Xudayorov Axmadjon Xaydarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasining soliq tizimi tarixi (1991-2019 yy.)”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tar493.
Ilmiy rahbar: Oblomuradov Naim Xalimovich, tarix fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Ermetov Avaz Abdullaevich, tarix fanlari doktori; Rejapov Xayrillo Xikmatullaevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1991-2019 yillarda O‘zbekiston Respublikasida soliq tizimining vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanish bosqichlari, tarixiy ildizlari hamda xalqaro munosabatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
arablar hukmronligi davrida vujudga kelgan xiroj solig‘i asrlar davomida ushr, misha, muqota, muqasama kabi ko‘rinishlarda hukmron sulolalarning olib borgan siyosati hamda davr ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda miqdor va shakl jihatdan o‘zgarib borganligi, Rossiya imperiyasi hukmronligi davrida yagona er solig‘iga aylantirilganligi dalillangan;
davlat byudjeti tushumlari orasida foyda solig‘i alohida nom bilan uchramasa-da, qadimdan hunarmandchilik ustaxonalari egalari, chorvadorlar, dehqonchilik va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanadigan mulkdorlardan undirib kelinganligi, XIX asrning o‘rtalaridan foyda solig‘i nomi bilan qo‘llanila boshlaganligi aniqlangan;
mamlakatimizda soliq tizimining birinchi bosqichida ishlab chiqarishning, daromad darajasi bo‘yicha aholini turmush darajasining pasayishi, inflyasiya, ishsizlik va soliq ob’ektlarini yashirish darajasining ko‘payishi (1991-1997 yy.), ikkinchi bosqichda soliq tizimining soliq to‘lovchi va undiruvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solinishi bo‘yicha tashkiliy huquqiy asoslarini shakllanganligi (1998-2008 yy.), uchinchi bosqichda interfaol soliq xizmatlari ko‘rsatilishi (2009-2016 yy.), to‘rtinchi bosqichda soliq yukini kamaytirish, tizimni soddalashtirish, adolatli soliq rejimiga yo‘naltirilgan soliq konsepsiyasining ishlab chiqilganligi (2017-2019 yy.) kabi to‘rt bosqichda shakllanganligi dalillangan;
mustaqillikning dastlabki yillarida soliq tizimiga o‘rta va yuqori kadrlarga, malakali mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash, rahbar kadrlar zahirasini shakllantirishga talabning yuqoriligi natijasida 1997 yildan soliq tizimi uchun kadrlar tayyorlash mexanizmi optimallashtirilganligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasining soliq tizimi tarixi oid ilmiy xulosa va takliflardan:
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi soliq turlarining tarixiy genezisi va evolyusiyasi, soliq tizimining shakllanishi va rivojlanishi, o‘ziga xos tarixiy ildizlari, takomillashuv bosqichlariga oid ma’lumotlardan “O‘zbekistonda soliqlar tarixi” o‘quv qo‘llanmasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2021 yil 6 fevraldagi 18/1-08839-son ma’lumotnomasi). Natijada Davlat soliq qo‘mitasi huzurida tashkil etilgan Fiskal institut hamda soliq texnikumlari talabalarini O‘zbekistonda soliq tizimining shakllanishi xususida yangicha qarashlarini shakllantirishga xizmat qilgan;
davlat byudjeti tushumlari orasida foyda solig‘i alohida nom bilan uchramasa-da, qadimdan hunarmandchilik ustaxonalari egalari, chorvadorlar, dehqonchilik va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanadigan mulkdorlardan undirib kelinganligi, XIX asrning o‘rtalaridan foyda solig‘i nomi bilan qo‘llanila boshlaganligi kabi natijalardan O‘zbekistonning xalqaro munosabatlarida soliq tizimi o‘rni va ahamiyati kabi masalalarda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi va hududiy kengashlari faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi markaziy kengashining 2020 yil 10 avgustdagi 01-197-son dalolatnomasi). Natijalar partiyaning ish rejasini amaliyotga joriy etish, soliq tizimi liberallashtirish uchun partiya e’tiborini yanada kuchaytirishga olib keladigan ilmiy yondashuvlarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda mustaqillik yillarida soliq tizimining shakllanishi va rivojlanishi, soliq qonunchiligi tizimi va ma’murchiligining takomillashuvi, soliq xizmatining huquqni muxofaza qilish borasidagi faoliyatining natijalari, xalqaro munosabatlarda soliq tizimining o‘rni, soliq sohasi tizimini takomillashtirishning dolzarbligi va zarurati kabi natijalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (“O’zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2021 yil 12 yanvardagi 02-40-38 – son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvda o‘z aksini topgan ilmiy materiallar teletomoshabinlarning O‘zbekistonning soliqlar tarixiga doir bilimlarini oshirishga xizmat qilgan.