Umerov Fikret Shevket ogluning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Mexatron boshqaruv tizimli avtomobillarni dvigatellarini ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini asoslash», 05.08.06 – G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T2004.    
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.18/30.12.2019.T.09.01 raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar: Inoyatxodjaev Jamshid Shuxratullaevich, texnika fanlari doktori.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Muxitdinov Akmal Anvarovich (Toshkent davlat transport universiteti); texnika fanlari nomzodi, dotsent Kalauov Saydulla Aymaxanovich (O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi). 
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ma’lum ekspluatatsiya sharoitlari uchun mexatron boshqaruv tizimiga ega bo‘lgan kichik sinifdagi avtomobillarning dvigatellarini ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini asoslash.   
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
katalizatorni almashtirishda, aralashmaning tarkibiga bog‘liqligini hisobga olgan holda, kislorod datchigi mexatron adapteri bilan avtomobil dvigatelini boshqarishning matematik modeli ishlab chiqilgan;
Evro 3, 4 va 5 standartli katalizatorlarni qo‘llagan holda dvigatellarni optimal ishlash rejimlarni tanlash uchun kislorod datchigi mexatron adapteridan foydalanib, dvigatelni mexatron boshqarish tizimining analitik algoritmi yaratilgan;
dvigatel boshqaruv organlariga ma’lumotlarni uzatish, moslashtirish va kalibrovka qilish uchun kislorod datchigi mexatron adapteri taklif qilingan va uning samaradorligi amaliy tadqikotlar natijalari bilan asoslangan;
kislorod datchigi mexatron adapteridan foydalanganda mexatron boshqaruv tizimiga ega avtomobil dvigatellarining yonilg‘i-iqtisodiy va ekologik ko‘rsatkichlari analitik natijalari va amaliy tadqikotlar natijalari asosida takomillashtirilgan;
avtomobil dvigatelini mexatron boshqarish tizigmining kislorod datchigi mexatron adapteri xususiyatlarini tanlash amaliy usuli ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Mexatron boshqaruv tizimli avtomobillarni dvigatellarini ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini asoslashda olingan ilmiy natijalar asosida:
“UzAuto Motors” AJ engil avtomobil ishlab chiqaruvchilari uchun ma’lum bir platformadagi avtomobillarda har xil katalizatorlardan foydalangan holda avtomobil dvigatelining mexatron boshqaruv tizimini moslashtirish texologiyasi yaratildi (“O‘zavtosanoat” AJ 2021 yil 26 maydagi №07/06-25-870-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida avtomobil` dvigatelini mexatron boshqaruv tizimiga, har xil katalizatorlardan foydalangan holda kislorod datchigi mexatron adapteri integratsiya qilindi, avtomobil` mexatron qurilmalari ishonchliligi oshirildi va EBB ga ulash signallarini yo‘qotilishlari kamaytirildi;
“UzAuto Motors” AJ da dvigatellarni ishlab chiqarish, moslashuvchan qayta jihozlash va katalitik konvertorlarni joriy etish uchun kislorod datchigi mexatron adapteri asoslandi (“O‘zavtosanoat” AJ 2021 yil 26 maydagi №07/06-25-870-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida iqtisodiy va energiya resurs tejamkorligi oshirildi, ekologik talablarga muvofiqligini ta’minladi hamda tadqiqotni ishlab chiqarishga tatbiq etish natijasida to‘g‘ridan to‘g‘ri avtomobil` ishlab chiqarilishini oshirish imkoni yaratilgan;
“UzAuto Motors” AJ da avtomobilninig mexatron elementlarini boshqarish tizimi takomillashtirildi, bu yonilg‘i sarifini 8% ga oshirish va Evro 3, Evro 4 va Evro 5 tizimli dvigatellarning ekologik ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkonini berdi va joriy qilindi (“O‘zavtosanoat” AJ 2021 yil 26 maydagi №07/06-25-870-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari T250 R3 Nexia avtomobillarida ishlatildi, qo‘llanilgan katalizator turiga va Evro standartiga qarab, bitta avtomobildan 227,15 $ dollargacha sezilarli iqtisodiy samaradorlik berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish