Sayt test rejimida ishlamoqda

Shokirov Umidjon Utkur o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Asetilen, ammiak va aminlar asosida pirrollar olishning chiqindisiz texnologiyalarini yaratish», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T1287.
Ilmiy rahbar: Turabdjanov Sadritdin Maxamatdinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Sayfutdinov Ramziddin, texnika fanlari doktori, professor; Karimov Rixsiboy Qo‘chqorovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Etakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tuzilishi avvaldan belgilangan pirrol hosilalari olish texnologiyasini yaratish va ularning qo‘llanilish sohalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
besh a’zoli azot geteroatomli geterotsiklik birikmalar sintezi uchun d10-orbitallari to‘lgan metall oksidlari asosidagi polifunksional katalizatorlar tarkibi ishlab chiqilgan;
ta’sir massalari tarkibini kadmiy va rux ftoridlari bilan promotrlash natijasida Cd(OH)F, Zn(OH)F, Al(OH)2F va Al(OH)F2 gidroksiftoridlar hosil bo‘lishi rentgenografik usulda isbotlanib, pirrol hosilalari sintezida selektivligi asoslangan;
pirrolni diazosirka kislota etil efiri va monoxlorsirka kislota reaksiyalari taqqoslanib, azoqo‘shish jarayoni (unum - 84 %) karboksimetil-lashga (unum - 56 %) nisbatan samarali ekanligi isbotlangan; 
pirrol va uning hosilalari asosida olingan preparat 0,0000001 % konsentratsiyalarda o‘simliklarni o‘sishini faollashtirish xususiyatlarini namoyon etishi aniqlanib, etalongan nisbatan bug‘doy donida o‘sish 24,3 % va bodring urug‘larida esa 15,9 % ga yuqori ekanligi asoslangan;
tuzilishi avvaldan begilangan pirrol hosilalari ishlab chiqarish texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Metall oksidlari va ftoridlari, atsetilen, ammiak, butin-2-diol-1,4 asosida sintez qilingan pirrol va uning hosilalari, o‘simliklarni o‘sishini faollashtiruvchi vositalar ishlab chiqarish va qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
pirrol va uning funksional hosilalari Toshkent viloyatidagi «Xusnitdin Obod Fayz» bog‘dorchilik fermer xo‘jaligida o‘simliklarni o‘sishini faollashtiruvchi preparat sifatida amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 13 iyuldagi 14-3060-son ma’lumotnomasi). Natijada, 0,0001 % konsentratsiyalarda etalon al`fa-indolil sirka kislotaga nisbatan bug‘doy urug‘larida 24,3 % yuqori bo‘lgan preparat olish imkonini bergan;
pirrolni karboksimetillash mahsuloti - al`fa-karboksimetilenpirrol Toshkent viloyatidagi «Xusnitdin Obod Fayz» bog‘dorchilik fermer xo‘jaligida bodring urug‘larini unishini stimullovchi preparat sifatida amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 13 iyuldagi 14-3060-son ma’lumotnomasi). Natijada, 0,0001 % konsentratsiyalarda o‘simliklarni o‘sishini stimullovchi, bodring urug‘larini unushini e’talongan nisbatan 15,9 % ga oshiruvchi preparat olish  imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish