Saparniyazov Azizbek Turganbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Qoraqalpoqlar tarixining Orenburg ekspedisiyasi hujjatlarida aks ettirilishi (1734-1744 yy.)», 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD.Tar422.
Ilmiy rahbar: Djumashev Askar Mambetovich, tarix fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.20.05.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Utkir Ismailovich, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent; Saymanov Sultanbay Sirgabaevich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zR FA Xorazm Ma’mun Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Orenburg ekspedisiyasi hujjatlari asosida XVIII asr qoraqalpoq xalqining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘rta Osiyoga 1715-1725 yillarda mintaqaning mineral boyliklarini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan harbiy ekspedisiyalar natijasida qoraqalpoq erlari Rossiyadan Buxoro va Badaxshonga, so‘ng ular orqali Hindistonga boradigan rus savdogar karvonlari uchun bandargoh sifatida muhim ahamiyatga ega bo‘la boshlaganligi dalillangan;
Rossiya imperiyasi tomonidan amalga oshirilgan ekspedisiyalar doimiy xarakterga ega bo‘lmagan bo‘lsa-da, ular metropoliyaning Markaziy Osiyodagi geostrategik va tashqi iqtisodiy siyosiy manfaatlarini amalga oshirishda yordam beradigan yangi «ekspansiya vositasi» sifatida xizmat qilganligi asoslangan;
qoraqalpoq-rus munosabatlarida Rossiya imperiyasi asosan o‘lkaning tranzit savdo-iqtisodiy manfaatlarini ko‘zlagan bo‘lsa, mahalliy aholi o‘zlarini qora metall buyumlar va sanoat mahsulotlari bilan ta’minlaganliklari isbotlangan;
Orenburg ekspedisiyasining XVIII asrga oid qoraqalpoqlarning ijtimoiy-iqtisodiy hamda etnogeografik va siyosiy materiallari asosida qoraqalpoq ijtimoiy-siyosiy boshqaruv sohalarining zaif differensiyasi oqibatida hokimiyatning zaiflashuvi yuz berib, bu esa o‘z navbatida butun qoraqalpoq jamiyatining tarqoqlashuvi va davlat tuzumining tanazzuliga olib kelganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Orenburg ekspedisiyasi (1734-1744 yy.) hujjatlari asosida qoraqalpoqlar tarixini tadqiq etish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
O‘rta Osiyoga 1715-1725 yillarda mintaqaning mineral boyliklarini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan harbiy ekspedisiyalar natijasida qoraqalpoq erlari Rossiyadan Buxoro va Badaxshonga, so‘ng ular orqali Hindistonga boradigan rus savdogar karvonlari uchun bandargoh sifatida muhim ahamiyatga ega bo‘la boshlaganligi borasidagi tadqiqot natijalaridan O‘zR FA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F8-005 – «Istoriya Karakalpakstana (s drevneyshix vremen po segodnyashniy den`)» fundamental loyihasini yozish uchun foydalanilgan (2007-2011 yy.) (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2020 yil 6 iyuldagi 17.01/79-son ma’lumotnomasi). Natijada XVIII asr qoraqalpoq xalqining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tarixiga tegishli bo‘lgan masalalarni manbalar asosida yoritib berishga xizmat qilgan;
Rossiya imperiyasi tomonidan amalga oshirilgan ekspedisiyalar doimiy xarakterga ega bo‘lmagan bo‘lsa-da, ular metropoliyaning Markaziy Osiyodagi geostrategik va tashqi iqtisodiy siyosiy manfaatlarini amalga oshirishda yordam beradigan yangi «ekspansiya vositasi» sifatida xizmat qilganligi haqida ma’lumotlardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali tomonidan 2012-2014 yillarda bajarilgan A1-XT-0-92997 – «Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashning muammolari» mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2020 yil 6 iyuldagi 109-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘plab tarixiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy hodisalarni tushunishga xizmat qilgan;
qoraqalpoq-rus munosabatlarida Rossiya imperiyasi asosan o‘lkaning tranzit savdo-iqtisodiy manfaatlarini ko‘zlangan bo‘lsa-da, mahalliy aholi ushbu jarayonlarda o‘zlarini qora metall buyumlar va sanoat mahsulotlari bilan ta’minlashga xizmat qilganligi masalasiga oid ilmiy natijalardan «Qoraqalpog‘iston» Radiokanalidagi «Fan va ta’lim» axborot-ta’lim dasturidagi eshittirishi orqali aholiga, o‘quvchi yoshlarga, talabalarga, olimlarga targ‘ib etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasining 2020 yil 6 iyuldagi 01-02/139-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarda qoraqalpoq xalqi tarixiga yangicha nazar bilan qarash imkonini yaratgan.