Qo‘ldashov Obbozjon Xokimovichning 
texnika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.  
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘rta IQ – soha nur diodlarining parametrlarini barqarorlashtirish usullarini ishlab chiqish”, 01.04.10 – Yarimo‘tkazgichlar fizikasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1. DSc/T387
Ilmiy maslahatchi: Daliev Xojakbar Sultanovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy – tadqiqot instituti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.03/30.12.2019.FM/T.01.12 
Rasmiy opponentlar: Raxmatov Axmat Zaynitdinovich, texnika fanlari doktori, professor; Tagaev Marat Baymuratovich, texnika fanlari doktori, professor; Raxmonov Anvar Tojiboevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muxandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi GaSb yarim o‘tkazgichli birikma va uning o‘rta IQ – soha spektri uchun GaInAsSb va AlGaAsSb qattiq eritmalari asosidagi yorug‘lik diodlarining hamda yarimo‘tkazgichli nurlatgichlar asosidagi optoelektron qurilmalarning parametrlarini barqarorlashtirish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
GaInAsSb (1,94 mkm va 2,2 mkm) asosidagi ikki to‘lqinli yorug‘lik diodlarini ishlab chiqarish texnologiyasi takomillashtirilgan va uning - 400S + 800S harorat oralig‘ida, 0,8 – 1◦S aniqlikda barqaror bo‘lishi aniqlangan;  
avtomatik nazorat qiluvchi bir va ikki to‘lqinli yarimo‘tkazgichli optoelektron qurilmalarning o‘lchash aniqligi va ishonchliligini oshirish uchun optik teskari aloqali o‘rta IQ – soha yorug‘lik diodlarining parametrlarini (nurlanish quvvati, nur intensivligi, nurlanish oqimi, maksimal nurlanish spektri, to‘g‘ri tok, to‘g‘ri kuchlanish) barqarorlashtirish usuli ishlab chiqilgan; 
ikki to‘lqinli yorug‘lik diodlarining boshlang‘ich o‘lchov va tayanch nurlanish oqimlarining tengligini ta’minlovchi, shuningdek ularning vaqt bo‘yicha parametrlarini barqarorlashtiruvchi yarimo‘tkazgichli optoelektron qurilmaning ikki strukturali sxemasi ishlab chiqilgan;
ilk bor o‘rta IQ – soha yorug‘lik diodlari (1,94 mkm) asosida paxta hom-ashyosi namligini masofadan nazorat qiluvchi IQ – datchigini yaratish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
ilk bor o‘rta IQ – soha yorug‘lik diodlari (2,2 mkm) va keng polosali fotoqabulqilgich (4,2 mkm) asosida kichik o‘lchamli ob’ektlar haroratini masofadan nazorat qiluvchi  yarimo‘tkazgichli optoelektron qurilma ishlab chiqilgan;
ilk bor GaInAsSb tuzilmali yorug‘lik diodlari (3,39 mkm) asosida atmosferadagi metan miqdorini masofadan nazorat qiluvchi qurilma ishlab chiqilgan; 
ilk bor o‘rta IQ – soha yorug‘lik diodlari asosida (1,55 mkm) fuqaro aviatsiyasi aeroportlarida ornitologik xavfsizlikni ta’minlovi avtomatlashtirilgan tizim hamda optik tolali aloqa liniyasini himoya qiluvchi qurilma ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘rta IQ – soha yorug‘lik diodlari parametrlarini barqarorlashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
paxta xom-ashyosini namligini masofadan aniqlovchi uslubga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro uchun patenti olingan (№ IAP 2020 0563.10.03.2021 y). Ilmiy natijalardan foydalanish paxta xom-ashyosi namligini masofadan nazorat qiluvchi qurilmalar yaratish imkonini bergan;
geofizik qidiruvlar uchun exolokatsion qurilmaga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro uchun patenti olingan (№ IAP 06244 25.05. 2020 y). Ilmiy natijalardan foydalanish kichik chuqurlikda (100,0 m gacha)  geofizik qidiruv olib borish imkonini bergan;
ob’ektlar haroratini masofadan nazorat qiluvchi optoelektron qurilmaga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi ixtiroga patent berish to‘g‘risidagi qarori olingan (№ IAP 20070079. 05.06.2009 y). Ilmiy natijalardan foydalanish ob’ektlar haroratini masofadan nazorat qiluvchi qurilmani yaratish imkonini bergan.
optik tolali aloqa tizimlarida axborotlarni yashirin o‘zlashtirishdan himoyalovchi usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro uchun patenti olingan (№ IAP 20120493 13.12.2012 y). Ilmiy natijalardan foydalanish optik tolali uzatish tizimlarini himoyalash imkonini bergan; 
optik tolali aloqa tizimlarida axborotlarni yashirin o‘zlashtirishdan himoyalovchi usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro uchun patenti olingan  № IAP 20170250 29.06.2017 y). Ilmiy natijalardan foydalanish optik optik tolali aloqa liniyalarida maxfiy axborotlarni uzatish imkonini bergan; 
VA 5-035 “Zaryadlangan zarralar oqimi detektorini tadqiq etish va uning asosida er silkinishini bashorat qilish uchun o‘lchov axborot kompleksini yaratish” (2017-2018) mavzusidagi loyihada optoelektron qurilmalar parametrlarini barqarorlashtirishning ikki struktali sxemasi va texnologiyasidan foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 26 yanvardagi 89-03-451-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish qurilmalarning o‘lchash aniqligi va sezgirligini oshirish imkonini bergan.
“Farg‘ona xalqaro” aeroportida ornitologik xavfsizlikni ta’minlovchi tovushli zambaraklarni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimiga va “O‘zbektelekom” Farg‘ona filialiida optik tolali aloqa tizimiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2021 yil 2 fevraldagi 33-8/1421- son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish aeroportda ornitologik xavfsizlikni ta’minlovchi mexanik tovushli zambaraklarni avtomatlashtirish xamda IQ – soha nur diodlarining ishlash muddatini 2500 soatga oshirish imkonini bergan .

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish