Murodova Zulfiya Kayumovnaning
falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak o‘qituvchilarda metodologik madaniyatni shakllantirish texnologiyasi”,  13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Ped711.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019. Ped.78.03. 
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov Xol Jumaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Kaxxarova Matlyuba Mannopovna, falsafa fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarda metodologik madaniyatni shakllantirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. 
bo‘lajak o‘qituvchilarda metodologik madaniyatni shakllantirish jarayoni kasbiy ijodiy vazifalarni anglash, metodologik nuqtai nazarni tarkib toptirish, pedagogik nazariyalardagi qarama-qarshiliklarning sabablarini aniqlash, metodologik bilimlar vositasida ularga echim topish, shaxsiy pedagogik faoliyatga doir metodologik refleksiyani amalga oshirish bilan bevosita va bilvosita bog‘liq izlanishli-tadqiqotchilikka yo‘naltirilgan evristik amaliyot produktivligini ta’minlash indikatori ekanligi aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda metodologik madaniyatni shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari nazariy bilimlarni o‘zlashtirish, ijodiy va emotsional-qadriyatli munosabat tajribasini egallashga yo‘naltirilgan metodik refleksiya vositasida yangiliklarni o‘zlashtirishga doir ob’ektiv va sub’ektiv risklarni ta’sir darajasini minimallashtirishga doir o‘z-o‘zini kasbiy rivojlantirish mexanizmini belgilash asosida aniqlashtirilgan;
innovatsion fikrlash asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning metodologik madaniyatini shakllantirishning tashkiliy-funksional modeli mazkur jarayonni shartli ifoda etuvchi shaxsiy maydonni loyihalash, ijtimoiy-madaniy jarayonlarning rivojlanish tendensiyalarini anglash va baholash, mavjudlikning binar tuzilmasini uchlik strukturaga ongli “ko‘chirib o‘tkazish”ning ochiqligi va moslashuvchanligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning metodologik madaniyatini shakllantirish texnologiyasining algoritmik bosqichlari o‘quv materialini mantiqiy-didaktik va psixologik jihatdan tizimlashtirish, metodologik bilimlarni mustaqil o‘zlashtirish imkoniyatlarini kengaytirish, evristik, tadqiqotchilik, improvizatsion faoliyat uyg‘unligi dinamikligini ta’minlashga xizmat qiluvchi integrativ tuzilmali blok-modulli tuzilmani ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarda metodologik madaniyatni shakllantirish texnologiyasi bo‘yicha olingan natijalari asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarda metodologik madaniyatni shakllantirish jarayoni kasbiy ijodiy vazifalarni anglash, ularni metodologik nuqtai nazardan tahlil qilish, pedagogik nazariyalardagi qarama-qarshiliklarni tadqiq etish, metodologik bilimlar vositasida ularni hal etish, shaxsiy pedagogik faoliyatga doir metodologik refleksiyani amalga oshirish bilan bevosita va bilvosita bog‘liq ekanligini asoslashga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 5A110901 – Pedagogika nazariyasi va tarixi magistratura mutaxassisligi uchun “Pedagogik tadqiqotlarni modellashtirish” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan  (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining  2021  yil 31 maydagi 237-son buyrug‘i, 237-220 raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda metodologik madaniyatni shakllantirishning didaktik jihatlarini ochib berishga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda metodologik madaniyatni shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari, innovatsion fikrlash asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning metodologik madaniyatini shakllantirish jarayonini shartli ifoda etuvchi shaxsiy maydonni loyihalash, ijtimoiy-madaniy jarayonlarni anglash, tahlil etish va baholashga o‘rganish, mavjudlikning binar tuzilmasini uchlik strukturaga ongli “ko‘chirib o‘tkazish”ni ta’minlovchi tashkiliy-funksional model 5A110901 – Pedagogika nazariyasi va tarixi magistratura mutaxassisligi uchun “Pedagogik tadqiqotlarni modellashtirish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmunida aks etgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining  2021  yil 31 maydagi 237-son buyrug‘i, 237-220 raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda metodologik madaniyatni shakllantirish jarayonini modellashtirishning mantiqiy-tuzilmali komponentini takomillashtirishga xizmat qilgan;
o‘quv materialini mantiqiy-didaktik va psixologik tahlil qilish, bilimlarni rivojlantirish, produktiv vazifalarni ishlab chiqishga doir evristik, tadqiqotchilik, improvizatsion faoliyat turlarini tizimlashtirish asosida dinamiklikni ta’minlashga xizmat qiluvchi integrativ tuzilmali blok-modulli texnologiya  5A110901 – Pedagogika nazariyasi va tarixi magistratura mutaxassisligi uchun “Pedagogik tadqiqotlarni modellashtirish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining  2021  yil 31 maydagi 237-son buyrug‘i, 237-220 raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda metodologik madaniyatni shakllantirishning amaliy-texnologik tizimini takomllashtirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish