Muminov Islombek Arraboevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Murakkab zonali kristallarda zonalararo ko‘p fotonli yorug‘lik yutilishining spektral tadqiqi”, 01.04.07–Kondensirlangan holat fizikasi (fizika-matematika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/FM609.
Ilmiy rahbar: Rasulov Rustam Yavkachovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona politexnika instituti, PhD.03/27.02.2020.FM.106.01.
Rasmiy opponentlar: Ayuxanov Rashid Axmedovich, fizika-matematika fanlari doktori; Sultonov Nomonjon Akramovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi murakkab zonali kristallarda ikki va uch zonali Keyn modeliga ko‘ra qutblangan yorug‘likning zonalararo ko‘p fotonli yutilishi hamda uning chiziqli-sirkulyar dixroizmining mexanizmlarini tadqiq qilishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk marta kub simmetriyali kristallarda bir vaqtning o‘zida ikki foton¬li yutilishni e’tiborga olgan holda zonalararo optik o‘tishlardagi uch foton¬li yutilishning chiziqli-sirkulyar dixroiz¬mi nazariyasi rivojlantirilgan;
ilk marta uch zonali Keyn yaqinlashishida tashuvchilar to‘lqin vektorlarining ixtiyoriy qiymatlar sohasida parsial uch fotonli yutilish koeffisientlarining spektral bog‘lanishlari hisoblangan hamda InSb va GaAs kristallar uchun miqdoriy solishtirilgan; 
boshlang‘ich va virtual holatlarning qaysi zonada joylashishdan qat’i nazar chastotaning ortishi bilan InSb va GaAs kristallarda uch fotonli yutilish koeffisientining miqdoran orta borib maksimumga erishishi, so‘ngra kamayishi aniqlangan va miqdoran solishtirilgan;
ilk marta ko‘p zonali Keyn modeliga ko‘ra InSb va GaAs yarim o‘tkazgichlarda zonalararo uch fotonli chiziqli-sirkulyar dixroizm spektral bog‘lanishidagi chastotaning ma’lum bir sohasida keskin ortishi va energiyaviy spektrda noparabolik hadlarni e’tiborga olish bilan uning yo‘qolishi topilgan; 
zonalararo uch fotonli chiziqli-sirkulyar dixroizm va yutilish koeffisientining spektral bog‘lanishiga tegishli nazariy hisoblashlar ZnS va InSb kristallarida olingan eksperimental natijalarni 10% dan kichik xatolik bilan tushuntirgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Zonaviy tuzilishi ko‘p zonali Keyn modeliga ko‘ra tavsiflanuvchi kristallarda zonalararo uch fotonli o‘tishlar bilan bog‘langan optik hodisalarni tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
murakkab zonali kristallarda qutblangan yorug‘lik zonalararo uch fotonli yutilish koeffisientining ko‘p zonali Keyn modeliga ko‘ra hisoblangan spektral bog‘lanishlari Namangan muhandislik-qurilish institutining «Fizika» kafedrasida 2012-2016 yillarga mo‘ljallangan F2-21 «Yarimo‘tkazgich – dielektrik chegarasidagi sirt holatlar zichligini aniqlashni matematik modellashtirish» mavzusidagi fundamental loyihasida yarimo‘tkazgichli qurilmalarda sodir bo‘ladigan sirt holatlarga bog‘liq optik hodisalar sohasida olib boriladigan tadqiqot natijalaridagi tor zonali kristallar tok tashuvchilarining fotonlarda sochilishiga ko‘ra sodir bo‘ladigan ko‘p fotonli optik effekt bo‘yicha yorug‘likning uch fotonli yutilish koeffisienti hamda chiziqli-sirkulyar dixrozmining spektral bog‘lanishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalaridan foydalanilgan (Namangan muhandislik-qurilish institutining 2021 yil 23-iyun` 06/10-09/651-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy tadqiqot natijalaridan foydalanish murakkab zonali kristallar asosida tayyorlangan optik qabul qilgichlarning ishchi chastotalar sohasini yanada kengaytirish imkoniyatini yaratgan;
murakkab zonali kristallarda qutblangan yorug‘likning ko‘p fotonli va intensivligiga nisbatan nochiziqli yutilishining nazariy hisoblashlari Namangan davlat universiteti «Fizika» kafedrasida 2012-2016 yillarga mo‘ljallangan F2-OT-O-15494 «Kvant nuqtali getero- va nanotuzilmalardagi eksitonlarni, polyaronlarni, bipolyaronlarni va ko‘chish xodisalarini tadqiq etish asosida nurlagichlar, fotoelementlar va boshka turdagi optoelektron asboblarning samaradorligini yaxshilash» mavzusidagi fundamental loyihada getero- va nanotuzilmalardagi eksitonlar, polyaronlar, bipolyaronlar va ularga bog‘liq kinetik hodisalarni tadqiq etishda foydalanilgan (Namangan davlat universitetining 2021 yil 23-iyun` 277-04-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalaridan foydalanish past inersiyali optik qurilmalarni modellash¬tirish sohasida olib boriladigan ilmiy tadqiqotlar, shuningdek ularning ishchi spektral sohalarini yanada kengaytirish imkoniyatini bergan;
murakkab zonali kristallarda uch fotonli chiziqli-sirkulyar dixrozm va yutilish koeffisientining spektral tadqiqot natijalari 2016-2018 yillarga mo‘ljallangan AYP (F)-20/518-raqamli «The Mid Infrared LET and Photodiode pair for Gas Sensors» loyihasida yarimo‘tkazgichli fotodiodlarning past inersiyali xossalarini tadqiq qilishda foydalanilgan (Uludag‘ universiteti (Turkiya) 2021/20/518-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish yarimo‘tkazgichli fotoo‘zgartirgichlarning ishlash tezligini orttirishga imkon bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish