Yuldasheva Muxabbat Razzoqberdievnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aromatik birikmalarni gidroksi-, galogen alkilamidlar, imidlar va nitrillar bilan amidoalkillash», 02.00.03–Organik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/K1.
Ilmiy maslahatchi: Abdushukurov Anvar Kabirovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Maksumova Aytura Sitdikovna, kimyo fanlari doktori, professor; Babaev Baxrom Nurillaevich, kimyo fanlari doktori; Xaitbaev Alisher Xamidovich, kimyo fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: aromatik birikmalarni metilol-, etilol-, bromalkil amidlar, imidlar, paraform va nitrillar bilan amidoalkillash reaksiyasi mahsuloti unumi va izomer tarkibiga turli omillarning ta’siri va mahsulotlarning qo‘llanilish sohalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba aromatik birikmalarning galogen alkilimidlar bilan kam miqdordagi L`yuis kislotalari ishtirokida amidoalkillash reaksiyalari fazoviy jihatdan selektiv borib, bitta mono-almashingan mahsulot yuqori unum bilan (90-97%), agar reagent sifatida β-brometilftalimid qo‘llanilsa α-almashingan izomer mahsulotlar hosil bo‘lishi aniqlangan;
aromatik uglevodorodlar, ikki atomli fenollarning efirlari va karbon kislotalarning N-metilolatsetamid, N-metilolxloratsetamid, N-metilolftalimid, N-metilolsuksinimid, β-gidroksietilftalimid, β-gidroksietilmaleinimid, atsetonitril, benzonitril va paraform bilan proton kislotalar ishtirokidagi reaksiyalar natijasida yigirmadan ortiq faol alkilamid, alkilimid guruhlar tutgan hosilalari sintez qilingan;
o-, m-, p-ksilollar, nitromezitilen, benzodioksan-1,4, rezorsin va gidroxinonning efirlarini N-metilolftalimid, N-metilolatsetamid, N-metilolxloratsetamid, β-gidroksietilftalimid, atsetonitril, benzonitril va paraform bilan amidometillash reaksiyalaridan bis-hosilalar sintez qilish usullari ishlab chiqilgan;
metil, butil va nitro guruhlari tutgan aromatik birikmalarning ftalimidometil hosilalarini ishqoriy muhitda gidroliz qilish yordamida tegishli benzil aminlarini olish usullari ishlab chiqilgan;
aromatik birikma molekulasiga amidometil va imidoetil kabi biologik faol guruhlarning kiritilishi natijasida olingan mahsulotlarning St.aureus, Candida, E.coli, Salm.typhi, Ps.aeruginosa,Xanthomonas malva-cearum, Fusarium oxysporum, Aspergillus terreus, Penicillium sp., Trichoderma harzianum, Pseudomonas stutzeri kabi patogen mikroorganizmlarga qarshi bakterisidlik faolikka ega bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Aromatik birikmalarning alkilamidli va imidli hosilalari asosida yangi biologik faol birikmalar sintezi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
aromatik uglevodorodlar va almashingan fenol efirlarini kam miqdordagi FeCl3x6H2O ishtirokida regioselektiv amidoalkillash usuli F-3-116 «Fenollarni xloratsetillash bo‘yicha fundamental tadqiqotlar hamda O- va S- atsil mahsulotlar olishning regioselektiv usulini ishlab chiqish» mavzusidagi fundamental loyihaga joriy etilgan (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2016 yil 17 noyabrdagi FTK-03-13/815-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan usul tuproq patogeni bo‘lgan fuzarioz kasalligiga qarshi bakterisidlik xossalarini namoyon qiluvchi yangi fenollarning hosilalarini olish imkonini bergan;
aromatik birikmalarning amidoetil hosilalari metall qurilmalarining biokorroziya jarayoniga qarshi bioingibitorlar sifatida Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida sinovdan o‘tkazilgan (Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining 2017 yil 18 yanvardagi 01-TI/11-son ma’lumotnomasi). Sinov natijasida neft`-gazni qayta ishlash metall konstruksiya va qurilmalari ekspluatatsion samaradorligining oshishiga xizmat qilgan;
bromsirka kislotasi ftalimidoetil efirini olish tashkilot standarti
(Ts 02072392-002:2017) «O‘zstandart» agentligi tomonidan tasdiqlangan. Natijada metallar patogen mikroorganizmlarga qarshi biotsid, fungisid va bakterisid xossali preparat ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan.