Turdalieva Maxina Komiljonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Povishenie teplovoy effektivnosti teplotexnicheski neodnorodnix narujnix sten jilix zdaniy», 05.09.01- “Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar”(texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/T1363.
Ilmiy rahbar: Shhipacheva Elena Vladmirovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Toshkent arxitektura-qurilish instituti».
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti. DSc.26/30.12.2019.T.11.01.
Rasmiy opponentlar: Askarov Baxtiyor Askarovich – texnika fanlari doktori, professor; Yuvmitov Anvar Sayfullaevich – texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turar joy binolarining issiqlik texnikasi jihatidan bir jinsli bo‘lmagan tashqi devorlarining issiqlik samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
g‘isht bilan to‘ldirilgan sinchli binolarning loyiha hujjatlari va issiqlik tasvirini tahlil qilish asosida issiqlik texnik jihatidan bir jinsli bo‘lmagan 15 uzeli aniqlangan va tipologiyasi ishlab chiqilgan, shu jumladan qalinligi 25dan 42 smgacha bo‘lgan g‘ishtli devorning issiqlik maydoniga temirbeton o‘zaklari va antiseymik kamarlarning ta’sir zonasi aniqlangan;
tashqi devorlarning issiqlik texnik jihatidan bir jinsli bo‘lmagan uzellaridagi harorat maydonlarini tahlili natijasida, ularning issiqlik himoya darajasi oshirish imkonini beruvchi, konstruktiv echimlari takomillashtirilgan;
issiqlik texnik jihatidan bir jinsli bo‘lmagan uzel elementlaridagi solishtirma issiqlik oqimini hisobga olgan xolda tashqi devorlarning issiqlik qarshiligi aniqlangan;
issiqlik o‘tkazuvchanligiga keltirilgan qarshiligini aniqlashda issiqlik o‘tkazuvchi elementlar orqali qo‘shimcha issiqlik yo‘qotishlarni hisobga olgan holda energiya samarador binolarning tashqi to‘suvchi konstruksiyalarini loyihalash asoslari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turar joy binolarining issiqlik texnikasi jihatidan bir jinsli bo‘lmagan tashqi devorlarining issiqlik samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Turar joy binolari issiqlik texnikasi jihatidan bir jinsli bo‘lmagan tashqi devorlarining issiqlik uzatilishiga keltirilgan qarshiligi hisobi» kompyuter dasturi «TASHGIPROGOR» AJ va «QISHLOQQURILISHLOYIHA» MChJda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2021 yil 25.06 dagi №09-06/7644-son ma’lumotnomasi). Natijada to‘suvchi konstruksiyalar uchun izolyasiyalashning optimal tizimini tanlash vaqtini 30 % ga, energiya iste’molini 10 % ga qisqartirishga erishilgan;
ko‘p xonadonli turar joy binolari tashqi devorlarining issiqlik texnikasi jihatidan bir jinsli bo‘lmagan devorlardagi tutashgan joyilari jadvallari, ularning Toshkent shahri iqlim sharoitlari uchun mo‘ljallangan solishtirma issiqlik yo‘qotishlari «TASHGIPROGOR» AJ «QISHLOQQURILISHLOYIHA» MChJda (O‘zbekiston Qurilish vazirligining 2021 yil 25.06 dagi №09-06/7644 ma’lumotnomasi).Natijada energiya iste’molini 10 % ga qisqartirishga erishilgan;
devorlarning issiqlik texnikasi jihatidan bir jinsli bo‘lmagan devordagi tutashgan joyilarining yangicha texnik echimlari loyiha tashkiloti: O‘zR Qurilish vazirligi huzuridagi «QISHLOQQURILISHLOYIHA» MChJ amaliyotiga (O‘zbekiston Qurilish vazirligining 2021 yil 25.06 dagi №09-06/7644 ma’lumotnomasi). Natijada energiya iste’molini 10 % ga qisqartirishga, devorlar issiqlik texnikasi jihatidan bir jinslilik koeffisientini esa 15 % ga ko‘tarishga erishilgan;
turar joy binolari tashqi devorlarini loyihalashtirishda issiqlik texnikasi jihatidan bir jinsli bo‘lmagan joylari orqali solishtirma issiqlik yo‘qotishlarini kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar «TASHGIPROGOR» AJ va «QISHLOQQURILISHLOYIHA» MChJ (O‘zbekiston Qurilish vazirligining 2021 yil 25.06 dagi №09-06/7644 ma’lumotnomasi). Natijada to‘suvchi konstruksiyalar issiqlikni saqlash (himoya qilish) optimal tizimini tanlash vaqtini 30 % ga energiya iste’molini 10 % ga qisqartirishga erishilgan.