Buzrukova Maxina Muxamadxonovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Iltimos nutqiy aktining pragmatik va lingvomadaniy xususiyatlari (ingliz va o‘zbek tillari materiallarida)», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fil1134.
Ilmiy rahbar: Eltazarov Jo‘liboy Danaboevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD. 03/30.12.2019.Fil/Ped.83.01.
Rasmiy opponentlar: Mirsanov G‘aybullo Qulmurodovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Sadullaeva Nilufar Azimovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi iltimosni ifodalovchi nutqiy tuzilmalarning lingvomadaniy va pragmatik xususiyatlari hamda ularning sotsiopragmatik ko‘rsatkichlarini ajratish va qiyosiy ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek va ingliz muloqot diskurslarida iltimos pragmatik vazifasini bajaruvchi birliklarning turli vaziyatlarda namoyon bo‘ladigan tillararo leksik-grammatik, uslubiy imkoniyatlar farqini aks ettiruvchi lingvomadaniy xususiyatlari kommunikativ maqsad turlari va muloqot ishtirokchilarining ijtimoiy maqomi, muloqot vaziyati va matnning yozma yoki og‘zaki turga oidligi kabi g‘ayrilisoniy hodisalar bilan bog‘liqligi asoslangan;
ingliz va o‘zbek tillari doirasida iltimos mazmunini voqelantiruvchi muloqot strategiyasi tanlovida buyruq-istak mayli shakliga ega bevosita va boshqa shakldagi tuzilmalar vositasida ifodalanadigan bilvosita nutqiy aktlarning faollashuvi lisoniy-madaniy xarakterga ega ekanligi aniqlanib, ushbu holat nutqiy faoliyat birliklarining variantlashuvini namoyon qilishi isbotlangan;
iltimos nutqiy aktini voqelantiruvchi til tizimining turli sathlariga xos birliklar va muloqot strategiyasi tanlovi iltimos mazmunining lisoniy shaklga ega bo‘lishdan oldin so‘zlovchi ongida tafakkur tuzilmasi ko‘rinishini olishi konseptual faoliyat natijasi ekanligi aniqlangan;
ingliz va o‘zbek tillari sohiblarining muloqot madaniyati hamda odob-axloqini aks ettiruvchi hurmat kategoriyasiga oid shaxslararo munosabatlarni belgilovchi lisoniy, ijtimoiy unsurlar va nutq odobini me’yorlashtiruvchi etiket birliklari iltimos nutqiy aktini voqelantirishning asosiy omili ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida iltimos nutqiy akti voqelanishining milliy-madaniy va pragmatik xususiyatlarini aniqlashda ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
iltimos pragmatik vazifasini bajaruvchi til birliklarining lingvomadaniy xususiyatlari kommunikativ maqsad turlari va muloqot ishtirokchilarining ijtimoiy mavqeyi bilan bog‘liqligi haqidagi xulosalardan Samarqand davlat universitetida bajarilgan OT-F1-138-raqamli «Temuriylar davrida yaratilgan «Xamsa»larning komparativistik tadqiqi» (loyiha rahbari prof. M. Muhiddinov) mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat universitetining 2021 yil 18 martdagi 10-783-son ma’lumotnomasi). Natijada, badiiy asarlar personajlari nutqining ijtimoiy mohiyatini namoyon qiluvchi vositalarni yoritish amallari ishlab chiqilgan;
nutqiy aktlarning lingvomadaniy andazalarini tadqiqotda ishlab chiqilgan parametrlarga asoslangan holda tadqiq qilish modelidan Ruminiyaning Oradya universitetida (University of Oradea) bajarilgan «The analyse and generation of the models and politics for regional development based on valorisation of heritage and cultural identities» mavzusidagi tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Oradya universitetining 2021 yil 16 sentyabrdagi PN-III-P1-1.2-PCCDI-2017-0686-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanishi madaniy merosning o‘ziga xos milliy xususiyatlarini aniqlash va ularni tizimli ravishda tavsiflashga imkon bergan;
iltimos nutqiy aktlarining struktur-semantik va kommunikativ pragmatik xususiyatlarini aniqlash borasida o‘tkazilgan tahlil natijalari bo‘yicha xulosalar «MAR702 - Research Methods in Tourism, Hospitality and Events», «GEOG701 – Cross Cultural Communication in Global Tourism», «MAN701 – Entrepreneurship in Tourism, Hospitality and Events», «SOC701 – Service Leadership in Hospitality» magistratura mutaxassisliklarining malaka talablariga singdirilgan (Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining 2021 yil 15 sentyabrdagi 663 - son ma’lumotnomasi). Natijada, «Matn tarjimasi va tahriri», «Mutaxassislikka oid adabiyotlar tahlili» kabi fanlarning nazariy asoslarini boyitishga zamin yaratilgan. Natijalar tatbiqi mazkur fanlarni o‘qitishning sifati va samaradorligi, talabalarning ushbu fanlar bo‘yicha bilimining oshishi va o‘quv materiallarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
til egalapi muloqot madaniyati odob - axloqini aks ettiruvchi hurmat kategoriyasiga oid unsurlar va etiket birliklari iltimos nutqiy aktini voqelantirishning asosiy omili ekanligiga oid xulosalardan Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturining 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: «O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va halqarolashtirish» nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasining nazariy asoslarini belgilashda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 15 martdagi 617/30.02.01- son ma’lumotnomasi), natijada, oliy ta’lim tizimi talabalariga madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalarni shakllantirishga doir tavsiyalar ishlab chiqilgan.