Atadjanova Shaira Xalilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘smir qizlardagi temirtanqisligi kamqonligining patogenetik asoslari», 14.00.09 – Pediatriya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1. PhD/Tib51.
Ilmiy rahbar: Arzikulov Abduraim Shamshievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Shomansurova El`mira Amanullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sulaymanova Dilorom Nagalovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 12-14 eshli o‘smir qizlardagi temirtanqisligi kamqonligini o‘sish omillari bilan o‘zaro bogliklikda o‘rganish, ular uchun TTAning birlamchi profilaktikasi va korreksiyasining optimal yullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba temir moddasi tanqisligining yuzaga kelish bosqichiga bog‘liq ravishda o‘smir qizlarda periferik qon va temir almashinuvi ko‘rsatkichlarining alohida xususiyatlari (salomatlik → LTA→ TTA I → TTA II og‘irlik darajalari) isbotlangan;
ilk bor og‘irlik darajasi va temir tanqisligi o‘tkirligiga bog‘liq ravishda o‘smir qizlardagi TTAning sindromal tavsifining xususiyatlari aniqlanib, TTAning shakllanishida har bir sindrom va alomatning salmoq ko‘rsatkichlari va prognostika qiymatlari isbotlangan;
ilk marotaba o‘smir qizlarning somatik rivojlanish turi, o‘sish yo‘nalishlari, jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlaridagi nouyg‘unlik (disgarmoniya) ga bog‘liq ravishda ulardagi periferik qon va temir almashinuvi ko‘rsatkichlarining xususiyatlari isbotlangan;
12-14 yoshli TTAsi bor bo‘lgan o‘smir qizlarda jadal davriylik, bir siklning uzoq davom etishi va unda yo‘qotiladigan qonning ko‘pligi bilan kechadigan dastlabki menstruatsiyaning erta paydo bo‘lishiga moyillik isbotlangan.
gematokrit indeksi (GI) va gemoglobin solishtirma miqdorining (GSM) kamayishiga olib keluvchi aylanayotgan qon xajmining(AQX) yoshga qarab ortishiga bog‘liq ravishda o‘smir qizlarda TTAning rivojlanishi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘smir qizlarda temirtanqisligi anemiyasini profilaktikasi va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘smir qizlardagi temir tanqisligi kamqonligini dastlabki profilaktikasini amalga oshirish va davolash asosida ishlab chiqilgan “Anemiyaga qarshi va yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega bo‘lgan dorivor sharbat uchun ingridientlar kompozisiyasi”ga Intellektual mulk agentligida ixtiro uchun (№ IAP 05345 08.02.2017y.) patent olingan. Ushbu ixtiro temir tanqisligining darajasi ogir bo‘lmagan shakllari - LTT va 1-darajali TTAning dastlabki profilaktikasi va terapiyasi uchun undan foydalanish imkonini bergan;
o‘smir qizlarning gemoglabin jixatdan sog‘lomlashtirish, ular o‘rtasida temir tanqisligi kamqonligini prognozlash, kamaytirish asosida ishlab chiqilgan “O‘smir qizlarda temir tanqisligi anemiyasida Bioferronni qo‘llash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sogliqni saqlash vazirligining 2019 yil 27 noyabrdagi 8n-r/542-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma o‘smir qizlar ustidan nazoratning bosqichliligi va dinamikligini e’tiborga olgan xolda temir tanqisligini davolash va profilaktika qilishning taxminiy sxemasi yordamida ularning jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari va periferik qon ko‘rsatkichlarni dinamik o‘rganish imkonini bergan;
temir tanqisligi mavjud o‘smir qizlar ustidan nazoratni yuritish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyat sog‘liqni saqlash tizimining amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘likni saqlash vazirligining 2020 yil 18 sentyabrdagi №8n-d/ 132 – son ma’lumotnomasi ). Olingan ilmiy natijalarni amaliyotga joriy qilinishi o‘smir qizlar o‘rtasidagi temir tanqisligi kamqonligida maxalliy biologik faol qo‘shimcha “Bioferron”ning import-“Ferrum-Lek” preparatiga nisbatan samaradorligi isbotlangan, olingan ilmiy natijalarni amaliyotga joriy qilinishi davolash xarajatlarini 4 barobarga tejalishi va statsionarda bo‘lish davrini kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish