Mirzaev Mutalib Jo‘raevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘quvchi-yoshlar ma’naviy tafakkurini tarbiyalashda maktab, oila va mahalla hamkorlik texnologiyalari», 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Ped1078.
Ilmiy rahbar: Xudoyqulov Xol Jumaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Haydarov Mamat Eshqulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quvchi-yoshlar ma’naviy tafakkurini tarbiyalashda maktab, oila va mahalla hamkorlik texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchi-yoshlar ma’naviy tafakkurini tarbiyalashda maktab, oila va mahalla hamkorligini rivojlantirishning kognitiv, affektiv, xulq-atvor mezonlari hamda integrativ tavsifga ega ko‘rsatkichlari uzluksiz ma’naviy tarbiyani tashkil etishga qo‘yiladigan talablarning kompetensiyaviy yondashuv bilan bevosita va bilvosita aloqadorligi barqarorligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
o‘quvchi-yoshlarda ma’naviy tafakkurni tarbiyalashda maktab, oila va mahalla hamkorligini rivojlantirish modelining amaliy komponenti jarayon sub’ektlarining tarbiyaviy faoliyatini integratsiyalash, sotsiumning salbiy ta’sirini korreksiyalashga doir qisqa va o‘rta muddatli fokus-treninglarni taktik jihatdan maqbul loyihalash orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchi-yoshlar ma’naviy tafakkurini tarbiyalashda maktab, oila va mahalla hamkorligini rivojlantirishning imitatsion va noimitatsion tavsifga ega integrativ texnologiyalari milliy tarbiya usullari hamda innovatsion tarbiya shakllarini kooperativ qo‘llashga doir muammoli, analitik, amaliy vaziyatlarni adaptiv sharoitlarda moslashuv darajasini hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchi-yoshlarda ma’naviy tafakkurni tarbiyalashda maktab, oila va mahalla hamkorlik texnologiyalarini qo‘llash samaradorligini oshirish bilan bog‘liq tarbiya fani bo‘yicha dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etishning interaktiv shakllarini qo‘llash, kooperativlikka ustuvorlik berish asosida tarbiyaviy ishlar tizimida oila va mahalla hamkorligini vertikal hamda gorizontal asosda boyitishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchi-yoshlar ma’naviy tafakkurini tarbiyalashda maktab, oila va mahalla hamkorlik texnologiyalari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
o‘quvchi-yoshlar ma’naviy tafakkurini tarbiyalashda maktab, oila va mahalla hamkorligini rivojlantirishning kognitiv, affektiv, xulq-atvor mezonlari hamda integrativ tavsifga ega ko‘rsatkichlarini uzluksiz ma’naviy tarbiyani tashkil etishga qo‘yiladigan talablarning kompetensiyaviy yondashuv bilan bevosita va bilvosita aloqadorligi barqarorligini ta’minlash asosida aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 iyundagi 89-03-1967-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchi-yoshlar ma’naviy tafakkurini milliy fazilatlarga ustuvorlik berish asosida rivojlantirishga xizmat qilgan;
o‘quvchi-yoshlarda ma’naviy tafakkurni tarbiyalashda maktab, oila va mahalla hamkorligini rivojlantirish modelining amaliy komponenti, imitatsion va noimitatsion tavsifga ega integrativ texnologiyalarini takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Tarbiya” fanini o‘qitish Konsepsiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 iyundagi 89-03-1967-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchi-yoshlarda ijtimoiy kompetensiyalarni tarkib toptirish orqali ularning ma’naviy tafakkurini rivojlantirishga xizmat qilgan;
o‘quvchi-yoshlarda ma’naviy tafakkurni tarbiyalashda maktab, oila va mahalla hamkorlik texnologiyalarini qo‘llash samaradorligini oshirish bilan bog‘liq tarbiya fani bo‘yicha dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etishning interaktiv shakllarini qo‘llash, kooperativlikka ustuvorlik berish asosida tarbiyaviy ishlar tizimida oila va mahallaning hamkorligini vertikal hamda gorizontal asosda boyitishga doir taklif va tavsiyalardan PZ-20170927124. “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” (2018-2020 yy.) amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 iyundagi 89-03-1967-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktab, oila va mahalla hamkorligini rivojlantirishning integrativ texnologiyasini qo‘llash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.