Qarshieva Dilbar Eshpo‘latovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Klaster vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy kompetensiyani shakllantirishning pedagogik asoslari (maktab malakaviy amaliyoti misolida)”, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2021.2.PhD/Ped2445.
Tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Xodjamqulov Umid Negmatovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Djumabaeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori;Raximov Baxtiyor Xudoykulovich,pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangandavlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi klaster yondashuviga asoslangan maktab malakaviy amaliyoti vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasini shakllantirishning pedagogik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari talabalarning motivatsion va intellektual o‘quv-bilish faoliyatini malakaviy amaliyot bilan integratsiyalash mezonlari hamda kompetentlikka asoslangan ko‘p bosqichli malakaviy amaliyot mexanizmlarini pedagogik ta’lim o‘quv jarayoni mazmuniga izchillik, uzviylik va uzluksizlikni ta’minlagan holda singdirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari talabalardagi motivatsion, intellektual, faoliyatli o‘quv-bilish faoliyatini malakaviy amaliyot bilan integratsiyalash mezonlari hamda kompetentlikka asoslangan malakaviy amaliyot mexanizmlarini pedagogik ta’lim o‘quv jarayoni mazmuniga izchillik, uzviylik va uzluksizlikni ta’minlagan holda singdirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning malakaviy amaliyot vositasida kasbiy kompetentligini shakllantirishda Evropa “maktab klasteri” (European “School cluster” structure – ESC) dan foydalanishning matnli, audiovizual, yordamchi, modelli didaktik imkoniyatlari pedagogik ta’lim innovatsion klasterining tabiiy aloqadorlik, yo‘naltirilganlik, maqsadning umumiyligi kabi tamoyillarini maktab malakaviy amaliyot jarayonida variativ asosda qo‘llash orqali ochib berilgan;
klaster yondashuvi vositasida kasbiy kompetentlikka asoslangan maktab malakaviy amaliyoti modeli va uning kasbga yo‘naltiruvchi-adaptiv, integrallashgan tashkiliy komponentlari bo‘lajak o‘qituvchi kognitiv faoliyatining tanishuv-bilish, tushunish-qo‘llash, tahlil-umumlashtirish, refleksiya-baholash algoritmik bosqichlarini tizimlashtirish asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogik ta’lim innovatsion klasterining ilmiy-nazariy asoslari va uni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari, talabalarning o‘quv-bilish faoliyatini malakaviy amaliyot bilan integratsiyalash mezonlari, kompetentlikka asoslangan malakaviy amaliyot mexanizmlarini o‘quv jarayoni mazmuniga singdirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar 5110600 – Tarix o‘qitish metodikasi ta’lim yo‘nalishi Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda hamda “Ozarbayjon-O‘zbekiston: adabiy aloqalarning o‘rni va ahamiyati” nomli amaliy loyiha mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 25 avgustdagi 02-07-2148/04-son dalolatnomasi hamda Ozarbayjon Fanlar Akademiyasi Nizomiy nomidagi adabiyot institutining 2020 yil 10 maydagi 67-son dalolatnomasi). Natijada amaliyotchi-talabalarda kasbiy kompetensiyani shakllantirishga oid fanlararo va xususiy kompetensiyalar tizimi takomillashtirilgan;
pedagogik ta’lim innovatsion klasterining tamoyillarini maktab malakaviy amaliyotida qo‘llash asosida ochib berilgan bo‘lajak o‘qituvchilarning malakaviy amaliyot vositasida kasbiy kompetentligini shakllantirishda Evropa “maktab klasteri” strukturasi (European “School cluster” structure – ESCS)dan foydalanishning matnli, tasvirli, audiovizual, yordamchi, modelli didaktik imkoniyatari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy metodik taklif va tavsiyalar “Markaziy Osiyoda kasbiy ta’limni rivojlantirish” nomli grant loyihasi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat agrar universiteti 2021 yil 6 avgustdagi №1/4-1-2340-son ma’lumotnomasi hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 25 avgustdagi 02-07-2148/04-son dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning malakaviy amaliyot jarayonida kasbiy kompetentligini shakllantirish strukturasi xorijiy mexanizm va didaktik imkoniyatlar bilan boyitishga erishilgan;
klaster yondashuvi vositasida kasbiy kompetentlikka asoslangan maktab malakaviy amaliyot modeli va uning tashkiliy komponentlari (kasbga yo‘naltiruvchi-adaptiv amaliyot, integrallashgan amaliyot, kasbiy tajriba amaliyoti) bo‘lajak o‘qituvchi kognitiv faoliyatining tanishuv-bilish, tushunish-qo‘llash, tahlil-umumlashtirish, refleksiya-baholash algoritmik bosqichlari bo‘yicha bildirilgan ilmiy xulosalar “Kasbiy ta’lim mazmunini modernizatsiyalash asosida o‘qituvchilar kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyasi” hamda “Yoshlarni umummilliy qadriyatlarimizga xos tarbiyasini shakllantirish texnologiyasi va metodikasini ishlab chiqish” nomli amaliy loyihalar mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 25 avgustdagi 02-07-2148/04-son dalolatnomasi va Qarshi davlat pedagogika universitetining 2021 yil 2 iyuldagi 04-2174-son dalolatnomalari). Natijada pedagogik oliy ta’lim muassasalarida kasbiy kompetentlikka asoslangan malakaviy amaliyotni, shuningdek, oliy ta’lim va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni tashkil qilish mexanizmlari hamda o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirish imkoniyatlari takomillashtirilgan;
klaster yondashuvi vositasida kasbiy kompetentlikka asoslangan maktab malakaviy amaliyotining o‘quv-uslubiy ta’minoti (o‘quv-metodik manbalar, didaktik vositalar, elektron ta’lim resurslari, baholash mezonlari)ni variativlikka yo‘naltirilgan o‘quv jarayonini kompleks loyihalash va ergonomik talablarning tabiiy, ijtimoiy-psixologik, texnik-tashkiliy shakllari asosida takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiya va xulosalardan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar uchun”, “Bolalar va biz” nomli radio eshittirishlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali DUKning 2021 yil 9 avgustdagi 04-25-1301-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kasbiy kompetentlikka asoslangan maktab malakaviy amaliyotining o‘quv-uslubiy ta’minoti nazariy-amaliy jihatdan boyitilgan hamda o‘quv jarayonini kompleks loyihalash ishlari takomillashtirilgan.