Abduxamidov Sarvar Adxamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqaviy turizmning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PHD/Iqt323.
Ilmiy rahbar: Tuxliev Iskandar Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/30.2019.I.18.01
Rasmiy opponentlar: Navruz-zoda Baxtiyor Negmatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Doschanov Tangirbergen, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli iqtisodiyotga o‘tish sharoitida mintaqaviy turizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiya va takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“turizm” va “mintaqaviy turizm” tushunchalarining ekologik, tabiiy-iqlimiy, madaniy va tarixiy turistik resurslar xususiyatlarini inobatga olgan holda yangi tahrirdagi takomillashgan ta’rifi ishlab chiqilgan;
mintaqalarning turistik salohiyatidan yuqori darajada foydalanish, turistik oqimning barqaror o‘sishiga erishish, turistik oqimi past bo‘lgan hududlar reyting darajasini oshirish maqsadida O‘zbekiston hududlari “Sharqiy”, “Shimoliy-sharqiy”, “Janubiy”, “Markaziy” va “Shimoliy-g‘arbiy” turizm mintaqalariga rayonlashtirilgan;
mintaqada turizmning barqaror rivojlanishini ta’minlaydigan, tashkiliy jihatdan turizm sohasining unga yondosh tarmoqlar bilan birgalikdagi rivojlanish yo‘nalishini belgilaydigan va klaster tarkibiy qismlarining rivojlanishi uchun samarali iqtisodiy sharoit yaratuvchi “Mintaqaviy turizm klasteri”ning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi ishlab chiqilgan;
mamlakatimizning turistik salohiyati va jozibadorligi aks ettirilgan veb-saytlarni o‘zida birlashtirib, xalqaro turizm bozori uchun raqobatbardosh turistik mahsulotni shakllantirishda turistlarning buyurtmali turlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish imkoniyatini yaratadigan “Mintaqaviy turizm portali”ning tuzilishi va umumiy arxitekturasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mintaqaviy turizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
“turizm” va “mintaqaviy turizm” tushunchalarining ekologik, tabiiy-iqlimiy, madaniy va tarixiy turistik resurslar xususiyatlarini inobatga olgan holda yangi tahrirdagi takomillashgan ta’rifi 5610300-“Turizm (xalqaro va ichki turizm)” ta’lim yo‘nalishining talabalari uchun tayyorlangan “Mintaqaviy turizm” nomli o‘quv qo‘llanmaga kiritilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 noyabrdagi 1023-sonli buyrug‘i, 1023-0872 raqamli guvohnoma). Ilmiy natija turistik xizmatlar sohasida “turizm” va “mintaqaviy turizm” tushunchalarning ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini tizimli va kengroq tushunishini ta’minlash orqali o‘qitish sifatini oshirishga erishilgan;
mintaqalarning turistik salohiyatidan yuqori darajada foydalanish, turistik oqimning barqaror o‘sishiga erishish, turistik oqimi past bo‘lgan hududlar reyting darajasini oshirish maqsadida O‘zbekiston hududlari “Sharqiy”, “Shimoliy-sharqiy”, “Janubiy”, “Markaziy” va “Shimoliy-g‘arbiy” turizm mintaqalariga rayonlashtirish taklifi Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan “2019-2020 yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar” dasturi hamda “Yo‘l xaritalari”da belgilangan vazifalarning amalga oshirilishida foydalanilgan (Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining 2020 yil 1 maydagi 02-16/2505-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish mintaqa tarkibiga kiruvchi barcha viloyatlarning turistik salohiyatidan samarali foydalanish, har bir mintaqalarda turistlarning bo‘lish davomiyligi, majmuali va mavzuli turistik marshrutlar ishlab chiqish darajasini oshirgan;
mintaqada turizmning barqaror rivojlanishini ta’minlaydigan, tashkiliy jihatdan turizm sohasining unga yondosh tarmoqlar bilan birgalikdagi rivojlanish yo‘nalishini belgilaydigan va klaster tarkibiy qismlarining rivojlanishi uchun samarali iqtisodiy sharoit yaratuvchi “Mintaqaviy turizm klasteri”ning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan “2019-2020 yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar” dasturi hamda “Yo‘l xaritalari”da belgilangan vazifalarning amalga oshirilishida foydalanilgan (Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining 2020 yil 1 maydagi 02-16/2505-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish, yangi yo‘nalishlardagi turistik mahsulotlarni ishlab chiqishda mintaqalarning qamrab olinish darajasini oshirish hamda turizmni mintaqaviy darajada tashkil qilish va rivojlantirishga xizmat qilgan;
mamlakatimizning turistik salohiyati va jozibadorligi aks ettirilgan veb-saytlarni o‘zida birlashtirib, xalqaro turizm bozori uchun raqobatbardosh turistik mahsulotni shakllantirishda turistlarning buyurtmali turlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish imkoniyatini yaratadigan “Mintaqaviy turizm portali”ning tuzilishi va umumiy arxitekturasi Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan “2019-2020 yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar” dasturi hamda “Yo‘l xaritalari”da belgilangan vazifalarning amalga oshirilishida foydalanilgan (Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining 2020 yil 1 maydagi 02-16/2505-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish turistlarning mamlakat milliy turistik mahsulotlari va jozibador turistik hududlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishlari uchun imkoniyat yaratib, turistik mahsulotning jozibadorligi va mamlakatimizga tashrif buyuruvchi potensial turistlar oqimining barqaror o‘sishiga yordam bergan.