Olimov Alisher Isakovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini o‘qitishda mobil ilovalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish (“Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” fani misolida)”,  13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped455.
Ilmiy rahbar: Meliev Xamidullo Abdullaevich pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01. 
Rasmiy opponentlar: Koshbaxtiev Il`dar Axmedovich, pedagogika fanlari doktori professor; Boltaev Zayniddin Boltaevich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat univertiseti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini o‘qitishda mobil ilovalardan foydalanish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida o‘quv, uslubiy, innovatsion-pedagogik faoliyatlarni e’tiborga olib yakuniy bo‘g‘in sifatida maqsadli komponent darajasini pedagogik nazorat qilish tizimiga tuzatish blokini kiritish hisobiga kasbiy faoliyatga tayyorlash imkoniyati kengaytirilgan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarlik darajasida muhim hisoblangan kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarligi, texnologik, refleksiv, individual rivojlantirish xususiyatlariga ustuvorlik berish, kompetensiyaviy yondashuvlarga asoslangan “Jismoniy madaniyat”, “Lectionsport” va “JMNvaU innovatsion test” mobil ilovalarga metodika ishlab chiqish xisobiga talabalarning mustaqil nazariy-amaliy o‘zlashtirish imkoniyati kengaytirilgan;
talabalarga fanni o‘qitish metodikasida mobil ilovalardan tizimli foydalanish asosida distant ta’lim tamoyili bo‘yicha, jismoniy tayyorgarligidan kelib chiqib harakatli o‘yinlarni jismoniy sifatlar darajasiga moslashtirish hisobiga talabalarning nazariy hamda jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirishning ilmiy uslubiyati takomillashtirilgan;
amaldagi malaka talablari asosida ta’lim mazmunini belgilash tamoyillari va mezonlariga rioya etish, pedagogik ta’lim tizimining tendensiyalariga muvofiq, nazorat–tuzatish vositalarni qo‘llash hisobiga bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlash mexanizmlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini o‘qitishda mobil ilovalarni qo‘llash metodikasini takomillashtirish yuzasidan o‘tkazilgan tajribalar asosida:
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida maqsadli komponent darajasini pedagogik nazorat qilish tizimiga tuzatish blokini kiritish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” (2-bosqich talabalari uchun) nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 maydagi 285-sonli buyrug‘iga asosan 285-065 raqamli guvohnoma). Natijada bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini tayyorlashning didakti ta’minoti hamda talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari 12-14 % oshishiga xizmat qilgan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarida mutaxassislik fanlari mazmunini integrativ yondashuv asosida o‘qitishga yo‘naltirilgan mobil ilovalardan foydalanish bo‘yicha takliflar oliy ta’lim muassasalarida “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” fanini o‘qitish jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 15 iyuldagi 89-03-2554-son ma’lumotnomasi). Natijada 3-semestrdagi 1-mavzuni o‘zlashtirish 19%ga, 2-mavzuni o‘zlashtirish 21%ga, 3-mavzu bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 23%ga, mustaqil ta’lim topshiriqlarini o‘zlashtirish 17% ga yaxshilangan;
talabalarga fanni o‘qitish metodikasida mobil ilovalardan tizimli foydalanish asosida distant ta’lim tamoyili bo‘yicha, harakatli o‘yinlarni jismoniy sifatlar darajasiga moslashtirish hisobiga talabalarning nazariy hamda jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish bo‘yicha takliflar “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” fanini o‘qitishda mobil ilovalar Jizzax davlat pedagogika institutining talabalari o‘quv jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 15 iyuldagi 89-03-2554-son ma’lumotnomasi). Natijada 3-semestrda 1-oraliq nazorat bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 19%ga, 2-oraliq nazorat bo‘yicha o‘zlashtirish 21%ga, yakuniy nazorat bo‘yicha o‘zlashtirish  28%ga yaxshilangan;
amaldagi malaka talablarining mexanizmlari asosida nazorat–tuzatish vositalarni qo‘llash hisobiga ishlab chiqilgan bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlash tizimining modeli bo‘yicha tavchiyalar “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” (2-bosqich talabalari uchun) nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 maydagi 285-sonli buyrug‘iga asosan 285-065 raqamli guvohnoma). Natijada “Jismoniy madaniyat tizimining qonun-qoidalari” deb nomlangan mavzuning o‘zlashtirilishi pedagogik tajribadan so‘ng tajriba guruhi talabalaridan 39% – “a’lo”, 31% – “yaxshi”, 20% – “qoniqarli”, 10% – “qoniqarsiz”, nazorat guruhida esa mos ravishda 23% – “a’lo”, 25% – “yaxshi”,  28%– “qoniqarli”,  24% – “qoniqarsiz” baholangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish