Abduraximova Dilora Karimovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston uchun yangi hisoblangan bank mahsulotlarini joriy qilish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt1292.
Ilmiy rahbar: Shoha’zamiy Shohmansur Shohnazir o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Raya Xojabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Raxmatov Xasan O‘tkirovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahri filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston uchun yangi hisoblangan bank mahsulotlarini joriy qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ana’naviy banklarni “moliyaviy instrument-xizmat-platforma” uchligining gorizontal va vertikal bog‘liqligini ta’minlash orqali smart raqamli bank fazasiga transformatsiyalash asosida innovatsion moliyaviy xizmatlar bozorini rivojlantirish asoslangan;
ilk bora mamlakatimiz tijorat banklari amaliyotida moliyaviy bozor professional institutlarini ularning o‘zaro integrallashtirilgan biznes-platformalari orqali yagona smart raqamli makroregulyator vositasida tartibga solinishi taklif etilgan;
raqamli bank mahsulotlaridan foydalanish va aholi jon boshiga YaIM o‘rtasida 0,6-0,9 gacha kuchli bog‘liqlik mavjudligi, ular ta’sirida banklar rentabelligining yillik o‘rtacha 4-7 foizgacha o‘sishi, operatsion xarajatlarning yillik o‘rtacha 10 foizgacha kamayishi, risklarning (NPL bo‘yicha) yillik o‘rtacha 2 foizgacha pasayishiga olib kelishi asoslangan;
2030 yilgacha milliy bank tizimini yaxlit smart raqamli moliyaviy ekotizim modeliga o‘tishni ta’minlash imkonini beruvchi uch bosqichli gibridli, raqamli va yagona makroregulyator orqali nazorat qilinuvchi moliyaviy ekotizim yaratish fazalari orqali innovatsion rivojlantirish taklif qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Innovatsion bank mahsulotlari, ularning tahlili, va tasnifini uslubiy jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
takomillashgan talqini berilgan tushunchalar hamda ularning yangicha to‘ldirilgan tasnifi va tavsifi berilganligiga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, «O‘zsanoatqurilishbank» ATB va «Qishloq qurilish bank»ATB smart raqamli bank fazasiga transformatsiyalanishi bo‘yicha tadqiqotlarda qo‘llanilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2021 yil 24 iyundagi 17-22/409-son,  «O‘zsanoatqurilishbank» ATBning 2021 yil 24 iyundagi 26-06/3777-son hamda «Qishloq qurilish bank»ATBning 2021 yil 25 iyundagi 03/10-45-4731-son ma’lumotnomalari)  Taklifni qo‘llash natijasida raqamlashtirish va smart raqamli moliyaviy texnologiyalar joriy qilish bilan bog‘liq terminologik bazis va analitik xulosalar aniqlik darajasini kamida 25 (yigirma besh) foizga oshirishga erishilgan;
neobank operatsiyalari bajarilishining yaxlit biznes-platformalarini davlatning smart raqamli makroregulyator tomonidan muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishiga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, «O‘zsanoatqurilishbank» ATB va «Qishloq qurilish bank» ATB faoliyatlarida smart raqamli makroregulyator tomonidan tartibga solinuvchi smart raqamli moliyaviy texnologiyalar bozorining modeli rivojlantirilishi uchun nazariy-metodologik bazis bo‘lib xizmat qilgan   (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2021 yil 24 iyundagi 17-22/409-son,  «O‘zsanoatqurilishbank» ATBning 2021 yil 24 iyundagi 26-06/3777-son hamda «Qishloq qurilish bank»ATBning 2021 yil 25 iyundagi 03/10-45-4731-son ma’lumotnomalari). Buning natijasida tijorat banklari smart raqamli moliyaviy instrumentlar bozori va smart raqamli moliyaviy xizmatlar bozori tizimida o‘zaro balanslashtirilgan faoliyati tezkorligi va raqobatdoshligini kamida 30 (o‘ttiz) foizga oshirgan; 
innovatsion bank mahsulotlari joriy qilinishi tendensiyalari tahlili asosida ularning rivojlanish qonuniyatlari va muammolari aniqlanganligiga oid taklifidagi modellar va metodika asosida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, «O‘zsanoatqurilishbank» ATB va «Qishloq qurilish bank» ATB raqamli transformatsiyalanishi, ichki va tashqi smart raqamli moliyaviy texnolgiyalar joriy qilinishi samaradorligi oshirishga imkon bergan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2021 yil 24 iyundagi 17-22/409-son,  «O‘zsanoatqurilishbank» ATBning 2021 yil 24 iyundagi 26-06/3777-son hamda «Qishloq qurilish bank»ATBning 2021 yil 25 iyundagi 03/10-45-4731-son ma’lumotnomalari). Bunda tijorat banklarining innovatsion bank mahsulotlari bozoridagi rivojlanish tenedensiyalarini tizimli tadqiq etish va prognozlash hamda yangi smart raqamli moliyaviy texnolgiyalar tanlab olish bo‘yicha analitik faoliyati natijadorlik va tezkorlik darajasi kamida 2 (ikki) barobarga oshirilgan; 
bank tizimini uchta bosqichda innovatsion rivojlantirishga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, «O‘zsanoatqurilishbank» ATB va «Qishloq qurilish bank» ATB raqamli transformatsiya strategiyalarini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2021 yil 24 iyundagi 17-22/409-son, «O‘zsanoatqurilishbank» ATBning 2021 yil 24 iyundagi 26-06/3777-son hamda «Qishloq qurilish bank»ATBning 2021 yil 25 iyundagi 03/10-45-4731-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklif banklar smart raqamli moliyaviy texnologiyalari va raqamli bank platformalarini joriy qilish strategiyasini ishlab chiqish muddatlarini kamida 2 (ikki) barobarga kamaytirgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish