Xusanov Zafar Jo‘raqulovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘quvchilarning mustaqil faoliyati hamda elementar fizikani qisqa muddatda takrorlash va qayta o‘rganish metodikasi”,13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1684.
Ilmiy rahbar: Tursunmetov Komiljon Axmedovich,fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Husniddin Oltinboevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Nurillaev Bobomurot Najmitdinovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quvchilarning elementar fizikani qisqa vaqtda intensiv ravishda takrorlash va qayta o‘rganishmetodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qisqa muddatda takrorlash va qayta o‘rganish asosida fizikaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayonining mantiqiy-tuzilmaviy va tashkiliy-pedagogik sxemasini ishlab chiqish orqali o‘quvchilar mustaqil faoliyatining motivatsion, differensial va kreativlik funksiyalari kengaytirilgan; 
o‘quvchilarda fizika kursining “elektr va magnetizm” va“optika” bo‘limlariga oid bilim va tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan “uy-tajriba” topshiriqlar majmuasini sinf-dars tizimida amalga oshirish orqali qisqa muddatda takrorlash va qayta o‘rganish jarayonining tarkibiy tuzilmasimazmuni takomillashtirilgan;
fizik masalalarni echishda “tahlil-muammo–faoliyat–natija”va intensivlik tamoyillari asosida mavzuga oid relevant ma’lumotlarni izlash va tahlil qilish hamdanoma’lum parametrlarni hisoblashda “reja tuzish”, “kontent bilan ishlash” va“erkin tasavvur” kabi metodlarni qo‘llash orqali darsdan tashqari vaqtlarda o‘quvchilarning fizikanio‘rganish metodikasi takomillashtirilgan;
elementar fizikani qisqa vaqtda takrorlash va qayta o‘rganishda o‘quvchilarning fizikaviy laboratoriyalarni mustaqil o‘tkazishi va masalalarni echish ko‘nikmalarini rivojlantirishga ustuvorlik berish asosidamoslashuvchanlik, kommunikativlik va intellektuallik kabi o‘quv-bilish qobiliyatlarini shakllantirishning uslubiy ta’minoti takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarning mustaqil faoliyati hamda elementar fizikani qisqa muddatda takrorlash va qayta o‘rganish metodikasibo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
elementar fizikani mustaqil qisqa muddatda takrorlash va qayta o‘rganish faoliyatining tashkiliy-pedagogik shartlari o‘quvchilarda fizik bilim, ko‘nikma va malakalarni samarali rivojlantirishning xususiyatlariga oid takliflar A-1-71-raqamli “Fizika, astronomiya va boshqa turdagi ta’lim yo‘nalishlari uchun nazariy fizika kurslari bo‘yicha elektron – o‘quv – uslubiy kompleks yaratish” (2015-2017yy.) mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan(Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligini 2020 yil 11 sentyabrdagi 89-03-3243-son ma’lumotnomasi).Natijada umumiy o‘rta maktab, o‘rta – maxsus ta’lim muassasalari o‘quvchilarining elementar fizikani o‘rganishga, bilimlarini chuqurlashtirishga va tizimlashtirishga xizmat qilgan;
o‘quvchilarning fizika fanidan mustaqil o‘quv faoliyatini tashkil etish komponentlari mustaqil ish jarayonining  mohiyatini ochib berish hamda fizikaning “Elektr va magnetizm”, “Optika” bo‘limlariga oid tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayoni uy-tajriba vazifalarini amalga oshirishning texnologik tarkibiy tuzilmasiga oid takliflardan “Fizikani takrorlang” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta muxsus ta`lim vazirligining 2007 yil 9 fevraldagi 24 buyrug‘i, №0612). Natijada respublikamizdagi umumiy o‘rta maktab va akademik lisey bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalariga kirish test-sinovlariga tayyorlanish imkoniyatiga ega bo‘lgan;
elementar fizikani qisqa vaqtda intensiv ravishda takrorlash va qayta o‘rganishda o‘quvchilarning qobiliyatlari ijodiy-inteluktual masalalarni echish ko‘nikmalarini rivojlantirishga doir taklif va tafsiyalaridan “Umumiy fizika kursidan savol va masalalar to‘plami” hamda “Fizika fanidan tajriba ishlarini bajarish bo‘yicha o‘quv qo‘llanma” nomli o‘quv qo‘llanmalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligining 2019 yil 2maydagi 394-son buyrug‘i,№394-307, O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligining 2020 yil 6oktyabrdagi 522-son buyrug‘i, №522-018). Natijada o‘quvchilarning fizikani o‘rganish va qisqa vaqtda takrorlash, bilimlarinitizimlashtirish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish