Djiyanov Ma’oruf Rashidovichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Paxta-to‘qimachilik klasterlari uchun qishloq xo‘jaligi texnikalari va texnik xizmat ko‘rsatish punktlari tarkiblarini asoslash”, 05.07.02–“Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarini ishlatish, tiklash va ta’mirlash” (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T.1670.  
Ilmiy rahbar: Toshboltaev Maxamad Tojalievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/13.05.2020.T.112.01.
Rasmiy opponentlar: Nuriev Karim Katibovich, texnika fanlari doktori, professor; Xoliqova Nargiza Abduvalievna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: model paxta-to‘qimachilik klasterida paxta etishtirish uchun talab etiladigan texnika vositalarining ratsional tarkibi va sonlarini asoslash, yil davomida ularning sozligini ta’minlaydigan TXK punktlarini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
1000 gektar paxta maydoni uchun talab etiladigan texnikalar tarkiblari va miqdorlarini agrotexnik mavsumlar davomiyligi va mashinalarning o‘rtacha ish unumi kabi mezonlarga tayangan holda aniqlashning nisbatan sodda, lekin aniq usuli ishlab chiqilgan; 
qo‘p qatorli (keng qamrovli) yangi mashinalar sonlarini bazaviy (ishlatib kelinayotgan) mashinalar soniga keltirish maqsadida soha fani va amaliyotiga ilk bor mavsumiy ish hajmi va qator soni (qamrov kengligi) bo‘yicha keltirish koeffisientlari degan tushunchalar kiritilgan, ularni hisoblash va qo‘llash formulalari taklif qilingan; 
paxta-to‘qimachilik klasterlari uchun MTP tarkibini paxta etishtirish xarajatlari minimumi asosida aniqlashning iqtisodiy-matematik usuli va optimallash algoritmlari ishlab chiqilgan; 
PTK bosh modeli yaratilgan. Bosh modelning ratsional paxta maydoni sifatida o‘rtaarifmetik qiymat o‘rniga matematik kutilishning yuqorigi chegarasini qabul qilish tavsiya etilgan;
bosh modelning texnikalar va mexanizatorlarga bo‘lgan talabini yil davomida foydalaniladigan traktorlar sonlari asosida hisoblash usuli ishlab chiqilgan;
bosh model klaster balansida turishi lozim bo‘lgan universal-chopiq (transport) traktorlari va paxta terish mashinalari sonlaridan kelib chiqib, ularga TX ko‘rsatuvchi punktlarning namunaviy loyihalari tanlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Respublika hududlari bo‘yicha paxta-to‘qimachilik klasterlari paxta maydonlarining ratsional statistik parametrlari, o‘rtacha 1000 gektar paxta maydoni uchun talab etiladigan texnika vositalari sonlarini aniqlashning me’yoriy koeffisientlari, ratsional (13732 gektar) paxta maydoniga ega bo‘lgan paxta-to‘qimachilik klasteri uchun talab etiladigan texnika vositalari va ta’mirlash – xizmat ko‘rsatish bazalarining tarkiblariga doir ilmiy natijalar “O‘zagroservis” AJ texnik servis amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 4 iyundagi ma’lumotnomasi). Natijada buzilishlarni oldini olish hisobiga haydov agregatining bir kunlik samarasi 1880631 so‘mni, paxta terish mashinasining bir kunlik samarasi 18400000 so‘mni tashkil qilgan;
“TST Agroklaster” MChJ paxta-to‘qimachilik klasterining 12000 gektar paxta maydoni uchun talab etiladigan texnika vositalarining tarkiblari va sonlari, PTKning mashinalar va mexanizatorlarga bo‘lgan talabini yil davomida foydalaniladigan traktorlar sonlari asosida hisoblash metodikasi, paxta terish mashinalariga smenaviy va 75 motosoatdan keyin texnik xizmat ko‘rsatish qoidalariga doir tavsiyalar “TST Agroklaster” MChJ amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 4 iyundagi ma’lumotnomasi). Natijada mashina-traktor agregatlarining kundalik ish unumi 19,5 foizga, yillik ish unumi 18,1 foizga ortadi, texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlari 65 foizga kamayadi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish