Sayt test rejimida ishlamoqda

Jabborova Onaxon Mannapovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilari badiiy idrokini rivojlantirish (auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar misolida), 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD /Ped1066.
Tadqiqot ishi bajarilgan muassasa: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti. 
Ilmiy rahbar: Mardonov Shukurullo Qo‘ldoshevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01. 
Rasmiy opponentlar: Maxkamov Ulfatdjon Ilxomdjonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida  bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarida badiiy idrokni rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ta’lim jarayoni komponentlari uzviyligi asosida bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kreativ tafakkur va badiiy idrokini rivojlantirishning hissiy, irodaviy, intellektual, motivatsion kabi psixologik-pedagogik xususiyatlari hamda faollik, rivojlanganlik, sababiylik, natijaviylik kabi diagnostik mezonlari davlat ta’lim standartlari va malaka talablarini integratsiyalash asosida aniqlashtirilgan;
komponentli va an’anaviy yondashuvlarni qiyoslash asosida bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik ijodkorligi hamda badiiy idrokini rivojlantirish tizimining pedagogik imkoniyatlari (kasbiy faoliyatga amaliy tayyorlash va ijodiy yo‘naltirish) kasbiy qadriyatlar (shaxsiy, kasbiy va xususiy kompetensiyalar)ni auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar mazmuniga optimallashtirish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining badiiy idrok tizimini rivojlantirishning didaktik ta’minoti ishbilarmonlik o‘yinlari (tadqiqotchilik vaziyatlari, turli pedagogik vaziyatlarni modellashtirish); amaliy ishlar tanlovi, treninglar (guruhiy muloqot, shaxslararo munosabatlarni modellashtirish) kabi metod va interfaol usullar integratsiyasi asosida takomillashtirilgan; 
bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilari pedagoglik kasbiga komponentli yo‘nalganlikni tarkib toptirishning kreativ fikrlashga asoslangan qadriyatlar tizimi, shaxslararo munosabat va shaxsiy-kasbiy rivojlanishidagi o‘zgarishlarni aks ettiruvchi ijtimoiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga doir moslashuvchan, iqtidorni aniqlashga yo‘naltirilgan mualliflik metodikasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarida badiiy idrokni rivojlantirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ta’lim jarayoni komponentlari uzviyligi asosida bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kreativ tafakkur va badiiy idrokini shakllantirishning psixologik-pedagogik xususiyatlari (hissiy, irodaviy, intellektual, motivatsiyaviy) hamda diagnostik mezonlari (faollik, rivojlanganlik, sababiylik, natijaviylik)ni aniqlashga doir taklif va tavsiyalar “Uzstandart” agentligining  2015 yil 15 fevraldagi 2-540-son qarori bilan tasdiqlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining davlat ta’lim standarti mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 24 yanvardagi 89-03-297-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur taklif va tavsiyalardan kasbiy ta’lim mazmunini modernizatsiyalash asosida takomillashtirilgan o‘quv dasturlari, darsliklar, metodik qo‘llanmalar ishlab chiqishda foydalanilgan;
komponentli va an’anaviy yondashuvlarni qiyoslash asosida bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik ijodkorligi hamda badiiy idrokini shakllantirish tizimining tuzilmaviy komponentlarini  auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida rivojlantirish mexanizm-larini takomillashtirish bo‘yicha takliflar YoO-A1-009 “Oliy ta’lim muassasalaridagi fanlarni o‘qitishning metodik sistemasini ishlab chiqish va shu asosida  innovatsion elektron o‘quv-uslubiy majmuani yaratish”  innovatsion tadqiqot loyihasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 24 yanvardagi 89-03-297-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim mazmuni takomillashtirilgan hamda tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi talabalarining bilim va ko‘nikmalari oshgan;
innovatsion ta’lim texnologiyalari va ilg‘or xorijiy tajribalar asosida bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining  badiiy idrok tizimini  rivojlantirishning didaktik ta’minotini ishbilarmonlik o‘yinlari (tadqiqotchilik vaziyatlari, turli pedagogik vaziyatlarni modellashtirish) kabi metod va usullarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar “Auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda bo‘lajak o‘qituvchilar badiiy idrokini shakllantirish” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 24 yanvardagi 89-03-297-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini tayyorlash sifat va samaradorligining oshishiga xizmat qilgan;
bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarida pedagoglik kasbiga komponentli yo‘nalganlikni tarkib toptirishning qadriyatlar tizimi, shaxslararo munosabat va shaxsiy-kasbiy rivojlanishdagi o‘zgarishlarni aks ettiruvchi ijtimoiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga doir mualliflik metodikasi PZ-2017-0927124 “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” hamda YoO-A1-009 “Oliy ta’lim muassasalaridagi fanlarni o‘qitishning metodik sistemasini ishlab chiqish va shu asosida  innovatsion elektron o‘quv-uslubiy majmuani yaratish” innovatsion loyihasi doirasida talabalarning badiiy idroki darajasini baholash mezonlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 24 yanvardagi 89-03-297-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarida badiiy idrokni rivojlantirish diagnostikasini amalga oshirish metodikasi mazmuni takomillashtirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish