Abdulloev Shaxobidin Xasanboevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Temir(III) asosidagi ayrim geterometallik biologik faol karboksilat kompleks birikmalar va ularni sinflash», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2021.1.DSc/K102.
Ilmiy maslahatchi: Askarov Ibrohim Raxmonovich kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.K/T.04.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Maxsumov Abduxamid Gafurovich, kimyo fanlari doktori, professor; Umarov Baqo Bafoevich, kimyo fanlari doktori, professor; Ziyadullaev Odiljon Egamberdievich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: temir(III) asosidagi geterometallik okso-markazlashgan karboksilatlarni sintez qilish usullarini ishlab chiqish, ajratib olish, xossalarini aniqlash va ular asosida biogen metallar tutgan yangi biostimulyatorlar yaratish hamda olingan moddalarni TIF TN bo‘yicha sinflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor uch yadroli geterometallik aralash oksidlanish darajali karboksilat komplekslarni sintez qilish usullari ishlab chiqilgan; 
umumiy formulasi [Fe+32M2+O(RCOO)6L3]∙nL (bu erda M = VO, Mn, Fe, Co, Ni, Cu, yoki Zn; R = -CH3, -C2H5, -CH2Cl, -CH2Br, -CH2J, -CCl3, -C5H5NCH2, -CH2(NH2), -CH3CH(NH2), (CH3)2CHCH(NH2)-, (CH3)2CHCH2CH(NH2)-, n-Fc(CSNH2)-C6H4-; L = H2O, C5H5N, C7H9N, C9H7N) bo‘lgan 59 ta okso-markazlashgan karboksilatlar sintez qilinib, ilk bor yangi poliyadroli kompleks birikmalar sinfi asoslangan; 
sintez qilingan geterometalik µ3-okso-karboksilatlar molekulyar strukturalarining geometrik parametrlarini kvant-kimyoviy hisoblash amalga oshirilib, hisoblangan natijalar eksperimental ravishda RSA usuli bilan o‘lchangan parametrlar bilan mos kelishi aniqlangan;
olingan okso-karboksilatlarning EPR spektrlari va magnit qabulchanligini keng temperatura oralig‘ida o‘lchash asosida ichkimolekulyar antiferromagnit almashinish ta’sirlashuvlar mavjudligi va moddalaring μ3-oksoklaster tuzilishga ega ekanligi asoslangan;
geterometallik μ3-okso-karboksilatlarning YaGR spektrlarini tadqiq etish asosida Fe3+ ionlarining oktaedrik o‘ramda, yuqori spinli holatda ekanligi, kvadrupol` ajralish qiymatiga geterometall hamda ligandlar tabiatining ta’sir etish mexanizmi aniqlangan;
ilk bor sintez qilingan geterometallik karboksilatlarning IQ spektrlarini kvant-kimyoviy hisoblash metodidan foydalanib, birikmalarning izostrukturligi va μ3-oksoklaster tuzilishga ega ekanligi asoslangan;
derivatografik va konduktometrik analiz asosida uch yadroli geterometallik okso-karboksilatlarning qattiq holatdagi va eritmadagi barqarorligiga geterometall M tabiatining ta’sir etish qatori aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Temir(III) asosidagi ayrim geterometallik biologik faol karboksilat kompleks birikmalar va ularni sinflash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tarkibida temir bilan birgalikda marganes va rux saqlagan geterobimetallik oksomarkazlashgan karboksilat hamda glisinat komplekslar asosida jo‘jalar tirik vaznini oshiruvchi «Asfer-M», «Asglifer-M» va «Asglifer-R» preparatlari Farg‘ona viloyati parrandachilik xo‘jaligida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 17 martdagi 04/032-1149-son ma’lumotnomasi). Natijada, jo‘jalarning tirik vaznini odatdagidan 8,7-10,9 % ga oshirish imkonini bergan;
temir(III) asosidagi geterobimetallik oksomarkazlashgan karboksilat komplekslar asosida «Asfer-N» va «Asglifer-RN» biostimulyatorlari Andijon viloyati fermer xo‘jaliklari hamda Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Farg‘ona ilmiy tajriba stansiyasining jami 543,3 gektar g‘o‘za maydonlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 24 apreldagi 04/032-268 ma’lumotnomasi). Natijada, amaldagi «MAKSIT-1» ga nisbatan gektaridan qo‘shimcha 2,8-3,2 s, nazoratga nisbatan esa 4,9-5,1 hosil olish va iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan;
tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha monometallik uch yadroli oksomarkazlashgan karboksilat komplekslar va ularning hosilalari uchun - 2915 90 000 2, geterobimetallik uch yadroli oksomarkazlashgan karboksilat komplekslar va ularning hosilalari uchun - 2915 90 000 3, geterotrimetallik uch yadroli oksomarkazlashgan karboksilat komplekslar va ularning hosilalari uchun -  2915 90 000 4, to‘rt va undan ko‘p yadroli oksomarkazlashgan karboksilat komplekslar va ularning hosilalari uchun - 2915 90 000 5 tovar kodlari Davlat bojxona amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021 yil 29 yanvardagi 1/16-038-son ma’lumotnomasi). Natijada, ayrim monometallik, geterobimetallik, geterotrimetallik uch yadroli hamda to‘rt va undan ko‘p yadroli oksomarkazlashgan karboksilat komplekslar va ularning hosilalarini sinflash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish