Rashidova Nargiza Baxtiyarovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston ta’lim sohasidagi arabizmlarning leksik-semantiktahlili”, 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2018.3.PhD/Fil 603.
Ilmiy rahbar: Abdirashidov Zaynabiddin Sharabiddinovich,filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01 (bir martalik).
Rasmiy opponentlar: Muxtarov Timur Askadovich, filologiya fanlari doktori, professor; Saidiraximova Nasiba Sayidmaxamadovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilidagi ta’lim tizimiga xos arabizmlarning leksik-semantik xususiyatlarini aniqlash, soha terminlari sifatidagi qo‘llanish darajasini aniqlash, arab tili va o‘zbek tili lug‘at fondi tarkibidagi semantik taraqqiyot xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilidagi ta’lim sohasiga oid arabizmlarning o‘zlashish omillari ilk bor monografik planda aniqlangan va o‘zbek tili ta’lim sohasidagi arabizmlarning leksik-semantik jihatlari hamda lingvostatistik xususiyatlari ochib berilgan;
ta’limga oid arabizmlarning leksik-semantik tasnifi, arabizmlarning ta’lim sohasi terminlari sifatidagi kommunikativ funksiyasi belgilangan, ularning muloqot jarayonidagi dennotativ va konnotativ ma’nolari, ularning qo‘llanilishida oydinlashuvchi pragmatik vazifalari ko‘rsatilib, arabizmlarning semantik taraqqiyotidagi o‘zgarishlari asoslangan;
arabizmlar semantikasidagi asliy va yondosh ma’nolarning shakllanishi aniqlangan, semalar taraqqiyoti izohlangan, ta’limga oid arabizmlar o‘zakdoshlik qatorlari kesimida berilib, o‘zakdoshlik qatorlari uzvlari semantikasi ochib berilgan va ularning so‘z yasalish tizimidagi funksional o‘rni dalillangan;
ta’lim sohasidagi arabizmlar tezaurusi uchun tematik guruhlarga ajratilgan muayyan leksik birliklar hamda ularning semantik va leksikologik jihatdan differensiyalarini aniqlash imkoniyatlariga ega ma’lumotlar bazasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ta’lim sohasidagi arabizmlarning tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek tilining ta’lim terminologiyasining shakllanishi, rivojlanishi va hozirgi holati tahlili, badiy atamalarning semantik xususiyatlari, jumladan, ta’lim, tajriba, ta’zod va boshqa atamalarga oid ilmiy-nazariy xulosalardan 4-57 raqamli “Ozarbayjon-O‘zbekiston: adabiy aloqalarining o‘rni va roli” (2018-2019) mavzusidagi amaliy loyihaning nazariy qismida foydalanilgan (Ozarbayjon Fanlar Akademiyasi Nizomiy nomidagi adabiyot institutining 2020 yil 10 apreldagi 47-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek-ozar adabiy aloqalarining shakllanishi va tadrijidagi o‘zaro mushtarakliga oid qarashlarning boyishiga asos bo‘lgan;
ta’lim sohasidagi arabizmlarni o‘rganish natijalari, o‘zbek tilidagi o‘zlashma so‘zlarning, jumladan muallim, ilm, ta’lim, olim, saboq, maorif, muassasa, dars, madrasa, ma’ruza, kitob, maktab, fankabi ta’lim sohasiga oid o‘zbek tiliga xos bo‘lgan leksemalarning semantik tuzilmalari, semantik va konnotativ ma’nolarining shakllanishi borasidagi ilmiy-nazariy xulosalardanA-OT-2019-10 raqamli ”O‘zbek tilida neyming: me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratish" (2019-2020) mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2021 yil 07 iyuldagi 04/ 1-1232-son ma’lumotnomasi).Natijada o‘zbek tilidagi nomlarni tahlil qilish va ularning me’yoriy asoslarini o‘rganishga xizmat qilgan;
ta’limga doir arabizmlarning o‘zbek leksikografiyasida dastlabki terminologik lug‘atlarning yaratilishini izohlashda, ta’lim sohasiga oid terminlari atov birliklarining lug‘atlardagi tavsifi masalasini yoritishda, terminlarning lingvostatistik xususiyatlarini izohlashda, ta’lim sohasi terminlarining korpus tahlili muammolarini tavsiflashda, ta’lim sohasiga oid terminlarining tarixiy taraqqiyot bosqichlaridagi tadrijiy takomilini ko‘rsatishda ilgari surilgan ilmiy asoslangan nazariy xulosalardan OT-A1-018 raqamli “O‘zbek tili va uning tarjimasi bilan bog‘liq elektron va bank-moliya terminlarining ko‘p tilli lug‘atlarini yaratish” (2017-2018)mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2021 yil 07 iyuldagi 04/ 1-1232-son ma’lumotnomasi). Natijada bank-moliya terminlarining o‘zbek tiliga o‘zlashishi, ularning lingvostatistik xususiyatlarini izohlashga oid nazariy qarashlar boyishiga asos bo‘lgan;
ta’lim sub’ektini ifodalovchi leksemalarning o‘zbek tili tarixidagi o‘rni, o‘zlashma so‘zlarning, xususan, arabizmlarning kirib kelishi, arab yozuvidagi manbalar, ularning madaniy-ma’rifiy ahamiyatiga doir ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” teleradiokanalining “Taqdimot” va “Mavzu” ko‘rsatuvlarining ssenariylarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 10 martdagi 01-14-371-son ma’lumotnomasi). Natijada dasturlar uchun tayerlangan materiallar mazmuni nazariy va amaliy ma’lumotlar bilan boyitilgan.