Boymirov Sherzod Tuxtaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumta’lim maktabida fizikaning elektrodinamika bo‘limini muammoli o‘qitish texnologiyalarini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Ped1187.
Ilmiy rahbar: Mahmudov Yusup G‘anievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Kurbanov Mirzaaxmad, pedagogika fanlari doktori, professor; Jo‘raev Xusniddin Oltinboevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizikaning “Elektrodinamika” bo‘limini muammoli o‘qitish texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fizikaning “Elektrodinamika” bo‘limini muammoli o‘qitish texnologiyalari definisiyasi o‘quvchi mustaqil ijodiy fikrlashi tashkiliy-tuzilmaviy komponentlarining didaktik-metodik imkoniyatlari qamrovi “keys stadi”, “aqliy hujum”, “ta’lim”, “sinkveyn” kabi interfaol metodlar integratsiyasi asosida aniqlashtirilgan;
fizikaning “Elektrodinamika” bo‘limiga doir sonli, sifat, grafik, sintetik, algebraik, eksperimental, ijodiy, evristik mazmundagi masala¬larni muammoli vaziyatlar yaratish yordamida echishning tezkor usuli illyustratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
fizikaning “Elektrodinamika” bo‘limini muammoli o‘qitishda akmeologik va aksiologik yondashuvning didaktik, metodik imkoniyatlari muammoli vaziyat, muammoli echim, muammoli suhbat, muammoli tahlil asosida takomillashtirilgan;
fizikaning “Elektrodinamika” bo‘limini muammoli o‘qitish strategiya¬sini turli tipdagi muammoli masalalar echishning amaliy faoliyatlari yordamida aniqlashtirish, sifat va samaradorligini oshirishga oid pedagogik tajriba-sinov natijalari asosida metodik taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fizikaning “Elektro¬dinamika” bo‘limini muammoli o‘qitish texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
fizikaning “Elektrodinamika” bo‘limini muammoli o‘qitish texnologiyalari definisiyasi o‘quvchi mustaqil ijodiy fikrlashi tashkiliy-tuzilmaviy komponentlarining didaktik-metodik imkoniyatlari qamrovi “keys stadi”, “aqliy hujum”, “ta’lim”, “sinkveyn” kabi interfaol metodlar integratsiyasi asosida aniqlashtirilib, 8-, 10-, 11-sinflarining “Fizika” dars¬liklari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 17 fevraldagi 01/11-04/6-214-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu o‘quv¬chilarning “Elektrodinamika” bo‘limini muammoli o‘qitishga oid bilimi, ko‘nikmasi, malakasi va kompetensiyasini shakllantirishga xizmat qilgan;
fizikaning “Elektrodinamika” bo‘limiga doir sonli, sifat, grafik, sintetik, algebraik, eksperimental, ijodiy, evristik mazmundagi masalalarni muammoli vaziyatlar yaratish yordamida echishning tezkor usuli illyustratsiyalash asosida takomillashtirilib, Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 17 fevraldagi 01/11-04/6-214-son ma’lumotnomasi). Natijada, amalga oshirilgan innovatsion yondashuvga asoslangan holda, umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quv dasturlarida fizikaning “Elektrodinamika” bo‘limini muammoli o‘qitish texnologiyalari takomillashtirilgan;
fizikaning “Elektrodinamika” bo‘limini muammoli o‘qitish strategiyasini turli tipdagi muammoli masalalar echishning amaliy faoliyatlari yordamida aniqlashtirish, sifati va samaradorligini oshirishga oid olib borilgan pedagogik tajriba-sinov natijalari asosida ilmiy metodik taklif va tavsiyalardan “VIII sinf o‘quv¬chilariga elektrodinamikani muammoli o‘qitish” nomli o‘quv-metodik qo‘l¬lanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining 2019 yil 09 iyuldagi 001428-son mualliflik guvohnomasi). Na¬tijada, fizikani muammoli o‘qitish samaradorligi hamda fizika o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligi takomillashtirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish