Zohirov Qudratjon Rafiqovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Qo‘l harakatlari biosignallarini tasniflashning algoritmlari va apparat-dasturiy majmuasini ishlab chiqish», 05.01.04 – Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T2375
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Turg‘unov Adilbek Muxtarovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Zaynidinov Hakimjon Nasiridinovich, texnika fanlari doktori, professor; Raxmatov Furqat Abdirazzoqovich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi elektromiografiya signali asosida qo‘l harakatlarini mashinali o‘qitish usullari yordamida tasniflash algoritmlari va apparat-dasturiy majmuasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
signalning o‘rtacha og‘ishini hisobga olgan holda real vaqt rejimida elektromiografiya signalining faol potensial chegarasini aniqlovchi algoritm ishlab chiqilgan;
tarkibida AD8232 analog-raqamli o‘zgartirish qurilmasi mavjud bo‘lgan bir kanalli Bitalino qurilmasi asosida elektromiografiya signallarining real vaqt rejimida o‘quv tanlamasini avtomatik shakllantiruvchi algoritm ishlab chiqilgan;
elektromiografiya signalining muhim parametrlari asosida qo‘lning biror predmetga ta’sir qiluvchi harakatlarini real vaqt rejimida mashinali o‘qitish usullari yordamida tasniflash algoritmi ishlab chiqilgan;
qo‘l harakatlarini tanish uchun elektromiografiya signallarga asoslangan apparat-dasturiy majmuasining funksional modullari va protez o‘rtasida ma’lumot almashinish algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Dissertatsiya tadqiqoti jarayonida olingan natijalar asosida:
real vaqt rejimida elektromiografiya signali asosida qo‘lning biror predmetga ta’sir etuvchi asosiy harakatlarini tasniflash bo‘yicha yaratilgan apparat - dasturiy majmua Qashqadaryo viloyati nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazida joriy qilindi (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 29 iyul 33-8/5407-sonli va Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining 2021 yil 27 avgust 09-01-12/437-sonli ma’lumotnomalari). Ilmiy tadqiqot natijasi tibbiyot muassasalarining SCI (spinal cord injury, orqa miya shikastlanishi) kasalligiga chalingan (S5-S8 darajalari) bemorlarida sinab ko‘rildi, bemorlar ustida o‘tkazilgan tajribalar natijasida kasallangan qo‘lning harakatlari sonini 3 barobargacha oshirish orqali fizioterapiya usulining ko‘pfunksionalligiga erishildi va bemorning reabilitatsiya qilish muddatini tahminan 2-3 martagacha kamaytirish imkonini bergan;
mashinali o‘qitish algoritmlari asosida elektromiografiya signali yordamida harakatlarni tasniflash bo‘yicha yaratilgan dasturiy modullar Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy – amaliy tibbiyot markazida joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 29 iyul 33-8/5407-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasi tibbiyot muassasalarining SCI (spinal cord injury, orqa miya shikastlanishi) kasalligiga chalingan (S5-S8 darajalari) bemorlarda olib boriladigan reabilitatsiya usuli shaxsan fizioterapevt ishtirokida va uning qo‘l harakatlari asosida olib borildi shuning uchun bemorlar ustida o‘tkazilgan tajribalar natijasida kasallangan qo‘lning harakatlari sonini 2-3 martagacha oshirish imkoniyatini yaratildi va bemorning reabilitatsiya qilish muddatini tahminan 2-3 martagacha kamaytirish imkonini bergan.