Nazarova Nigora Boxodirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ionlashtiruvchi nurlanish generatorlari bilan ishlaydigan personalni radiatsiyadan himoyalashni optimallashtirish», 14.00.07 – Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib551.
Ilmiy rahbar: Zaredinov Damir Arifovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona jamoat salomatligi va tibbiyot instituti, PhD.04/30.09.2020.Tib.122.01.
Rasmiy opponentlar: Xashirbaeva Dinora Makkambaevna, tibbiyot fanlari doktori; Xamrakulova Mukaddasxon Askarovna, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ionlashtiriuvchi nurlanish generatorlari bilan ishlaydigan xodimlarni radatsiyadan himoyalash tartibini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Toshkent shahar, Toshkent va Farg‘ona viloyatlaridagi tibbiy muassasalarning radiatsion himoyasi, rentgenologik tekshirishlar xizmat ko‘rsatuvchi tibbiy xodimlar uchun eng yuqori xavf radiatsion xavf yo‘l qo‘yilgan darajadan 4; 3,8 va 3,7 marta yuqoriligi asoslangan;  
tabiiy va sun’iy bo‘lgan barcha qiymat xosil qiluvchi ionlanuvchi manbalaridan rentgenolog-shifokorlar va rentgen laborantlarni nurlanishini individual va jamoaviy qiymatini shakllanish qonuniyatlari, Toshkent va Farg‘ona viloyatidagi barcha qiymat hosil qiluvchi omillardan xodimlarni nurlanishini jamoaviy miqdori isbotlangan;
pilot viloyatlaridagi onkologik kasalliklarni o‘rtacha yillik darajasi 100 ming aholiga 60-194 holatni, korrelyasion tahlil samarali qiymatdan kasallanishni to‘g‘ri kuchsiz bog‘liqligi (r=0,28) asoslangan;
ionlanuvchi nurlanishning tabiiy va sun’iy manbalaridan xavfli xosilalarni yuzaga kelishini radiatsion xavfi har 10 ming axoliga nisbatan butun hayoti davomida jamoaviy miqdor samarasida 500 saraton bilan yakunlanuvchi o‘lim va 92 davolanuvchi saraton kasalligi yuzaga kelishi, xavf koeffisienti 70 yil davomida Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida 268 va 128 holat hamda Toshkent shahrida – 123 holatga tengligi isbotlangan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ionlantiruvchi nurlanish generatorlari bilan ishlaydigan personalni radiatsiyadan himoyalashni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
«Rentgen xonalarida ishlovchi xodimlar uchun yo‘riqnoma» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 18 iyundagi 1-son ma’lumotnomasi). Natijada rentgen xonalari ishlovchilarining ionlantiruvchi nurlanishini oldini olish chora-tadbirlari va nurlanishini oldini olishga qaratilgan gigienik tavsiyalar ishlash chiqish imkonnini bergan;
Ionlantiruvchi nurlanish generatorlari bilan ishlaydigan personalni radiatsiyadan himoyalashni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shahar sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi xizmati, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari xududiy sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi xizmati radiologik laboratoriyalari amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 18 iyundagi 1–son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi tibbiy xodidimlarni nurlanishini oldini olish ta’minlash hamda xodimlar orasida onkologik kasalliklarning tarqalishini kamaytirish va radiatsion xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan gigienik chora–tadbirlar ishlab chiqish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish