Egamberdiev Kuvonchbek Kosimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘t qopi rak oldi holatining morfogenezi va morfologik belgilari», 14.00.15 – Patologik anatomiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib668.
Ilmiy rahbar: Yuldashev Baxrom Sabirjanovich, tibbiyot fanlari nomzldi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Isroilov Rajabboy, tibbiyot fanlari doktori, professor; Davruxanov Aasatoy Mamteovich, tibbiyot fanlari doktori (Qozog‘iston).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy axamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi surunkali xolesistit har xil formalarini rak oldi jarayonida patomorfologik va immunogistokimyoviy o‘zgarishlari haqidagi ma’lumotlarni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘t pufagi devorida rivojlangan patomorfologik o‘zgarishlar asosida surunkali xolesistitning turli shakllarida ovqatlanish sifati, chekish darajasi hamda jinsiy farqlilik xususiyatlarga bog‘liqligining patomorfologik o‘zgarishlari asoslangan;
surunkali xolesistitning morfologik shakllarida interstisial proliferativ, interstisial fibromatozli va adenomatoz, polipozli turlari ustunlik qilishi asoslangan;
surunkali xolesistitda baholangan patomorfologik o‘zgarishlardan 5,5 foizida o‘sma oldi disregenerator jarayonlar ochib berilgan;
surunkali xolesistitning morfologik shakllarida disregenerator o‘sma oldi jarayonlarni immunogistokimyoviy markerlar Ki-67, Bcl-2, r53, CiclinD1 adenomatoz va polipozda 56,4%, miksamatozli turida 18,2%, fibromatozli turida 15,6% va proliferativ yallig‘lanishda 12,7% ekspressiyalanganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘t qopi raki oldi holatining morfogenezi va morfologik belgilarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘t qopi raki oldi holatining morfologik belgilarini baholash bo‘yicha «O‘t qopi rak oldi holatini morfogenezi va morfologiyasi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 9 oktyabrdagi 8n-r/391-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma o‘t qopi raki oldi holatining patomorfologik belgilarini erta tashxislash va samarali davolash tizimini tashkillashtirish imkonini bergan.
o‘t qopi raki oldi holatining morfogenezi va morfologik belgilarini morfologik tashxislashni takomillashtirish asosida olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Xorazm viloyati patologik anatomiya ekspertiza byurosi va Respublika patologik anatomiya markazi kattalar va biopsiya tashxislash bo‘limi amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 26 noyabrdagi 8n-d/204-son ma’lumotnomasi). Natijada surunkali xolesistitning morfologik shakllari baholashda hujayralar yadrosida joylashgan va uning proliferativ faolligini ko‘rsatadigan maxsus oqsil Ki-67, hujayraning apoptozlanishini bloklaydigan oqsil - gen Bcl-2, me’yoriy hujayraning o‘sma hujayrasiga aylanishini ko‘rsatadigan gen supressor r53 va hujayralar bo‘linishi siklida G1/S-fazasini keyingi fazaga o‘tishini ta’minlaydigan hujayra ichi oqsili-CiclinD1 kasallik turiga qarab har xil darajada ekspressiyalanganligi tartibini joriy qilish imkonini bergan.