Djuraev Kurbon Salixdjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gidroakkumulyasion elektr stansiyalar parametrlarini tanlash va asoslash hamda ulardan O‘zbekiston energetika va suv xo‘jaligi tizimida foydalanish shartlari”, 05.05.06 – “Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T774 Ilmiy rahbar: Muxammadiev Muradulla Muxammadievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi DSc.03/10.12.2019.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Avezova Nilufar Rabbanakulovna, texnika fanlari doktori, yetakchi ilmiy xodim; Elistratov Viktor Vasil`evich, texnika fanlari doktori, professor (Rossiya). 
Yetakchi tashkilot: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gidroakkumulyasion elektr stansiyalardan elektr energetika va qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosidagi tizimlar uchun manyovrchan manba sifatida foydalanishning xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning parametrlarini tanlash va asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gidroakkumulyasion elektr stansiyasining texnologik sxemasi kunlik va mavsumiy ish rejimlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
gidroakkumulyasion elektr stansiyasining asosiy parametrlari va ish rejimlarini hisoblash usuli past naporli sharoit uchun takomillashtirilgan; 
gidroakkumulyasion elektr stansiyaning konstruksiyasi gidrotaran asosida takomillashtirilgan va gidrotaranning chegaraviy foydali ish koeffisienti suv ko‘tarish balandligiga bog‘liq bo‘lmagan holda 75% ga tengligi aniqlangan;
past naporli gidroakkumulyasion energetik qurilmaning turbina rejimida Banki turbinasidan foydalanish samaradorligi eksperimental tadqiqotlar asosida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekiston energetika va suv xo‘jaligi tizimida gidroakkumulyasion elektr stansiyalardan foydalanishning xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning parametrlarini tanlash va asoslash bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
gidroakkumulyasion elektr stansiyasidan gidrotaranlarni qo‘llash orqali foydalanish usuli takomillashtirilgan (Intellektual mulk agentligining foydali model uchun patenti, №FAP 01018, 15.06.2015 y.). Ishlab chiqilgan usul gidroakkumulyasion elektr stansiyalar nasos rejimidagi elektr energiyasi iste’molini 30 % gacha kamaytirishga imkon bergan;
gidroakkumulyasion elektr stansiyalarining energetik-gidravlik parametrlarini aniqlash usuli «Gidroproekt» AJda joriy qilingan («O‘zbekgidroenergo» AJning 2020 yil 30 dekabrdagi  №02-14/3851-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Tuyamo‘yin gidrouzelida, Arnasoy, Talimarjon va Xodjikent suv omborlarida gidroakkumulyasion elektr stansiyalarni yaratish bo‘yicha hisoblash ishlarida foydalangan va yiliga qo‘shimcha ravishda 930,0 mln. kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarishga  imkon bergan;
gidroakkumulyasion elektr stansiyalarining energetik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini aniqlash dasturi «Gidroproekt» AJda joriy qilingan («O‘zbekgidroenergo» AJning 2020 yil 30 dekabrdagi  №02-14/3851-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasining to‘rtta energetika va suv xo‘jaligi ob’ektlarida gidroakkumulyasion elektr stansiyalarni yaratish bo‘yicha hisoblash natijalari asosida yiliga 139 ming t.sh.yo. yoqilg‘i resurslarini tejashga imkon bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish