Tureev Azizbek Abatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘iston Respublikasining soliq potensialini oshirishning asosiy yo‘nalishlari”, 08.00.07 - Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Iqt1118. 
Ilmiy  rahbar: Musagaliev Ajiniyaz Jumagulovich,  iktisodiyot  fanlari  doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy tadqiqot instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Quzieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Komolov Odiljon Sayfutdinovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasining soliq potensialini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududning iqtisodiy past rivojlangan tumanlarida soliq potensialini oshirishda soliq stavkalarini 50 foizga pasaytirish orqali soliq majburiyatlarini 90 foizga bajarilishi asoslangan;
mamlakat hududlarining soliq potensialini oshirishda manzilli soliq imtiyozlari taqdim etishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida foyda solig‘ini 60 foizga va aylanmadan olinadigan soliqni 30 foizga o‘sishi hududda soliq yig‘iluvchanligini oshirilishi asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi soliq potensiali barqarorligini ta’minlashda foyda solig‘i va aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha tushumlar potensialining 2023 yilgacha prognozi ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasining soliq potensialini oshirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
hududning iqtisodiy past rivojlangan tumanlarida soliq potensialini oshirishda soliq stavkalarini 50 foizga pasaytirish orqali soliq majburiyatlarini 90 foizga bajarilishi bo‘yicha berilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 iyuldagi PQ-4389-sonli va 2020 yil 11 noyabrdagi PQ-4889-sonli qarorlariga kiritilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 22 fevraldagi ShE/01-09/597-son ma’lumotnomasi). Mazkur qarorlarga muvofiq, hududlarda soliq majburiyatlarini ixtiyoriy bajarish darajasini oshirish belgilangan bo‘lib, Qoraqalpog‘iston Respublikasining iqtisodiy jihatdan rivojlanish darajasi past bo‘lgan Taxtako‘pir, Bo‘zatov va Shumanay tumanlarida yangidan tashkil etiladigan sanoat yo‘nalishidagi tadbirkorlik sub’ektlari 2024 yil 1 yanvarga qadar foyda solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun solig‘ini amaldagi belgilangan soliq stavkalarining 50 foizi miqdorida amalga oshirishi belgilandi. Taklifning amaliyotga joriy qilinishi mamlakat hududi moliyaviy imkoniyatlarini va soliq potensialini mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda oshirish va prognoz qilish imkonini bergan.
mamlakat hududlarining soliq potensialini oshirishda manzilli soliq imtiyozlari taqdim etishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 noyabrdagi PQ-4889-sonli qaroriga kiritilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2021 yil 2 martdagi 02-06/9-02/174-son ma’lumotnomasi). Qarorga asosan, soliq imtiyozlarining samaradorlik darajasini baholash asosida ularni taqdim etishning aniq mezon va mexanizmlari belgilandi. Natijada Qoraqalpog‘iston Respublikasida sharoiti og‘ir 45 ta mahalla va ovulda yangidan tashkil etiladigan xizmat ko‘rsatish yo‘nalishidagi tadbirkorlik sub’ektlariga 2026 yil 1 yanvarga qadar foyda solig‘i, kichik korxonalar aylanmasidan olinadigan soliq va boshqa mahalliy soliqlarni to‘lashdan ozod qilish imtiyozi qo‘llanilib hudud soliq potensiali oshirilishiga rag‘bat va sharoit yaratilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida foyda solig‘ini 60 foizga va aylanmadan olinadigan soliqni 30 foizga o‘sishi hududda soliq yig‘iluvchanligini oshirilishi to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 iyuldagi PQ-4389-sonli qarorida o‘z aksini topgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 22 fevraldagi ShE/01-09/597-son ma’lumotnomasi). Qarorga asosan, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarining soliq imkoniyatlarini baholash metodikasini ishlab chiqish va joriy etish, soliq tushumlarini hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha prognoz qilish uchun indikatorlar va ma’lumotlar manbalarini shakllantirish belgilangan bo‘lib, taklifning joriy qilinishi natijasida hudud soliq potensialini shakllantirishda mahalliy byudjetga tushumlar potensialining o‘sishiga xizmat qiluvchi samarali soliq rejalashtirilishi modelini amaliyotga tatbiq etish imkonini bergan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi soliq potensiali barqarorligini ta’minlashda foyda solig‘i va aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha tushumlar potensialining 2023 yilgacha prognozi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 iyuldagi PQ-4389-sonli qaroriga kiritilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 22 fevraldagi ShE/01-09/597-son ma’lumotnomasi). Mazkur qarorga asosan, mamlakatimizda hududlarning soliq imkoniyatlarini baholashning va byudjet daromadlarini prognozlashtirishning zamonaviy usullarini amaliyotga joriy qilish belgilandi. Taklifning tatbiq etilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti daromadlarini prognozlashtirishda hudud soliq imkoniyatlarini baholash va oshirishda uslubiy yo‘nalish xizmatini bajargan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish