Uzakov Zafar Zairovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Og‘ir metallarning sug‘oriladigan tuproqlarda, sabzavot-poliz ekinlarida to‘planishi va ularning ekologik holati», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/V495.
Ilmiy rahbarlar: Karimov Xusniddin Nagimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.06.2020.V.70.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mambetullaeva Svetlana Mirzamuratovna, biologiya fanlari doktori, professor; Abdraxmanov Toxtasin, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tuproq tarkibida mavjud toksik elementlarni aniqlash orqali ularni ekologik holatini baholash, tuproq tarkibida og‘ir metallar, qoldiq pestisidlar va sho‘rlanish holatidan kelib chiqib hududning ekologik xaritalarini tuzish hamda sabzavot-poliz ekinlarida og‘ir metallarning to‘planishi bo‘yicha o‘simliklarni joylashtirishga qaratilgan ekologik qatorini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sanoati rivojlangan hudud tuproqlari tarkibidagi harakatchan shakldagi va toksik ta’sir qiluvchi kimyoviy moddalar miqdorining vegetatsiya davrida o‘zgarish qobiliyati aniqlangan va biologik aylanish tizimiga o‘tishini hisobga olgan holda, og‘ir metallarning harakatchan shaklini tuproq-o‘simlik tizimida to‘planishi baholangan;
og‘ir metallarning xavflilik darajasi bo‘yicha o‘ta xavfli, ya’ni 1-sinfga kiruvchi Se, As, Pb, Cd, Zn, 2-sinfga mansub Ni, Cu, Cr elementlarining harakatchan shakllari ruxsat etilgan miqdorlardan bir necha barobar yuqori ekanligi aniqlangan;
sabzavot va poliz ekinlari tarkibida og‘ir metallarning akkumulyasiyasi ruxsat etilgan me’yorlardan ortganligi ochib berilgan;
hudud tuproqlarining sho‘rlanish darajasi baholangan hamda tuproq sho‘rlanish ekologik xaritalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Og‘ir metallarning sug‘oriladigan tuproqlarda, sabzavot-poliz ekinlarida to‘planishi va ularning ekologik holati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sug‘oriladigan tuproqlarda og‘ir metallarning xavflilik darajasi bo‘yicha o‘ta xavfli, ya’ni 1-sinfga kiruvchi Se, As, Pb, Cd, Zn, 2-sinfga mansub Ni, Cu, Cr, 3-sinfga kiruvchi Mn elementlarining to‘planishi bo‘yicha tuproqning ekologik 3D xaritasi Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani, Bo‘ston massivining Burxon hamda G‘uzor oq tulpori fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2021 yil 15 iyuldagi 04-02/8-2275-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu xaritada keltirilgan ma’lumotlar fermer xo‘jaliklarida mavjud erlarning meliorativ holatini yaxshilash, tuproq unumdorligini saqlash, qayta tiklash imkonini bergan;
qishloq xo‘jaligida ekin er maydonlarini toksik elementlar bilan ifloslanishini hisobga olgan holda sabzavot-poliz ekinlarini joylashtirish bo‘yicha tavsiyanoma Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2021 yil 15 iyuldagi 04-02/8-2275-son ma’lumotnomasi). Natijada, etishtirilayotgan qishloq xo‘jalik ekinlaridan ekologik sof-toza mahsulot olish bo‘yicha chora-tadbirlarni olib borish imkonini bergan;
sug‘oriladigan tuproq sho‘rlanishining ekologik xaritasi «Burxon» fermer xo‘jaligining 47,4 gektar, «G‘uzor oqtulpori» fermer xo‘jaligining 180 gektar maydoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2021 yil 15 iyuldagi 04-02/8-2275-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu xaritada keltirilgan ma’lumotlar fermer xo‘jaliklarida mavjud erlarning unumdorligini oshirish hamda ekologik jihatidan samarali bo‘lgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bergan;
tuproqning ekologik holatiga ko‘ra (Solanum lycopersicum) pomidor → (Cucurbita) qovoq → (Brassica rapa L) sholg‘om → (Cápsicum ánnuum) bulg‘or qalampiri → (Cucumis melo) qovun → (Citrullus lanatus) tarvuz, (Dáucus caróta) – sabzi o‘simlik turlarining tuproq tarkibida mavjud og‘ir metallarni akkumulyasiyasiga doir xulosalar Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2021 yil 15 iyuldagi 04-02/8-2275-son ma’lumotnomasi). Natijada, sabzavot-poliz ekinlari tarkibida og‘ir metallarning ruxsat etilgan me’yorlardan ortishini oldini olish, tuproqning ifloslanish holatidan kelib chikib, toksikantlarni kam o‘zlashtiruvchi ekinlarni tanlab ekishni yo‘lga qo‘yish imkonini bergan.