Karimbaev Eldor Xalmuratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Legirlangan kupratli yuqori haroratli o‘ta-o‘tkazgichlarda elektron issiqlik sig‘imi anomaliyalari», 01.04.07 – kondensirlangan holat fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/FM70.
Ilmiy rahbar: Djumanov Safarali, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.FM/T.33.01.
Rasmiy opponetlar: Ashurov Muxsin Xurramovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik; Rasulov Rustam Yavkachovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuqori haroratli o‘ta-o‘tkazuvchan LSCO va YBCO kupratlarda o‘tao‘tkazuvchanlikka o‘tish haroratidan quyi va yuqori haroratlarda normal va o‘tao‘tkazuvchan holatlardagi elektron issiqlik sig‘imidagi g‘ayrioddiylik (anomaliya) tabiatini legirlash darajasiga bog‘liq holda aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta legirlangan YuHO‘O‘-kupratlarning elektron issiqlik sig‘imi bo‘yicha eksperiment natijalarini qoniqarli ravishda tavsiflovchi harorat va legirlash darajasining funksiyasi bo‘lgan BKSh-simon psevdotirqish hosil bo‘lish harorati T* dan yuqori va quyi haroratlarda YuHO‘O‘-kupratlarning elektron issiqlik sig‘imi uchun analitik ifoda olingan;
BKSh-simon psevdotirqish hosil bo‘lish harorati T*>Ts da BKSh-simon fazaviy o‘tish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘tao‘tkazuvchanlikka o‘tishning kritik harorati Ts dan yuqorida YuHO‘O‘-kupratlarning elektron issiqlik sig‘imi tabiatining anomaliyalari aniqlangan;
birinchi marta o‘taoquvchan Boze-suyuqligi modeli doirasida o‘tao‘tkazuvchanlikka o‘tish harorati Ts atrofidagi o‘tao‘tkazuvchan holatidagi YuHO‘O‘-kupratlarning elektron issiqlik sig‘imi ifodasi olingan va nazariy hisoblangan;
YuHO‘O‘-kupratlar La2–xSrxCuO4 va YBa2Cu3O7–δ ni legirlash darajasidan bog‘liq bo‘lgan o‘tao‘tkazuvchanlikka o‘tish harorati Ts da YuHO‘O‘-kupratlarning elektron issiqlik sig‘imining λ–simon anomaliyalarining mavjud bo‘lish imkoniyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Legirlangan YuHO‘O‘-kupratlarning normal va o‘tao‘tkazuvchan holatlarida elektron issiqlik sig‘imidagi anomaliyalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
BKSh-simon psevdotirqish hosil bo‘lish harorati T* dan yuqori va quyi haroratlarda YuHO‘O‘-kupratlarning elektron issiqlik sig‘imi uchun olingan analitik ifodalar “Kichik o‘lchamli va kuchli anizotrop o‘tkazgichlarning quyi haroratlardagi transport xususiyatlari” (2013–2017) ilmiy tadqiqot loyihasida YuHO‘O‘-materiallarning g‘ayrioddiy termodinamik xususiyatlarini o‘rganishda qo‘llanilgan (Ukraina Milliy Fanlar akademiyasi B.I. Verkin nomidagi Past haroratlar Fizika-texnika institutining 2021 yil 20 apreldagi № 64/310-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi yuqori haroratli o‘tao‘tkazgichlarda elektron issiqlik sig‘imining xususiyatini tushuntirish imkonini bergan;
o‘tao‘tkazuvchanlikka o‘tish kritik harorati Ts dan yuqori haroratlarda YuHO‘O‘-kupratlarning elektron issiqlik sig‘imi anomaliyalarining oydinlashtirilgan tabiati № 3079GF4 “Organik metall perovskitlar asosida yangi yuqori samarali quyosh elementlarini yaratish va tadqiq qilish” loyihasi doirasida polimer kompozit materiallarning g‘ayrioddiy elektron xususiyatlarini o‘rganishda qo‘llanilgan (Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universitetining 2021 yil 21 apreldagi № 19-9-1239-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi nanostrukturali qatlamlar va foton kristallaridan foydalangan holda samarali quyosh elementlarini yaratishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llash imkonini bergan;
o‘tao‘tkazuvchanlikka o‘tish harorati Ts atrofida o‘tao‘tkazuvchan holatdagi YuHO‘O‘-kupratlarning elektron issiqlik sig‘imi uchun olingan ifoda va nazariy hisoblashlar № 3079GF4 “Organik metall perovskitlar asosida yangi yuqori samarali quyosh elementlarini yaratish va tadqiq qilish” loyihasi doirasida polimer kompozit materiallarning g‘ayrioddiy elektron xususiyatlarini o‘rganishda (Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universitetining 2021 yil 21 apreldagi № 19-9-1239-sonli ma’lumotnomasi) hamda chet el olimlari tomonidan LSCO va YBCO birikmali YuHO‘O‘-kupratlarning normal holatida turli legirlash darajalaridagi elektron issiqlik sig‘imining anomaliyalarini o‘rganishda qo‘llanilgan (xalqaro ilmiy jurnallardagi havolalar: Journal of Physics: Conference Series 592, 012075, 2015; International Journal of Modern Physics B 29, No.24, 1550180, 2015; Physics Letters A 383, 1330-1335, 2019). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi bir jinsli bo‘lmagan kupratlarda zaryad ko‘chirishning tabiatini tushuntirishga imkon bergan;
o‘tao‘tkazuvchanlikka o‘tish harorati Ts da LSCO va YBCO birikmali YuHO‘O‘-kupratlarning legirlash darajasidan bog‘liq bo‘lgan elektron issiqlik sig‘imining λ-simon anomaliyalari mavjud bo‘lishligining aniqlanishi “Kichik o‘lchamli va kuchli anizotrop o‘tkazgichlarning quyi haroratlardagi transport xususiyatlari” (2013–2017) ilmiy tadqiqot loyihasi doirasida YuHO‘O‘ dayuqori haroratli psevdotirqishli holatlar sohasida kuchli bog‘langan bozonlar hosil bo‘lish imkoniyatini tushuntirishda qo‘llanilgan (Ukraina Milliy Fanlar akademiyasi B.I. Verkin nomidagi Past haroratlar Fizika-texnika institutining 2021 yil 20 apreldagi № 64/310-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi YBCO kupratlarida psevdotirqishning haroratga bog‘liqligining maksimumini BEK-BKSh krossoverining harorati sifatida tanlab olinishini asoslashga imkon bergan.