Sharipov Sa’dillo Olimjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Stoxastik rekurrent jarayonlarning asimptotik tahlili», 01.01.05 – Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/FM313
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zRFA Matematika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Matematika instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.FM.86.01 raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy rahbarlar: Xusanbaev Yakubdjan Muxammadjanovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Formanov Shokir Qosimovich, fizika-matematika fanlari doktori, akademik; Xodjibaev Vali Raximdjanovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi immigratsiya oqimi bog‘liq tasodifiy miqdorlardan tashkil topgan immigratsiyali tarmoqlanuvchi jarayonlarning limit taqsimotlarini tavsiflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Immigratsiya oqimi o‘suvchi va bog‘liqlik shartida kritik tarmoqlanuvchi jarayonlar fluktuatsiyasi uchun funksional limit teoremalar isbotlangan;
Immigratsiya okimi keng ma`nodagi statsionar jarayonlardan tashkil topgan deyarli kritik tarmoklanuvchi jarayonlarning o‘sish tezligi va asmiptotikasi topilgan;
Deyarli kritik immigratsiyali tarmoqlanuvchi jarayonlar fluktuatsiyasi uchun markaziy limit teoremada yaqinlashish tezligining bahosi olingan;
Immigratsiya oqimi o‘suvchi va bog‘liqlik shartlarida dokrititik xamda nadkritik tarmoqlanuvchi jarayonlar fluktuatsiyasining asimptotik normalligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Immigratsiya oqimi bog‘lik tasodifiy miqdorlardan tashkil topgan tarmoqlanuvchi jarayonlar uchun limit teoremalar bo‘yicha olingan natijalar asosida:
immigratsiyali tarmoqlanuvchi jarayonlar uchun olingan funksional limit teoremalari natijalaridan FA-Atex-2018-4 raqamli «Yangi dori vositalarini ishlab chikishda molekulyar optimallashtirishning virtual usullarini ishlab chiqish: mashinani o‘rganishni chuqurlashtirish va biologik jarayonlarning prognozlash modellarini tushunish» mavzusidagi amaliy loyihada biologik va kimyoviy jarayonlarni prognozlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 26 martdagi № 2/1255-902-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi molekulyar ginetikada yuzaga keladigan vaziyatlarni modellashtirish imkonini bergan;
immigratsiya oqimi bog‘lik tasodifiy miqdorlardan tashkil topgan tarmoqlanuvchi jarayonlarning xarakteristik funksiyasi uchun asimptotik yoyilmadan OT-F-4-03 raqamli «Uzluksiz hamda diskret vaqtli aniq dinamik sistemalar, qismiy integral operatorlar spektrlari» mavzusidagi fundamental ilmiy loyihada tarmoqlanuvchi jarayon taqsimotining asimptotik xossalarini tafsiflashda foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2021 yil 23 avgustdagi № 04/2809-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi diskret vaqtli dinamik sistemalarning limit taqsimotini tavsiflash imkonini bergan.