Xo‘jamuratov Umarjon Rustamovichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “O‘zbekistonda agrar sohadagi transformatsiya jarayonlari (1985-2016 yy.)” mavzusidagi 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tar37.
Ilmiy rahbar: Rajabov Qahramon Kenjaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.20.05.
Rasmiy opponentlar: Saribaev Maman Ktaybekovich, tarix fanlari doktori, dotsent; Raxmatullaev Shavkatjon Muxammadalievich, tarix fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda XX asrning oxiri va XXI asr boshlaridagi agrar sohadagi o‘zgarishlar, yangicha mulk shakllarining vujudga kelish jarayonlari tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
agrar sohadagi islohotlar va u bilan bog‘liq ziddiyatli omillar uchta tarixiy bosqichda rivojlanib, dastlabki bosqich(1985-1997 yillar)da qishloq xo‘jaligida mulkchilikning turli shakllari vujudga kelganligi, ikkinchi bosqich(1998-2007 yillar)da dastlab zarar ko‘rib ishlayotgan, keyinchalik barcha shirkat xo‘jaliklarining ekin erlari fermer xo‘jaliklariga aylantirilganligi, uchinchi bosqich (2008-2016 yillar) qishloq xo‘jaligida amalda to‘liq joriy etilgan fermer xo‘jaliklarini maqbullashtirish jarayonlari bilan bog‘liqligi dalillangan;
qishloq xo‘jaligida asrlar davomida mavjud bo‘lgan xususiy er egaligining sobiq sovet hokimiyati yillarida tugatilishi, sinfiylik nuqtai-nazaridan o‘ziga to‘q dehqonlar huquqlarining cheklanishi hamda omilkor dehqonlarga nisbatan bosimning kuchayishi kabi tazyiqlar qishloqda yashovchi aholining turmush darajasini pasayishiga olib kelganligi dalillangan;
XX asr oxiri va XXI asr boshlarida jamoa va shirkat xo‘jaliklarining rentabelligini oshirishga qaratilgan asosiy fondlardan, aylanma mablag‘lar va bank kreditlaridan samarali foydalanish, qo‘shimcha quvvatlar va rezervlarni aniqlash hamda boshqaruv strukturasini takomillashtirishga asoslangan sanatsiya chora-tadbirlarining to‘liq o‘zini oqlamaganligi natijasida qishloq xo‘jaligida fermerlik harakatining keng yoyilganligi isbotlangan;
agrar sohada sog‘lom va diversifikatsiyalashgan ishlab chiqarish tuzilmalarini barpo qilish, ixtisoslashish, bozor kon`yukturasiga moslashtirish kabi transformatsiya jarayonlarining amalga oshirilishi qishloqdagi kolxozchilar va sovxoz ishchilari kabi sinflar o‘rnida pudratchi, ijarachi, aksiyador, dehqon, fermer, tomorqachi, tadbirkor singari turli ijtimoiy qatlamlar va mulk egalarining paydo bo‘lishiga olib kelganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzuga doir olib borilgan tadqiqotlar yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
agrar sohadagi islohotlar va u bilan bog‘liq ziddiyatli omillar uchta tarixiy bosqichga bo‘linib, dastlabki bosqich 1985-1997 yillarni o‘z ichiga olib, unda qishloq xo‘jaligida mulkchilikning turli shakllari vujudga kelishi, ikkinchi bosqich – 1998-2007 yillarda dastlab zarar ko‘rib ishlayotgan, keyinchalik barcha shirkat xo‘jaliklarining ekin erlari fermer xo‘jaliklariga aylantirilganligi, uchinchi bosqich 2008-2016 yillarni qamrab olgani holda, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida amalda to‘liq joriy etilgan fermer xo‘jaliklarini maqbullashtirish jarayonlari bilan bog‘liqligi aniqlangan natijalardan O‘zbekiston Respublikasi fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari Kengashi tomonidan o‘tkazilgan “Barchasi yosh fermerlar istiqboli uchun” nomli mahorat darslarida, “Fermer-fermerga” o‘quv seminarlarida, “Har bir yoshga bir gektar” va “Bir fermerga bitta yosh” loyihalarida keng foydalanilgan (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari Kengashining 2021 yil 6 avgustdagi 01-03-2109-son ma’lumotnomasi). Natijada fermerlar, dehqonlar va tomorqa er egalarining mulkka daxldorlik tuyg‘ularini kuchaytirishga xizmat qilgan;
qishloq xo‘jaligida asrlar davomida mavjud bo‘lgan hususiy er egaligining sovet hokimiyati yillarida tugatilishi, sinfiylik nuqtai-nazaridan o‘ziga to‘q dehqonlar huquqlarining cheklanishi hamda omilkor dehqonlarga nisbatan bosimning kuchayishi kabi tazyiqlar qishloqda yashovchi aholining turmush darajasini pasayishiga olib kelganligiga oid natijalar ikki jildlik “O‘zbekiston tarixi (1917-1991 yy.)” nomli kollektiv monografiyada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 28 maydagi 3/1255-14-39-son ma’lumotnomasi). Natijada agrar sohaga oid islohotlarning tarixi, maqsadi va mohiyati hamda uning ahamiyatini o‘rganish uchun keng imkoniyat yaratgan;
agrar sohada sog‘lom va diversifikatsiyalashgan ishlab chiqarish tuzilmalarini barpo qilish, ixtisoslashish, bozor kon`yukturasiga moslashtirish kabi transformatsiya jarayonlarining amalga oshirilishi, qishloqdagi kolxozchilar va sovxoz ishchilari kabi sinflar o‘rnida pudratchi, ijarachi, aksiyador, dehqon, fermer, tomorqachi, tadbirkor singari turli ijtimoiy qatlamlar va mulk egalarining paydo bo‘lishiga olib kelganligi dalillangan xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Oʻzbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan O‘zbekistonning sovet davri tarixiga bag‘ishlangan ko‘rsatuvlar ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2020 yil 22 yanvardagi 02-40-162-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarda qayta qurish davrida agrar sohadagi ahvol, qishloq xo‘jaligida yangi mulk shakllarining vujudga kelishi, fermer xo‘jaliklarining tashkil topishi, shaxsiy tomorqa xo‘jaliklarining rivojlanishi bilan bog‘liq tasavvurlarining kengayishiga xizmat qilgan.