyg‘ulari va fikrlari) holatini baholash xususiyati rivojlangan bo‘lsa diqqat-e’tiborining susayishi tufayli musobaqa davrida ko‘zlangan sport natijalarga erishish darajasi past bo‘lishi aniqlangan; 
karatechi sportchining shaxsiy bezovtaligi va xavotirliligi qanchalik yuqori bo‘lsa kuchni bir joyga to‘plab kutilayogan natijaga erishish hissi ortishi tufayli uning musobaqalardagi qat’iyati shunchalik yuqori bo‘lishi asoslangan;
karatechi sportchining jismoniy (tana-fe’l) komponenti, ya’ni mushak hislarining qanchalik rivojlanganlik darajasi jismoniy imkoniyatlarni to‘g‘ri baholash va undan samarador foydalanish hissi ustuvorligi ta’minlangiligi tufayli uning musobaqalardagi qat’iyatini ortishiga olib kelishi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Karatechilarning musobaqalarga tayyorgarligining psixologik determinantlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
sportchilarning ruhiy salomatligini optimallashtirish va shu orqali ularni milliy va xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyat qozonish imkoniyatlarini oshirish uchun olib borilgan tadqiqotlar asosida sportchilar, murabbiylar va sportga jalb etilgan bolalar va o‘smirlar uchun ishlab chiqilgan «Sportchilarning psixologik tayyorgarligida mental shug‘ullantirishni qo‘llash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (TDPU huzuridagi Psixologiya ilmiy-uslubiy markazining 2020 yil 19 avgustdagi 8-son ma’lumotnomasi). Natijada sportchilarning funksional holatini baholashda psixologik determinantlarni aniqlash, psixologik korreksiyalash va rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatish hamda ularni musobaqalarga tayyorgarligini oshirish imkonini bergan;
sportchilarning musobaqalarga tayyorgarligining psixologik determinantlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida jismoniy tarbiya va sport tizimiga, jumladan, Stol tennisi va WTF Taekvondo federatsiyalari sport shifokorlari va murabbiylari amaliyotiga joriy etilgan «Mamlakatda ijtimoiy sog‘lom muhitni yaratish, yoshlarni tarbiyalashning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish, ma’naviy taraqqiyotni psixologik qo‘llab-quvvatlash va uslubiy ko‘makni rivojlantirishning ilmiy-amaliy asoslarini shakllantirish» nomli reja tasdiqlangan (TDPU huzuridagi Psixologiya ilmiy-uslubiy markazining 2020 yil 19 avgustdagi 8-son ma’lumotnomasi). Natijada sportchilarning ekstremal sharoitlarda (musobaqalarda) natijaviy samaradorligi, ularning psixologik salomatligini saqlash, jismoniy ish qobiliyatini oshirish hamda yuqori sport ko‘rsatkichlariga erishish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish