Akbarova Muhayyo Xusanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Farg‘ona vodiysida tarqalgan Scutellaria L. (Lamiaceae) turkumi turlarining bioekologik xususiyatlari va tabiiy zaxiralari», 03.00.05 - Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/V67.
Ilmiy rahbar: Turginov Orzimat Turdimatovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.76.01.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Akramjon Sultanmuradovich, biologiya fanlari doktori, professor; Yoziev Lutfullo Xabibullaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona vodiysida tarqalgan Scutellaria L. turkumi turlari bioekologik xususiyatlarini ochib berish, tabiiy zaxiralarini xatlovdan o‘tkazish orqali zamonaviy holatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona vodiysi florasida Scutellaria L. turkumning 23 turi uchrashi aniqlangan, ulardan 15 tur O‘zbekiston Respublikasi qismida, 8 tur Tojikiston va Qirg‘iziston Respublikalari mintaqalarida uchrashi asoslangan, turlarning tarqalishini aks ettiruvchi GAT xaritalari yaratilgan;
ilk bor S.picta Juz., S.nepetoides Popov ex Juz. O‘zbekiston florasida, S.kamelinii Abdullaeva Qirg‘iziston florasida hamda S.ramosissima Popov Tojikiston florasida tarqalganligi aniqlangan;
Scutellaria L. turkumi turlarining latent (se urug‘lar), virginil (r – maysa, j – yuvenil, im – immatur, v - virginil), generativ (g1 - yosh generativ, g2 - o‘rta generativ, g3 - qari generativ), subsenil (ss- senil) ontogenez bosqichlari aniqlangan;
Farg‘ona vodiysida tarqalgan S.comosa va S.adenostegia turlarining turli ekologik-fitotsenotik sharoitlarda 13 ta senotik populyasiyalari aniqlangan;
S.comosa va S.adenostegia senopopulyasiyalarining zamonaviy holatiga aniqlik kiritilgan, ontogenetik strukturalari hamda yosh tiplari ochib berilgan;
S.comosa va S.adenostegia turlarining tabiiy zaxiralari baholangan hamda ekspluatatsion, biologik va yillik yig‘ib foydalanish imkoniyat hajmlari aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Farg‘ona vodiysida tarqalgan Scutellaria L. turkumi turlarining bioekologik xususiyatlari va tabiiy zaxiralari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Farg‘ona vodiysi florasida tarqalgan Scutellaria L. turkumi turlarining tarqalishini aks ettirgan GAT xaritalari, populyasiyalarining zamonaviy holati, ekspluatatsion, biologik, yillik foydalanishi mumkin bo‘lgan zaxiralari va muhofazasiga doir ma’lumotlar Namangan, Farg‘ona viloyatlari o‘rmon xo‘jaliklari amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2020 yil 11 yanvardagi 05/21-93-son ma’lumotnomasi). Natijada, Scutellaria L. turkumi populyasiyalari holatini monitoring qilish va muhofaza chora - tadbirlarini ishlab chiqish imkonini bergan;
Farg‘ona vodiysida olib borilgan tadqiqot hududlaridan yig‘ilgan 450 dan ortiq nusxadagi Scutellaria L. turkumi turlari gerbariy namunalari Botanika instituti O‘zbekiston Milliy gerbariysi (TASH) noyob ob’ektiga topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 2 dekabrdagi 4/1255- 3711-son ma’lumotnomasi). Natijada, namunalar noyob ob’ektning G‘arbiy Tiyonshon okrugi, Chorkesar botanik-geografik, Farg‘ona-Oloy okrugi, Sharqiy-Oloy botanik-geografik, Farg‘ona okrugi, Markaziy-Farg‘ona va Qayraqum-Yozyovon botanik-geografik rayonlari fondini boyitish imkonini bergan.