Xaitov Akbar Oktambaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Neonatal sepsisda yonbosh ichakning morfologik va morfometrik o‘zgarishi», 14.00.15 – Patologik anatomiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib667.
Ilmiy rahbar: Isroilov Rajabboy Isroilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Nishonov Doniyor Anarboevich, tibbiyot fanlari doktori, Masharipov Azamat Sobirovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy axamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi chaqaloqlar tug‘ilgandan keyin erta va keyin kechki (etti kun) neonatal sepsisning ichak shaklida yonbosh ichakning asosiy morfofunksional maydonlarida rivojlanadigan patomorfologik o‘zgarishlarni baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nazorat guruhi chaqaloqlar yonbosh ichagining o‘g‘il va qiz bolalardagi uzunligi, devorining o‘rtacha qalinligi, peyer pilakchalar va mikroskopik jihatdan limfoid follikulalar soni, undagi hujayraviy tarkibining bir-biriga nisbatan miqdoriy ko‘rsatkichi asoslangan;
neonatal sepsisning ichak shaklida yonbosh ichak shilliq pardasida rivojlanadigan patomorfologik o‘zgarishlarning makro- va mikroskopik o‘zgarishlari o‘tkir kataral-deskvomativ, o‘tkir gemorragik-deskvomativ, o‘tkir eroziv-nekrotik hamda o‘tkir nekrotik-yarali davri ketma-ketligi isbotlangan;
neonatal sepsisning ichak shaklida etti kungacha nobud chaqaloqlar yonbosh ichagi shilliq pardasida kuchli dissirkulyator o‘zgarishlar, qon quyilishlar va nekroz jarayonining ustun bo‘lishi yonbosh ichakda nekrotik-destruktiv enterit rivojlanganligi isbotlangan;
kechki neonatal davrda etti kundan 28-kungacha nobud bo‘lganlar chaqaloqlar yonbosh ichagida shilliq parda atrofiyasi, limfoid follikulalar sonining kamligi, yallig‘lanish jarayonining tarqoq holda bo‘lishi o‘tkir hamda surunkali nekrotik-yarali o‘choqlar mavjudligi yonbosh ichakda surunkali atrofik, nekrotik-yarali enterit rivojlanishining patologik o‘zgarishlari asoslangan;
neonatal sepsisdan erta va kechki davrlarda o‘lgan chaqaloqlar yonbosh ichagi shilliq pardasidagi limfoid folikulalar miqdori nazorat guruhiga nisbatan 7 va 11% gacha ko‘payganligi, ularning tarkibidagi hujayralardan stromasini tashkil qiladigan retikulyar hujayralar va makrofaglar miqdorining keskin oshganligi, limfotsitlaridan kichik shakldagilari keskin kamayib, yirik va o‘rta shakldagilari 2-3 barobarga ko‘payganligi sepsisda yonbosh ichakda immun tanqisligi rivojlanganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Neonatal sepsisda yonbosh ichakning morfologik va morfometrik o‘zgarishlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
neonatal sepsisda yonbosh ichakning struktur birligi o‘zgarishlari bo‘yicha «Neonatal sepsisda yonbosh ichakning morfologik va morfometrik o‘zgarishlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 25 iyundagi 8n-d/79-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma neonatal sepsisda yonbosh ichkaning morfologik va morfometrik o‘ziga xos xususiyatlari baholash, kasalliklarni o‘z vaqtida samarali tashxislash va davolash tartibini tizimli tashkillashtirish imkonini bergan.
neonatal sepsisda yonbosh ichakning morfologik va morfometrik o‘zgarishlarini baholani takomillashtirish asosida olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika patologik anatomiya markazi va Xorazm viloyati patologik anatomiya ekspertiza byurosi markazining tashxislash bo‘limi amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 7 avgustdagi 8n-z/100-son ma’lumotnomasi). Natijada sepsis jarayoni ta’sirida limfoid follikulalar ko‘payishdan to‘xtaganligi, undagi retikulyar va makrofag kabi stromal hujayralarning proliferativ faollashuvi, limfotsitlardan faollikka ega bo‘lgan katta va o‘rtacha kattalikdagi limfotsitlarning proliferatsiyalanib ko‘payishi, unga javoban kichik limfotsitlarning kamayishini asoslash tartibini joriy qilish imkonini bergan.