Xidirova Gul`noza Ozodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Eksperimental gipoparatireozda naysimon suyaklar suyaklanishining morfofunksional tavsifi», 14.00.02 – «Morfologiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1133.
Ilmiy rahbar: Rasulov Xamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Mirsharapov O‘tkur Mirsharapovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘sh davlat universiteti (Qirg‘iziston Respublikasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: postnatal ontogenez davrlarida eksperimental gipoparatireoz ta’sirida naysimon suyaklar suyaklanish jarayonining morfologik xususiyatlarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor gipoparatireoz chaqirilgan kalamushlardan naysimon suyaklar anatomik tuzilmalarining postnatal shakllanishi xususiyatlari kompleks tarzda morfologik tahlil qilingan;
eksperimental gipoparatireozning o‘sayotgan organizmning naysimon suyaklar strukturalarining postnatal o‘sishi va suyaklanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan;
naysimon suyaklar hujayralarning differensiatsiyalanishi va funksional buzilishi bilan birga kechganligi, xondrotsitlar differensiatsiyalanishining sekinlashishi natijasida o‘sish sur’atining orqada qolishi ko‘rinishlarida namoyon bo‘lishi isbotlangan; 
gipoparatireoz chaqirilganda enxondral suyaklanish sur’ati sezilarli pasayishi, mukammal suyak arxitektonikasi, suyak ustunchalari va ularning hujayra koloniyalari parametrlarining kamayishi aniqlangan;
gipoparatireoz chaqirilgan kalamushlarda gipokal`siemiya holatini D-kal`sin preparati bilan korreksiyalash gipoparatireozning salbiy ta`sirini sezilarli pasayishi, naysimon suyaklarning postnatal rivojlanishi va suyaklanishi jarayonlarining mo‘tadillashishiga olib kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Gipoparatireoz ta’sirida naysimon suyaklarning suyaklanish mexanizmlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
eksperimental gipoparatireoz oqibatida naysimon suyaklarning morfologik o‘zgarishlari bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Gipoparatireozning endxondral suyaklanish jarayonlariga ta’sirini morfologik baholash uslubi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 6 maydagi 8n-r/384-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma gipoparatireoz holati aniqlanganda suyaklanish jarayoni jadalligini pasayishini aniqlash va boshqa morfologik o‘zgarishlar bilan differensiallash, eksperimental gipoparatireoz ta’sirida suyaklanish jarayoni naysimon suyaklarning epifiz, metafiz va diafizida morfologik o‘zgarishlar kelib chiqishi hamda bu o‘zgarishlarning suyak deformatsiyasiga olib kelishini fundamental asoslash imkonini bergan;
eksperimental gipoparatireozda naysimon suyaklar suyaklanishining morfofunksional tavsifi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Akademik Yo.X.Turakulov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali, Andijon viloyati nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 19 maydagi 8n-d/162-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘sayotgan organizmda THT a’zolarining patomorfologik o‘zgarishlarini korreksiyalashda, ulardagi postnatal o‘sish va shakllanish jarayonlarini boshqarishda, morfofunksional buzilishlarning oldini olishda, shuningdek, gipoparatireoz ta’sirida tizimning nuqsonli rivojlanishi hamda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan deformatsiyalar prognozi va profilaktikasida, tashxislash va davolashning samarali usullarini ishlab chiqish hamda asoratlarni kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish