Kodirov Nodirbek Mamasolievichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston yoshlarida axborot madaniyatini shakllantirishning ijtimoiy-falsafiy tahlili”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018/1PhD/Fal168.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02.
Ilmiy rahbar: Yuldashev Maxamadilxom Mamayunusovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Kushaev Umidjon Raximovich, falsafa fanlari doktori, dotsent; Xajieva Maqsuda Sultanovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yoshlarda axborot madaniyati genezisining retrospektiv asoslari, shakllanish va rivojlanish bosqichlari, vorislik munosabatlarini aniqlash hamda globallashuv sharoitida ularni optimallashtirishga doir taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
globalizatsiya va ratsional taraqqiyot bilan bog‘liq moddiy-texnik asoslar, innovatsion texnologiyalar infrastrukturasi kabi ob’ektiv shart-sharoitlar hamda din, fan, ommaviy axborot vositalari singari sub’ektiv omillar yoshlarda axborot madaniyatini shakllantirishning  barqarorlashtiruvchi, nazorat qiluvchi hamda tartibga soluvchi funksional asoslari ekanligi falsafiy jihatdan ochib berilgan;
yoshlarda axborot madaniyatini shakllantirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan axborotga oid bilimlarni transformatsiyalashning texnik vositalari (mul`timedia vositalari, internet tarmoqlari, mobil` aloqa tizimlari, sun’iy intelekt) pedagogik-didaktik texnologiyasi (an’anaviy va zamonaviy qadriyatlar integratsiyasining konstruktiv usullari, ratsional vositalari), targ‘ibot-tashviqot kommunikatsiyasi (ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish, huquqiy-siyosiy targ‘ibot) va infrastrukturasini takomillashtirish birlamchi asosga ega ekanligi isbotlangan;
axborot madaniyati shakllanishining tarixiy genezisi, globallashuv xususiyatlari dinamik o‘suvchi va o‘zgaruvchi yangi mezonlar asosida davrlashtirilib (agrar, industrial, postindustrial), uning muqobil ilmiy-nazariy ta’limotlari tizimi hamda g‘oyaviy-mafkuraviy yo‘nalishlari takomillashtirilgan; 
globallashuv sharoitida shaxs marginallashuvi, ijtimoiy begonalashuv va konformizm hodisalarini oldini olishda har bir kishida milliy-ma’naviy qadriyatlarga asoslangan axborot madaniyatini shakllantirish zarurligi falsafiy jihatdan asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: O‘zbekistonda yoshlarning axborot madaniyatini shakllantirishning ijtimoiy-falsafiy tahlilini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
axborot madaniyati shakllanishini determinlashtiruvchi ob’ektiv shart-sharoitlar va sub’ektiv omillarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘ziga xos roli, o‘rni va funksional ahamiyatiga  doir ilmiy asoslangan taklif-tavsiyalaridan YoA2-OT-0-14679 YoA2-15 raqamli “O‘zbekistonda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini takomillashtirish yo‘nalishlari (2014-2015 yy)” mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 5 iyundagi 89-03-1930-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy davlat xokimiyati organlari boshqaruv xodimlarida axborot madaniyatini rivojlantirish va yosh boshqaruv kadrlar ma’naviy potensialini takomillashtirishga qaratilgan ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
axborot madaniyatining shakllanish genezisi, tarixiy rivojlanish bosqichlari, globallashuv xususiyatlari dinamik o‘suvchi va o‘zgaruvchi yangi mezonlar asosida davrlashtirilib, muqobil ilmiy-nazariy ta’limotlari tizimi hamda g‘oyaviy-mafkuraviy yo‘nalishlari takomillashtirilganligiga oid ilmiy–nazariy taklif-tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 8 sentyabrdagi O‘RQ-444-son “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar etkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasi (Asosiy tushunchalar), 5-moddasi (Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar etkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari), 11-moddasi (Ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlarining va ta’lim muassasalarining bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar etkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari), 17-moddasi (Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifi)ni  tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari Qo‘mitasining 2020 yil 7 fevraldagi 05/02-0513-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda axborot madaniyatini shakllantirish va yuksaltirish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishga huquqiy va metodologik asos bo‘lib xizmat qilgan;
axborot madaniyati natijalari transformatsiyasining texnik vositalari, pedagogik-didaktik texnologiyasi, targ‘ibot-tashviqot kommunikatsiyasi va infrastrukturasini rivojlantirish usullarini, vositalarini takomillashtirishga doir metodologik tavsiyalari va amaliy takliflaridan O‘zbekiston  Milliy tiklanish demokratik partiyasining  2019 yil 24 dekabr` kuni tasdiqlangan “O‘zbekiston  Milliy tiklanish demokratik partiyasi” Saylovoldi dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasining 2020 yil  3 iyundagi 01-148-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyatda ma’naviy-axloqiy xavfsizlikni ta’minlash va yoshlarda axborot iste’moli madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
axborot madaniyati globallashuvi sharoitida, uning shaxs marginallashuvi, ijtimoiy begonalashuvi va konformizm hodisasining namoyon bo‘lish shakllari, yo‘nalishlari konkretlashtirilib, rivojlanish tendensiyalariga oid taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining “Digital Generation Uzbekistan” (Raqamli avlod) amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2020 yil 3 iyundagi 04-13/1693-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimiz yoshlarida pragmatik tafakkur va axborot madaniyatini shakllantirishning ilmiy asoslangan mezonlari, nostandart qaror qabul qilish, mustahkam fuqarolik pozisiyasi fazilatlarini shakllantirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish