Amanturdiev Shavkat Balkibaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xitozan va uning hosilalari asosidagi nanopreparatlarning qishloq xo‘jaligi ekinlarining morfofiziologik ko‘rsatkichlari va urug‘larning ekish sifatlariga ta’siri (g‘o‘za, bug‘doy, soya)”, 06.01.05 – Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.DSc/Qx111.
Ilmiy maslahatchilar: Rashidova Sayyora Sharafovna, kimyo fanlari doktori, akademik, Rashidova Dilbar Karimovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/27.02.2020.Qx.42.02. (Bir martalik IK)
Rasmiy opponentlar: Raxmonqulov Said-Akbar, biologiya fanlari doktori, professor; Davronov Qodirjon Sotvoldievich, biologiya fanlari doktori, professor; Baboev Saidmurat Kimsanbaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xitozan va uning hosilalari asosidagi biologik faol nanopolimer komplekslarini qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larining morfofiziologik ekish sifati ko‘rsatkichlari, hosildorlik va mahsulot sifatini oshirishdagi ahamiyatini aniqlash hamda metal atom/ionlarining fermentlar reaksiyasiga ta`sir etish mexanizmini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larining sifatiga, o‘sish va rivojlanishiga polimermetallokompleks (PMK) nanopreparatlarining ta’siri fiziologik va biokimyoviy ko‘rsatkichlar bo‘yicha aniqlangan;
tarkibida mis va kumush ionlari bo‘lgan nanopolimer preparatlar bilan g‘o‘za, bug‘doy va soya ekinlari urug‘lariga ishlov berish natijasida fermentlarning faolligi 2 barobar oshishi hamda nihollarning o‘sish va rivojlanish jarayonlari tezlashishi isbotlangan;
qishloq xo‘jalik ekinlarining morfologiyasi, rivojlanishi, hosildorligi va etishtirilgan mahsulotlarning sifatiga nanopolimer preparatlarning ijobiy ta’siri aniqlangan;
modellashtirish orqali mis va kumush ionlari mavjud bo‘lgan nanopreparatlar bilan urug‘larni kapsulalash o‘simliklarning o‘sish hamda rivojlanish ko‘rsatkichlarini oshishiga ta’siri isbotlangan;
ilk marotaba g‘o‘za, bug‘doy va soya urug‘lariga ishlov berishda nihollarning o‘sishi va rivojlanishiga nanopreparatlarning ta’sir etish mexanizmi o‘rganilgan; 
g‘o‘za urug‘larini etishtirishda navdorlik va ekish sifatlariga nanopreparatlarning salbiy ta`sir etmasligi isbotlangan;
urug‘larni kapsulalash texnologiyasini qo‘llash uchun tarkibida metal nanozarrachalari bo‘lgan xitozan va uning hosilalari asosidagi PMKdan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Nanopolimer preparatlarining g‘o‘za, bug‘doy va soya ekinlarining kapsulalangan urug‘lariga ta’sirining samaradorligini aniqlash bo‘yicha olingan natijalari asosida:
g‘o‘zaning Andijon-36 navi urug‘lari PMKCu2+Ag 7:3, PMKCu2+Ag 8:2, bug‘doyning Oqsuv va soyaning Baraka va Selekta-302 navlari urug‘lari NanoAXZ, NanoXZ nanopreparatlari bilan kapsulalash usuli Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanining “Oqsuv” fermer ho‘jaligida 164 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 7 oktyabrdagi 02/020 -3204-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘zadan qo‘shimcha 4,7-5,0 s/ga (28,8 tonna), bug‘doydan 12-15 s/ga (111,8 tonna), soyadan 5-6,1 s/ga (9,9 tonna) hosil olish imkonini bergan;
g‘o‘zaning Andijon-36, bug‘doyning Krasnodar-99, soyaning Baraka va Selekta-302 navlari urug‘lari PMKCu2+Ag 7:3, PMKCu2+Ag 8:2, NanoAXZ, NanoXZ bilan ishlov berilib, Andijon viloyati Izboskan tumanining «Izboskan yuksalish ne’mati» va «Moygir Yusufxon» fermer xo‘jaliklarida 135 gektar maydonga joriy qilingan va bu nazoratga nisbatan 8-10% ga hosildorlikni oshirishga imkon bergan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 7 oktyabrdagi 02/020 -3204-son ma’lumotnomasi). Natijada jami g‘o‘zadan 37,45 tonna paxta xomashyosi, bug‘doydan 46,8 tonna va soyadan 2 tonna qo‘shimcha don mahsulotlari olishga erishilgan;
g‘o‘zaning S-6524 va An-Boyovut-2 navlarining urug‘larini kapsulalash uchun PMKCu2+Ag 7:3, PMKCu2+Ag 8:2 nanopolimer preparatlaridan foydalanilib 80 gektar maydonga, bug‘doyning Do‘stlik navi urug‘lari NanoAXZ, NanoXZ preparatalari bilan ishlov berilib 56 gektar maydonga «Javlonbek» fermer xo‘jaligida va soyaning Selekta-302 navi urug‘lari NanoAXZ nanopreparati bilan ishlov berilib Jizzax viloyati Paxtakor tumanining «Durdona» fermer ho‘jaligida esa 10 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 7 oktyabrdagi 02/020-3204-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ekinlarning hosildorligini 8-10% ga oshirishga imkon bergan va paxta xom-ashyosi bo‘yicha 4 s/ga yoki 32 tonna, bug‘doy bo‘yicha 8 s/ga yoki 44,8 tonna va soya bo‘yicha 5 tonna qo‘shimcha hosil olingan;
g‘o‘zaning An-Boyovut-2 navi urug‘lari PMKCu2+Ag 7:3 va bug‘doyning Grom navi urug‘lari NanoAXZ va NanoXZ nanopolimer preparatlari bilan ishlov berilib, Jizzax viloyati Zafarobod tumanining «Toshtemir ota» fermer xo‘jaligida mos ravishda 45 va 55 gektar ekin maydonlariga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 7 oktyabrdagi 02/020-3204-son ma’lumotnomasi). Natijada paxta xomashyosidan 18 tonna (31,2 s/ga) va g‘alladan 41,25 tonna don (61 s/ga) qo‘shimcha hosil olish imkonini yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish