Yangiboeva Dilnoza O‘ktamovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sharifjon Sadri Ziyoning Buxoro ilmiy, madaniy muhitida tutgan o‘rni va ijtimoiy faoliyati (1865-1932 yy.)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tar.555.
Ilmiy rahbar: Qobulov Eshbolta Atamuratovich, tarix fanlari doktori. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02. 
Rasmiy opponentlar: Xoliqova Rahbar Ergashevna, tarix fanlari doktori, professor; Pardaev Toshkentboy Rajabovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat  universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sharifjon Sadri Ziyoning Buxoro ilmiy, madaniy muhitida tutgan o‘rni va ijtimoiy faoliyatini izchil, tizimli asosda yaxlit holda ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
XIX asrning oxiri – XX asr boshlarida Buxoro amirligidagi ilmiy va adabiy muhit ijtimoiy-siyosiy va madaniy munosabatlarning ziddiyatli  va to‘qnashuvli rivojlanish jarayonlari (bir tomondan konservatizm, ikkinchi tomondan taraqqiyparvarlar qarama-qarshiligi) ta’sirida kechganligi asoslangan;
Sadr Ziyoning siyosiy faoliyati Buxoro amirligida despotik boshqaruv va demokratik islohotlar qarama-qarshiligi davrida shakllanib, u aynan jadidchilik harakatida bevosita ishtirok etmagan bo‘lsa-da, jamiyatda rivojlanishning demokratik tamoyillarini qaror toptirish tarafdori bo‘lganligi isbotlangan;
Ahmad Donish boshlab bergan taraqqiylik va ma’rifatparvarlik harakatini XX asrda ham ko‘plab izdoshlari, jumladan, Sharifjon Sadri Ziyo davom ettirib,  ushbu ma’rifatparvarlik davralari Buxorodagi ilmiy va adabiy muhit shakllanishida muhim o‘rin egallagan holda hududda rahbarlar, homiylar, rasmiy amir hukumatiga muxolif bo‘lgan ziyolilarning etishib chiqishiga imkon berganligi dalillangan;
Sadri Ziyoning kolleksionerlik va mesenatlik faoliyati, boy kutubxonasi fondi hamda uning demokratik va ma’rifatparvarlik g‘oyalari  o‘z davrining siyosiy, ilmiy-ma’rifiy muhitini yanada rivojlantirishga zamin yaratganligi  asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XX asr boshlarida Buxoro ilmiy va madaniy muhitida Sadri Ziyoning tutgan o‘rni yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Sadri Ziyoning ma’rifatparvarlik va ijtimoiy faoliyati Sadri Ziyoning kolleksionerlik va mesenatlik faoliyati, boy kutubxonasi fondi, uning demokratik va ma’rifatparvarlik g‘oyalari hamda XX asr oxiri – XX asrning boshlarida Buxoro ilmiy va madaniy muhitiga oid yangi faktlarga asoslangan ilmiy va amaliy tavsiyalardan Turizmni rivojlantirish Davlat Qo‘mitasining Buxoro viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan Buxoroning XX asr oxiri – XX asr boshlariga oid tarixini yorituvchi turistik ob’ektlar bo‘yicha ekspozisiyalarini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat Qo‘mitasining 2021 yil 6 yanvardagi 02-16/78-son ma’lumotnomasi). Natijada Buxoro viloyatining tarixini xorijlik sayyohlar orasida keng targ‘ib qilish va ommalashtirish, ma’rifatparvar arboblarlarning islohotlarni amalga oshirishdagi faoliyatini yangi ma’lumotlar bilan ochib berish imkonini bergan;
XIX asrning oxiri – XX asr boshlarida Buxoro amirligidagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy munosabatlar, rivojlanish jarayonlari, Buxoro ilmiy adabiy muhitiga doir ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston tarixi” telekanalidagi “Ko‘hna kentlar” ko‘rsatuvining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2020 yil 17 noyabrdagi 01-40-1132-son ma’lumotnomasi). Natijada tomoshabinlarga XIX asrning oxiri – XX asr boshlarida Buxoro amirligidagi ilmiy va adabiy muhit ijtimoiy-siyosiy va madaniy munosabatlarning ziddiyatli  va to‘qnashuvli rivojlanish jarayonlari targ‘ib qilish imonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish