Mamatqulov Shuhrat Turobovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda yoshlar faolligini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy tahlili”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fal78.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02. 
Ilmiy rahbar: Aliev Bekdavlat Alievich, falsafa fanlari doktori, professor. 
Rasmiy opponentlar: G‘aybullaev Otabek Muhammadievich, falsafa fanlari doktori, professor; O‘tamurodov Akbar O‘tamurodovich, falsafa fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda yoshlar faolligini oshirishning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlarini ochib berish va takomillashtirish yuzasidan amaliy taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sharq va G‘arb yoshlari faolligining dinamik o‘sib borish darajasi, ijtimoiy-ma’naviy mezonlari zamonaviy jamiyatda yoshlar faolligini oshirishning yaratuvchanlik, ishbilarmonlik va innovatsion faoliyat kabi unikal-funksional xususiyatlari bilan aloqadorlikda rivojlanishi pragmatik tarzda asoslangan;
fuqarolik burchini chuqur anglashda zarur drayver vositasini o‘taydigan shaxsiy motivatsiya va intellektual tashabbuskorlik tamoyillari  yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy faolligini oshirishda ilmiy-amaliy komponentlarga tayanishi aksiologik rivojlanish qonuniyatlari asosida ochib berilgan;
yoshlar faolligini oshirishda nochiziqlilik, inklyuzivlik modeli, interaktiv, dialogli va guruhiy muloqotni tashkil etish orqali o‘zaro munosabatlarni modellashtirishning ijtimoiy integratsiyasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri zamon va makon, sabab va oqibat atributiv kategoriyalarining universal diskursiga tayanishi falsafiy jihatdan asoslangan;
umumta’lim tizimida yoshlar faolligini oshirish yuzasidan ijtimoiy-siyosiy yo‘nalishlar va inklyuziv rivojlanish yo‘llarining ierarxik ravishda o‘sib borishi “ta’lim muassasasi ijtimoiy integrativligi - ijtimoiy munosabat - innovatsion muhit” konseptida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda yoshlar faolligini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy tahlili doirasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
Sharq va G‘arb yoshlari faolligining ijtimoiy-ma’naviy mezonlari (ma’naviy-intellektual ehtiyoj, ratsional maqsad) zamonaviy jamiyatda yoshlar faolligini oshirishning strukturaviy-funksional xususiyatlari (yaratuvchanlik, ishbilarmonlik va innovatsion faoliyat) bilan aloqadorlikda rivojlanishiga oid ilmiy-nazariy taklif-takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar konsepsiyasi”ni ishlab chiqishda va “Dunyoni ma’rifat qutqaradi” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 11 sentyabrdagi 02/007-765-son ma’lumotnomasi). Natijada, markaz tomonidan olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlarida yoshlar faolligini oshirish, fuqarolarning davlatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohatlarga nisbatan dunyoqarashini rivojlantirishda, ularning mafkuraviy immuniteti, intelektual salohiyatini oshirish amaliyotida ilmiy-nazariy manba sifatida xizmat qilgan;
fuqarolik burchini chuqur anglashdagi shaxsiy motivatsiya va intellektual tashabbuskorlikni shakllantirishda yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy faolligini oshirish zarurligi aksiologik rivojlanish qonuniyatlari doirasida aniqlanganligiga oid taklif-tavsiyalaridan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining “Yoshlar va qonun” nomli huquqiy tanlov konsepsiyasini va “Yoshlar – kelajak bunyodkori” shiori ostida “Uyushmagan yoshlar bilan ishlash tizim samaradorligini oshirish: muammo va istiqbollari” kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashining 2020 yil 4 sentyabrdagi 04-13/2290-son ma’lumotnomasi). Natijada, Respublika hududida umumiy jinoyatchilik 13720 taga, jumladan, yoshlar (18-30) jinoyatchiligini 12,9% ga, voyaga etmaganlar jinoyatchiligini 16,1%ga kamaytirishga xizmat qilgan;
yoshlar faolligini oshirishning nochiziqli modeli, interaktiv, dialogli, guruhiy muloqotni tashkil etish, o‘zaro munosabatlarni modellashtirish xususiyatlari integratsiyasiga doir taklif-tavsiyalaridan “Ma’naviyat tarixi va nazariyasi” nomli darslikning “Komil insonni shakllantirishda milliy g‘oyaning o‘rni” deb nomlanuvchi 18-bobi mavzularini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 19 avgustdagi 89-03-2883-son ma’lumotnomasi). Natijada, xalqimizningtarixiy-milliy qadriyatlari, an’analariga suyangan holda ularni umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirish asosida milliy harakterimizga xos turmush tarzini takomillashtirish hamda yoshlarning siyosiy va huquqiy madaniyati, faolligi, fuqarolik burchini yuksaltirishga xizmat qilgan;
umumta’lim tizimida yoshlar faolligini oshirish yuzasidan ijtimoiy-siyosiy yo‘nalishlar va inklyuziv (o‘zaro, birgalikda) rivojlanish yo‘llarining ierarxik (har tomonlama o‘sib boruvchi) ravishda o‘sib borishiga oid taklif-tavsiyalaridan O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan 2019 yilning 11 oktyabr` kuni “Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan II-Respublika qizlar festivali dastur ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining 2019 yil 19 iyuldagi 04-1412-19-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarni, xususan, qizlarni yuksak-axloq tamoyillari asosida tarbiyalash, kasb-hunarga o‘rgatish, ularning kiyinish va muomala madaniyatini oshirish, ongi va qalbini g‘oyaviy tahdidlardan himoya qilish, shuningdek ularni mustaqil hayotga tayyorlash ishlarini tizimli amalga oshiririshga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish