Bafaev Shuxrat G‘afurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda jamoatchilik nazoratiga oid qonunchilik normalarini takomillashtirish”, 12.00.01 – Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi (yuridik fanlar).
Ilmiy rahbar: Saidov Akmal Xolmatovich,  akademik, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019. Yu.22.02.
Rasmiy opponentlar: Ruziev Zafar Rayimovich, yuridik fanlar doktori, professor;  Muxamedxodjaeva Xurshida Rustambekovna, yuridik fanlar nomzodi.   
Yetakchi tashkilot:  Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari tomonidan jamoatchilik nazoratining samaradorligiga qonunchilik normalarini takomillashtirish orqali, uning davlat organlari faoliyatiga ta’sirini kuchaytirish. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Demokratik huquqiy institut sifatida jamoatchilik nazoratining asoslab berilishi, shaxs va davlat, jamiyat va davlat o‘rtasidagi manfaatlar muvozanatini ta’minlaydi.
Jamoatchilik nazorati ijtimoiy nazoratning ajralmas qismi ekanligini inobatga olgan holda, u nodavlat notijorat tashkilotlarining mustaqil huquqiy faoliyati degan xulosaga kelish mumkin. 
Jamoatchilik nazorati davlat va fuqarolik jamiyati o‘rtasida mavjud keskin munosabatlarni oldini olishga qaratilgan institut bo‘lib, uni qo‘llash orqali fuqarolarning, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa fuqarolik jamiyati institutlarini jamiyat va davlat boshqaruviga jalb imkoniyatini yaratadi.
Jamoatchilik nazorati faqat ijtimoiy sheriklik orqali amalga oshirilishi mumkinligi degan xulosaga kelish mumkin, chunki nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari O‘zbekistonda institutsional jihatdan shakllangan va ular aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilishda davlatning sherigiga aylangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekistonda jamoatchilik nazoratiga oid qonunchilik normalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
nodavlat notijorat tashkilotlarining turizm to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ishtirok etish zarurligi asoslanadi va yangi tahrirdagi "Turizm to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2018 yil 28 noyabrdagi 02/936-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni hisobga olinishi fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokiga yo‘l qo‘yib, qonun samaradorligini ta’minlaydi;
"O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga "O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)"ga yordam beradigan nodavlat notijorat tashkilotlari orasidan ekspert guruhlarini tuzish zarurligi to‘g‘risidagi takliflar 209-modda bilan to‘ldirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2019 yil 17 maydagi 01-07 / 1491-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyani amalga oshirish mamlakatdagi nodavlat notijorat tashkilotlariga inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga imkon bergan;
jamoatchilik nazorati ijtimoiy nazoratning tarkibiy qismi ekanligi va nodavlat notijorat tashkilotlarining mustaqil huquqiy faoliyatini amalga oshirish shakli ekanligi to‘risidagi takliflar «Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida»gi Qonunning 6-moddasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Konunchilik palatasining 2019 yil 11 sentyabrdagi 04-06/260-01-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi jamoatchilik nazoratini amalga oshirish bilan bog‘liq muammolarni hal etishda va mazkur qonunni takomillashtirish imkoniyatini yaratgan;
fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishda ishtirok etishi to‘g‘risidagi takliflar “Xotin-qizlarning tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasida foydalangan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2019 yil 24 oktyabrdagi № 05/1-01-250-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilish xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida nodavlat notijorat tashkilotlarining ta’sirchanlik darajasini kuchaytirishga olib kelgan;
fuqarolarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining maktabgacha ta’lim va tarbiya tadbirlarida ishtiroki to‘g‘risidagi takliflar “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasida foydalangan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020 yil 27 yanvardagi № 04/5-05-4 “a”son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi maktabgacha ta’lim tizimida jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish