Nurmuhammedov Yusuf Shakarboevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek milliy-madaniy dunyoqarashining frazeologik sath aspektidagi tahlili”, 10.00.01-O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Fil646. 
Ilmiy rahbar: Eltazarov Jo‘liboy Donaboevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Abdug‘afur Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Lutfullaeva Durdona Esonovna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ijtimoiy, moddiy va botiniy olam konseptlarini ifodalovchi frazeologik sath birliklari misolida o‘zbek milliy-madaniy dunyoqarashini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
o‘zbek tili lisoniy manzarasining frazeologik birliklar orqali ifodalangan segmentida inson ijtimoiy, moddiy va botiniy olam konseptlari aktuallashuvining milliy-madaniy, psixologik, ijtimoiy, ma’naviy, genderologik kabi xususiyatlari ochib berilgan;
frazeologik birliklar orqali ifodalangan tushuncha va tasavvurlarning konseptuallashuvi jarayonida lisoniy ong bilan konseptual ongning kognitiv-pragmatik va lingvokul`turologik farqlanishi holatlari lisoniy, etimologik, kognitiv-semantik va kognitiv-pragmatik jihatdan dalillangan;
milliy-madaniy dunyoqarash tilning funksional va struktural taraqqiyotiga mos ravishda lingvomadaniy jamoada mavjud madaniy markerligining lingvistik manbalari sifatida obrazli asos, etnosotsium tajribasi, so‘z realiyaning mavjudligi kabi lisoniy hamda so‘zlovchining his-tuyg‘ulari va gender munosabatlar kabi nolisoniy omillar asosida vujudga kelishi, bu jarayonning til birliklarida yuz beruvchi ma’no-mazmun taraqqiyotini harakatlantirib turishi asoslangan;
tilimizga xos olamning lisoniy manzarasining frazeologik birliklar orqali ifodalangan qismida ijtimoiy, moddiy va botiniy olamlariga oid konseptlar reprezentlashuvining o‘zbek lingvomadaniy jamoasiga xos tajribaning spesifikligi, so‘z-realiyalar, arxaizmlar, mifologemalar kabi lingvistik manbalarni qamrab oluvchi lingvomadaniy va freym, stereotip, geshtal`t kabi operativ birliklarga tayaniladigan lingvokognitiv jihatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek milliy-madaniy dunyoqarashining frazeologik sath aspektidagi tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
milliy-madaniy dunyoqarashning frazeologik birliklardagi reprezentatsiyasini atroflicha o‘rganish, universal konseptlar etnospesifik xususiyatlarining lingvomadaniy tahlili asosidamilliy-madaniy dunyoqarashga oid xulosalardan I-204-4-5 “Axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” mavzusidagiinnovatsion loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 fevraldagi 89-03-1038-son ma’lumotnomasi). Natijada, inson moddiy va botiniy olam konseptlarining frazeologik birliklarda shakllanishi va kognisiya jarayonlari hamda lingvomadaniy aspektlari ochib berilgan;
o‘zbek lingvomadaniy jamoasi olamining frazeologik manzarasida insonning ijtimoiy, moddiy va botiniy olam konseptlarining ob’ektivlashuv doirasida mazmun hamda ular eksplikatsiyasini ilmiyochib berishga doir taklif va tavsiyalardan “Countrystudy” nomli darsligida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 10 fevraldagi 89-03-814-son ma’lumotnomasi). Natijada, darslikni takomillashtirish va o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
lingvodidaktik amaliyotlar uchun frazeologik birliklarning lingvomadaniy potensiali,konseptlar eksplikatsiyasining lingvomadaniy jamoaga xos usullari, frazeologik birliklarni til va nutqda istifoda etish nutqiy ifodaning pragmatik imkoniyatlarini orttirishi haqidagi xulosa va tavsiyalar“Aspire (C1+)” nomli darsligida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 10 fevraldagi 89-03-814 son ma’lumotnomasi). Natijada, darslik mavzularini takomillashtirish va lingvodidaktik salohiyatni oshirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish