Sitmuratov Shuxrat Tengelovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi va ekzogen o‘sish modellari”, 08.00.06 – Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt703.
Ilmiy rahbar: Shodiev Tursun Shodievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Ruzmetov Baxtiyar, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Isakov Janabay Yaqipbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyotining barqaror rivojlanish va o‘sish sur’atlarini ekzogen ekonometrik modellar asosida tahlil qilish hamda takomillashtirishga yo‘naltirilgan nazariy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda investisiya va innovatsiyalarning kovariatsion bog‘liqliklarni aniqlash asosida raqobatbardoshlikni oshirish imkoniyatlarini aniqlash uslubiyati takomillashtirilgan;
makroiqtisodiy indikatorlarni elektron tarzda tahlil qilishning retrospektiv davr va hozirgi holati hamda iqtisodiy jarayonni tasodifiy omillar ta’siridan holi ekanligini inobatga olgan rekursiv va ekzogen ko‘p omilli ekonometrik modellari ishlab chiqilgan; 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi yalpi hududiy mahsuloti tarkibini tarmoqlar va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini  barqaror rivojlanishini modellashtirishning logistik ishlab chiqarish funksiyalari taklif etilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda ekzogen omillarni va ishlab chiqarishda mahalliylashtirishni  e’tiborga olgan holda 2021-2029 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi va ekzogen o‘sish modellari  bshhyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Makroiqtisodiy indikatorlarni elektron tarzda tahlil qilish, sintezlash va prognozlash usul va ilmiy yondashuvlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyotining ekologik holatini, o‘ziga xos xususiyatlarini, retrospektiv davr va hozirgi holatini ifodalaydigan rekursiv va ekzogen ko‘p omilli ekonometrik modellari Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 1 iyundagi 06/636a-son ma’lumotnomasi). Natijada iqtisodiyotda boshqarishning bozor mexanizmlarini joriy etish va uning real sektori holati, ichki va tashqi bozorlari kon’yukturasi hamda mintaqaviy rivojlanish tendensiyalari bilan bog‘liq holda mintaqaviy iqtisodiyotni 2025 va 2030 yillarga mo‘ljallangan rivojlantirish strategiyasini shakllantirishga xizmat qilgan va uzoq muddatli ssenariylar tabiiy, ishchi, moliyaviy resurslarni samarali taqsimlashni hamda ularni o‘rtacha 10-13 foizga tejashni ta’minlagan.
makroiqtisodiy ekzogen modellar asosida iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda investisiya va innovatsiyalarning kovariatsion bog‘liqliklarni aniqlash asosida raqobatbardoshlikni oshirish imkoniyatlarini aniqlash uslubiyati “investision faoliyatni va yuqori texnologiyali iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘limi” tomonidan makroiqtisodiy prognozlarni shakllantirish jarayonida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 1 iyundagi 06/636a-son ma’lumotnomasi). Natijada mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirish va uning raqobatbardoshligini oshirish rezervlarini topish, kapital, mehnat va tabiiy resurslardan foydalanish darajasining xolatini miqdor va sifat jihatdan tahlil etish, xorij investisiyalarini jalb qilish, barcha omillarning samaradorligini (Total Factor Productivity) aniqlash, yalpi hududiy mahsulot tarkibini optimallashtirish kabi ishlanmalar yaratilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi yalpi hududiy mahsuloti tarkibini tarmoqlar va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari asosida mutanosib, barqaror rivojlanishini modellashtirish maqsadida dinamik, logistik ishlab chiqarish funksiyalari “investision faoliyatni va yuqori texnologiyali iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘limi” tomonidan makroiqtisodiy prognozlarni shakllantirish jarayonida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 1 iyundagi 06/636a-son ma’lumotnomasi). Natijada barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, sanoat salohiyatini mustahkamlash va mintaqani kompleks rivojlantirish uchun investisiyalarni jalb qilish sohalari aniqlangan, faol investisiya siyosati yuritishga imkon yaratilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishning ekzogen omillarni, ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirishni e’tiborga olgan holda mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari “investision faoliyatni va yuqori texnologiyali iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘limi” tomonidan makroiqtisodiy prognozlarni shakllantirish jarayonida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 1 iyundagi 06/636a-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2019 yilda mintaqada eksport hajmi 13,5 foizga oshgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish