Axrorova Shahlo O‘rinboevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda milliy qadriyatlarning o‘rni”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fal59.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02. 
Ilmiy rahbar: Nazarov Qiyomiddin Normirzaevich, falsafa fanlari doktori, professor. 
Rasmiy opponentlar: Muxtorov Azamat, falsafa fanlari doktori, professor; Yaxshilikov Jo‘raboy Yaxshilikovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda milliy qadriyatlarning o‘rnini aniqlash, jamiyat barqarorligi va ravnaqi uchun tutgan muhim ahamiyatini ijtimoiy-falsafiy asoslash hamda metodologik taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy siyosatning jamiyatdagi ma’naviy borliq bilan bog‘liqligi, ehtiyoj, g‘oya, maqsad, manfaatlar qadriyatlashuvida hamda milliy xarakterning shakllanishi va takomillashuvida milliy qadriyatlarning vositachilik vazifasi uning substansional asosi ekanligi mantiqiy dalillangan; 
jamiyatni tashkil qiluvchi muayyan guruhlarning o‘zaro kelishuv asosida yo‘lga qo‘yilgan, milliy-madaniy an’analar, tartiblar, qoidalar asosida mustahkamlangan munosabatlari asosida shakllangan qonuniyatlar tizimi va ularning aloqadorlik dialektikasi hamda mavjud ijtimoiy jarayonlarga mutanosib tarzda shakllangan qadriyatlar tizimi dinamikasining milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan o‘zaro ta’sirlanishi falsafiy jihatdan isbotlangan; 
O‘zbekistonda ijtimoiy siyosat tizimini umuminsoniy qadriyatlar asosida manzilli takomillashtirish bosqichlari va ob’ektiv voqelikda (uzoq va chekka hududlarda) namoyon bo‘lish sifat xususiyatlarining milliy va madaniy qadriyat omillariga aloqadorligi asoslangan; 
globallashuv sharoitida ommalashuvning kengayib borishi hisobiga milliylikning “emirilib borilishi”ni inobatga olgan holda, ijtimoiy siyosatda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o‘zaro uyg‘unligini ta’minlashda milliy ong va milliy-madaniy qadriyatlarning konstruktiv(bunyodkorlik) ahamiyatini oshirish zarurligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mamlakatimizda ijtimoiy siyosatning milliy borliq bilan aloqadorligini asoslash hamda milliy qadriyatlarning o‘rnini belgilash va tadqiq etish asosida: 
ijtimoiy siyosatning milliy borliq bilan aloqadorligi, milliy qadriyatlar asosida milliy xarakterning takomillashuvi va shakllanishiga oid taklif-tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2016-2017 yillarda bajarilgan I-2016-1-33 raqamli “Milliy tarbiya va yoshlar dunyoqarashini shakllantirish” mavzusidagi amaliy grant loyihasida belgilangan vazifalar ijrosida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2018 yil 28 noyabrdagi 01/0 12-1253-18-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda milliy g‘oya hamda milliy qadriyatlar asosida milliy xarakterni shakllantirish asnosida bunyodkorlik, kompromisslik, konsenuslik, jamoaviylik, tolerantlik va tadbirkorlik kabi mental xususiyatlarning qaror topishiga xizmat qilgan;
ijtimoiy siyosatning motivi, gnoseologik asosi, o‘z-o‘zini tashkillashtirish funksional qonunlari, dialektikasi va dinamikasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan o‘zaro ta’sirlanishiga oid ilmiy asoslangan taklif va xulosalaridan “Axloq falsafasi” nomli o‘quv qo‘llanmaning II bobidagi “Axloqiy qadriyatlar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 25 fevraldagi 89-03-805-son ma’lumotnomasi). Natijada, axloqiy qadriyatlarning milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan o‘zaro ta’sirlanishini asoslab berishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda ijtimoiy siyosat tizimi, manzilli takomillashish bosqichlari va ob’ektiv voqelikda (uzoq va chekka hududlarda) namoyon bo‘lish sifat xususiyatlarining madaniy qadriyat omillari yaratilishi bilan bog‘liq tomonlariga oid ilmiy asoslangan xulosa va takliflaridan “O’zbekiston” teleradiokanalida 2019 yilning 9, 16, 23, 30 yanvar` kunlari efirga uzatilgan “Parlament vaqti” nomli radioeshittirish dasturi ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zMTRKning 2020 yil 20 yanvardagi 04-25-687-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston ijtimoiy siyosatini manzilli takomillashtirishga oid qonun va qarorlar ijrosi mohiyatini yoritib berish maqsad qilib olingan va maqsadning amalga oshishiga xizmat qilgan;
globallashuv sharoitida ijtimoiy siyosat va milliy qadriyatlarning o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash, diniy qadriyatlarning amal qilishida milliy xususiyatlarning amal qilishi, demokratik tafakkur, zamonaviy madaniy-ma’naviy omillarning qadriyatlashuvi, inson tarbiyasida aksiologik yondashuvning mohiyati to‘g‘risidagi ilmiy taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 2019 yil 6-8 iyul` kunlari bo‘lib o‘tgan “Yagonasan, muqaddas Vatan” ko‘rik-tanlovi  Nizomini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi “Ma’naviyat va ma’rifat” markazining 2018 yil 28 noyabrdagi 01-07/291-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda buzg‘unchi g‘oyalar va “ommaviy madaniyat” shaklida kirib kelayotgan salbiy illatlarning oldini olishga qaratilgan ma’rifiy-targ‘ibot ishlarini kuchaytirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish